
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari
- Категории: Go'daklik davri
- Название: Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari
- Дата релиза: 15-02-16, 22:54
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari
Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak.
O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola
o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi,
gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va
ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi
mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur
Rossiyalik pediatr Komarovskiy.
Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab
suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola
tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu
davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi
bilan muloyim gaplashishni, klassik
musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.
2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo
suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani
tili chiqishi oson bo'ladi.
3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab
qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili
chiqishi osonlashadi.
4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga
savol berishga odatlaning. Savolingizga javob
berish niyatida uning aqliy va nutqiy
rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o' yinlari bolani tili
chiqishini keskin sekinlashtiradi .
5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili
chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.
6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq
ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini
rivojlantriadi.
7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda
bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani
sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa
bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va
manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa
bo'ladi.
8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni
cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning
foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu
qiyinchilik tug'diradi.
Manba: Pediatr Komarovskiy webinari.
Manba: Uzbaby.Uz
Смс Шерлар