
Bola salomatligi uchun YOGA
- Категории: Maktab davri
- Название: Bola salomatligi uchun YOGA
- Дата релиза: 15-02-16, 22:59
Bola salomatligi uchun YOGA
Yoga mashg'ulotlari salomatlikka
ijobiy ta'sir ko'rsatishi
aniqlangan. Quyidagi
mashg'ulotlar aynan bolalar
uchun mo'ljallangan bo'lib, ular
yordamida bolaning immunitetini
oshirib, jismoniy va psixologik
salomatligini yaxshilasa bo'ladi.
Ushbu mashg'ulotlarni bola bilan
o'yin tarzida o'tkazish juda oson.
1-mashg'ulot: Daraxt
yoga1
Chap oyoqqa turib,
o'ng oyoq chap
oyoqning tizza
joyiga qo'yiladi.
Qo'llar ko'krak
oldida "namaste"
shakli (Hindlarning
salomlashish tarzi) ga keltirib
asta sekin bosh ustigacha
chiqariladi. Chuqur nafas olinadi.
Keyin qo'llar chetga to'g'ri yoyib
asta pastga tushiriladi. O'n oyoq
bilan xuddi shunday takrorlanadi.
Foydasi: Bola qaddini to'g'ri
ushlashga o'rganadi.
2-mashg'ulot: Sher
yoga2
Yerga to'piq
ustiga tizzalarni
ikki yonga yoyib
o'tiriladi. Qo'llar
tizzalar orasiga,
panjalarni badan
tomonga qaratib
qo'yiladi. Qo'llarga suyanib biroz
oldinga egilib turib bosh orqaga
bo'shashib tashlanadi. Tilni
chiqarib sherga o'xshab 3-4
martalab "rrrrrr" deyiladi.
Foydasi: Burun va tomoq
kasalliklarni oldini oladi.
3-mashg'ulot: Buzoqcha
yoga3
Yerga
o'tiriladi.
O'ng oyoq
chap
oyoqning
ustidan "x"
shakliga keltiriladi. Oyoq
barmoqlari badandan tashqariga
qaratilgan bo'lishi kerak.
To'piqlar esa badanga tegib
turishi lozim. O'ng qo'lni
yuqoriga ko'tarib turib bo'yin
orqasiga tushiriladi. Chap qo'l
beldan o'tkazilib o'ng qo'lga
tekkuncha cho'ziladi. Boshni
to'g'ri ushlab, qaddini rostlab
5-10 gacha sanash kerak. Keyin
chap oyoqni o'n oyoqning ustiga
qo'yib va chap qo'lni bo'yin
orqasidan tushirib mashg'ulot
takrorlanadi.
Foydasi: Oyoq mushaklari
cho'ziladi, qon aylanishi
yaxshilanadi.
4-mashg'ulot: Qurbaqa
yoga4
Tizzalarni ikki
yonga yoyib
oyoq
tovonlariga
o'tiriladi.
Qo'llar
ko'krak oldida "namaste"
shakliga keltiriladi. Keyin qo'larni
tepaga ko'targan holda yuqoriga
sakrab yana boshlang'ich holatga
o'tiriladi. Bola ixtiyoriga qarab
4-6 marta qaytariladi.
Foydasi: Beldagi og'riqlarni
yo'qotadi, qorin mushaklarining
tonusini oshiradi.
5-mashg'ulot: Kuchukcha
yoga5
Tovon va
qo'llarga
turiladi.
Bunda
dumba iloji
boricha yuqoriga cho'ziladi. Bel
to'g'ri turishi kerak. Bolaning
umumiy holat ko'rinishi
uchburchak shaklini ko'rsatishi
kerak. Shu holatda bir necha
soniya chuqur nafas olib turish
lozim.
Foydasi: Miyaga toza qon
kelishini ta'minlaydi, oyoq va
qo'l mushaklarini kuchaytiradi,
umurtqa qiyshiqligini tuzatadi.
6-mashg'ulot: Iloncha
yoga6
Yerga
qoringa
yotiladi.
Qo'llar
yelka
oldiga qo'yiladi. Asta sekinlik
bilan badanning oldi qismi,
qoringacha yuqoriga ko'tariladi.
Badan og'irligi qo'lga emas
ko'krak va qoringa tushishini
ta'minlash lozim. Shu holatda
5-10 soniya davomida chuqur
nafas olib turiladi.
Foydasi: Bolaning umurtqasini
mustahkamlaydi.
7-mashg'ulot: Yo'lbars
yoga7
Yerga qo'l va
oyoqlarga
yo'lbarsga o'xshab
turiladi. Belni
yuqoriga chiqarib
turib, bir oyoq
qoringa keltiriladi.
Keyin, aksincha, qorin pastga
tortilib oyoq yuqoriga ko'tariladi.
Mashg'ulot oyoqlarni almashtirib
bir necha bor qaytariladi.
Foydasi: Oyoq va umurtqa
holatini yaxshilaydi,
mushaklarini kuchaytiradi.
Yoga mashg'ulotlari davomida
bola nafas olishini kuzatish
kerak. Qanchalik chuqur burni
bilan nafas olsa, shunchalik
mashg'ulotlarning foydasi katta
bo'ladi.
Ma'lum bir mashg'ulotni qila
olmasa, u holda uni o'tkazib
yuborib keyingisini qildiring. Eng
asosiysi bola uchun bu qiziqarli
va yoqimli bo'lishidir.
Yoga mashg'ulotlarini 6-12 oy
muntazam qilish natijasida
bolaning umurtqasi to'g'ri
bo'lishi, kasalliklarga kam
uchrashishi, umumiy kayfiyati
yaxshi bo'lishi kuzatiladi.
Umurtqaning sog'lom va to'gri
bo'lishi barcha organlarni yaxshi
faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар