Главная » Erkak va ayol munosabatlari » Er-xotin yolg'iz qoladimi..?!
Er-xotin yolg'iz qoladimi..?!

Er-xotin yolg'iz qoladimi..?!

  • Категории: Erkak va ayol munosabatlari
  • Название: Er-xotin yolg'iz qoladimi..?!
  • Дата релиза: 20-02-16, 23:36
Er-xotin yolg'iz qoladimi..?!
O'zbek oilalarining ko'pchiligida er-xotin orasida muammo bo'lmay, qaynoila bilan muammo bo'ladi. Qaynona, qaynota, qaynsingil, hatto ba'zida qayniukalar ham eri-xotin orasida sovuqchilik paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi. Bu normal holatmi? O'zbek oilasi hech qachon faqat er, xotin va ularning farzandlari bilan kifoylanmagan. O'zbek oilasida qainyoila a'zolari, qo'shnilar, boshqa qarindoshlar ham inobatga olinadi. Buning yaxshi tomonlari qancha ko'p bo'lsa, xuddi shunday salbiy tomonlari ham yo'q emas. Eng qudratli va ta'sirli salbiy tomoni shundaki, yosh oilaning hayotiga hamma aralashadi. Kelinning ham o'g'ilning ham ota-onasi fikricha, aynan ular farzandlari uchun nima kerakligini biladilar va o'z fikrlarini farzandlariga o'qtiradilar. Orada tushunmovchilik, gijgijlatish, xafagarchilik va janjallar yuz beradi. Statistikaning ko'rsatishicha, er-xotin munosabatlarining orasida qancha kam odam yoki holat bo'lsa, shuncha ular baxtli bo'lishi uchun imkoniyat ko'payadi. Ba'zi kelinlar shunday deydi: "Yaxshi ham qaynona-qaynotam bilan yashaymiz, bo'lmasa erim har kuni ichib kelar edi. Ulardan qo'rqib ichmaydi". Shu kabi fikrdagi kelinlar hech tushunadilarmi aytayotgan xatolarini? Agar o'z eriga, farzandlarining otasiga ota- onasidan boshqa hech kimning gapi o'tmaydigan bo'lsa, demak u kelin kichik bir 6 yoshlik bola bilan yashayapti, xolos. Uning eri ma'suliyatni his qila oladigan erkak emas. U ota-onasidan qo'rqqani uchun ichib kelmaydigan boladir. Shunday ekan, ota-ona ularning munosabatlarini yaxshilay olmaydi, ular shunchaki vaqtinchalik shu ma'suliyatni his qila olmaydigan o'g'illarini javobgarlikdan asrab turadilar. Yillar o'tib esa, u erkak shunday bolalarcha ma'suliyatsiz bo'lib yashayveradi. Xotini esa kunlar kelib qaynona-qaynotasi orqasiga bekina olmaydi, shunda nafrat, ma'naviy ojizalik yuzaga kelishi ajab emas. Erkak ichib kelmasligi uchun ota-onasidan qo'rqishi kerak emas, xotiniga nisbatan, farzandlariga nisbatan hurmati va ma'suliyati bo'lishi kerak. Teskari holat, qaynona kelinini o'g'liga munosib emas, deb biladi. Yillar o'tmasin, orada farzandlar ham tug'ilgan bo'lsin, qaynona uchun kelin baribir nomaqul. U o'g'liga munosib emas. Lekin o'g'lini kelin har tomonlama qoniqtirmoqda. Shunda yana janjal. "Xotining unday qildi, bunday qilmadi", eri esa arosatda. Onasi ham qadrli, ayoli ham aziz. Bir u tomon, bir tomon bo'ladi, natijada har doim bir taraf xafa bo'lib qolaveradi. Mana shunda qiziqarli tomoni shundaki, o'sha kelinlar ham o'zini o'sha erga nomunosib deb bila boshlaydilar. Ular qaynona ko'nglini olishga, yanada ko'proq ish qilishga, yanada ertaroq uyg'onishga harakat qiladilar. Besh yil o'tadi, o'n yil o'tadi lekin negadur ular ko'ziga munosib bo'la olmaydi. Butun kelinlik hayotini o'zini qaynonasiga munosib ekanligini isbotlash uchun sarflaydi. Orada na romantika, na kuchli muhabbat, na tug'ilgan bolaga keraklicha e'tiborli bo'la oladi. Bunga qo'shilgan holda, o'zini kamsitish, yerga urish boshlanadi. Hammasi hayotda umuman kerak bo'lmagan kurashga sarflanadi. Natijasiz. Bunday misollar cheksizdir. Ota-onadan tashqari er-xotin orasiga qaynsingillar, qaynukalar, qo'shnilar, qarindoshlar, dugona va do'stlar ham tushadi. Hamma er-xotinga nima kerakligini ulardan ko'ra ko'proq biladi. Ularga "yaxshilik" qilish maqsadida hayotiga aralashadi, o'rgatadi, o'qtiradi, gijgijlatadi. Er-xotin munosabatlariga nafaqat erning oilasi balki kelinning ham oilasi ko'p aralashadi. Ularning aralashuvi ochiq oydin bo'lmay, ko'rinmay kechadi. Kelin ota uyiga borib kelinlik uyidagi mojarolarni so'zlaydi, u yerda onasi unga aql o'rgatadi, gap o'rgatadi, gijgijlaydi. "Unday deyish kerak, bunday qilish kerak," "Ering nega unday, nega bunday?"Bu ham er-xotinning munosabatlariga hech qachon foyda keltira olmaydi. Qachon er-xotin o'zi uchun o'zi javob bera oladi? Mayli bir-biriga munosib bo'lmasin, lekin shuni o'zi anglay olsin. O'zi shuni his qilib harakat qilib o'zgartirsin. Anglay olmayaptimi, demak munosib! Oradagi kamchiliklarni birovning gapiga kirib emas, o'ziga shu noqulay bo'lgani uchun his qilishi muhim emasmi? Axir shunday qilib o'z hayotini, munosabatlarini, dunyoqarashini yaxshilay olmaydimi? Shu yo'l bilan o'zidagi xatolarini to'g'irlashga harakat qilmaydimi? Birovning aralashuvi hatto eng baxtli er-xotin orasiga ham sovuqchilik solishi juda oson. Tomchi-tomchidan dengiz bo'ladi. Er-xotin munosabatlarini ham buzish uchun har kuni birgina salbiy tomchining o'zi kifoya bo'ladi. Ajralishgacha borilmasa ham, lekin asabiy bo'lib, birovga bir nimani isbotlash uchun, er-xotin o'zaro munosabatlarni emas birovlar bilan bo'lgan munosabatlarni yaxshilash uchun harakatda bo'lib yashash kerakmi? Bundan kim yutadi? O'sha aralashgan odammi? Yo'q. Bir-biriga munosabat qila olmaydigan er- xotinmi? Yo'q. Oiladagi tushunmovchiliklardan charchagan farzandlarmi? Albatta yo'q! Oilangiz baxti sizning qo'lingizda! Oilangizga birovlarni aralashuviga yo'l qo'ymang. Harakat qiling, kurashing lekin ular bilan emas, ular o'zgarmaydi, ularning sizga bo'lgan munosabati ham hech qachon o'zgarmaydi. Ularni aralashuvi bilan kurashing. Uzoqlashing, ko'chib keting, bo'lishmang, dardlashmang, inobatga olmang, eshitmang! Bundan faqat yutasiz. Siz, turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz yutadi. Mehnatingizni er-xotin munosabatlaringizni yaxshilashga sarflang, izlaning, takomillashing. Er-xotin 2 toifaga bo'linadi. Biri baxtli bo'la oladigan, biri baxtli bo'la olmaydigan. Ikki toifadagi oila ham o'zi baxtiga va baxtsizligiga o'zi yetishi kerak. Hech kim, hech qachon qancha urinmasin, ularning oilasiga, munosabatlariga, baxtli bo'la olishiga nima kerakligi haqida 100% aniq yechim bera olmaydi. Hech kim ularni ular o'rniga baxtli qila olmaydi. Birovni, ayniqsa, ota-onalarimizni o'zgartira olmaymiz. Lekin o'zimizning ularning aralashuviga bo'lgan munosabatimizni o'zgartirishimiz mumkin. Siz va faqat siz bilasiz siz uchun nima muhim ekanligini va turmushingizdagi munosabatlaringizni. Faqat siz muammoga haqiqiy yechim topa olasiz. Chunki birov hayotingizni chetdan biladi, ichingizni faqat o'zingiz bilasiz. Er-xotin jismonan bo'lmasa ham, ruhan yolg'iz bo'linglar. Katta dargoxda, ko'plab oila a'zolar bilan birgalikda yashasangiz ham, ruhan bir-biringiz uchun yolg'iz bo'ling, faqat bir- biringizni o'ylab yashang. Bu sizning hayotingiz va siz uni yashab o'tishingiz kerak. Er-xotin shundoq ham baxtli hayot kechirishi uchun ko'p mehnat va harakat qilishi kerak, doim izlanishda bo'lib, o'zaro er-xotin orasidagi muhitni iliqlatib turishi kerak. Lekin buning o'rniga birovlar bilan kurashish bo'lsa, nimaga erishamiz? "Ota-ona yo'l ko'rsatsa bo'lmaydimi? Ularning tajribasi katta!", deyishimiz mumkin. Lekin kim garov bera oladi aynan o'sha yo'l to'g'ri ekanligiga? Ota-ona ham xato qilishi mumkinku? Ular o'z hayotlarida xato qilmasliklari uchun ma'suldirlar. Sizning hayotingizda xato qilib qo'yishlariga yo'l qo'ymang. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: