
Bolada sistit
- Категории: Maktab davri
- Название: Bolada sistit
- Дата релиза: 15-02-16, 23:00
Bolada sistit
Sistit
siydik
pufagi,
siydik
yo'llarining
yallig'lanishidir. Bolalarda
sistitning
boshi
bilinmay
o'tkir
holatga
o'tib
ketishi
mumkin.
Sistining dastlabki alomatlaridan
biri bu bolaning tursigida fasod
(suyuqlik) mavjudligidir.
Undan tashqari sistitning
quyidagi alomatlari mavjud:
Tez-tez siydik qistashi;
Siyish jarayonida qattiq achishi;
Siydikning rangi sof bo'lmay,
o'tkir hidga egaligi;
Qorin pastki qismidagi og'riqlar;
Siydikning ozgina miqdori
tursida qolishi.
Agar bolada sistit alomatlari
kuzatilsa shifoxonaga borish
shart. Chunki sistit alomatlari
orqasida o'tkir kasalliklar bo'lishi
ham mumkin. Shifoxonada
odatda siydik analizi olinadi va
siydik pufagi Ultra tovushli
diagnostikasi qilinadi.
Siydik analizini qilishdan oldin
albatta bolani jinsiy a'zolarini
yuvish shart.
Agar sistit alomatlari bilan bir
qatorda istma ko'tarilishi
kuzatilsa, bakteriya buyrakka
o'tib ketganidan va buni darhol
davolash kerakligidan dalolat
beradi.
Bolalar sistiti sababi:
- 80% da bollarda sistit tozalikka
riyoya qilmaganlikdan kelib
chiqadi;
- Gijjalar;
- Organizmda doimiy ravishda
infeksiyaning mavjudligi (tonzillit,
angina, gaymorit, karies va
hokazo);
- Tashqi jinsiy a'zolarning
yallig'lanishi.
Bolalar sistitini davolsh:
Birinchi bo'lib bolaning
oyoqlarini va qornini issiq qilish
lozim. Buning uchun issiq yungli
paypoq kiyg'azib, qoringa
dazmolda isitilgan yungli
ro'molni qo'yib yotqazish.
Shifokor belgilagan dorilarni
ichish.
Siydik yuvuvchi suyuqlikdan tez-
tez ichish (o't damlamalari ham
foydali).
Vitamin C ga boy mahsulotlarni
iste'mol qilish (klyukva sharbati).
Romashka guli damlamali
vannada bolani 10-15 daqiqa
davomida o'tqazish. Vannadagi
suv harorati 36-38 darajadan
yuqori va past bo'lmasligi kerak.
Odatda bolada sistit 7-10 kunda
o'tib ketadi. Muhimi o'griq
tugasa ham shifokor belgilagan
muddatgacha dori ichish shart,
aks holda kasallik yana
qaytariladi.
Eng yomoni, sistit buyrakka o'tib
ketsa, u holda pielonefrit kasalligi
yuzaga kelib, bolaning
buyraklariga katta zarar keltiradi.
Bolalar sistitini oldini olish:
Har kuni bolani dushda chayish.
Jinsiy a'zolarini maxsus neytral
bolalar sovunida yuvish;
Har kuni bola ichki kiyimini
almashtirish;
Bolada gijja bo'lmasligini
ta'minlash;
Bolani tishlarini kuzatish (karies
ham infeksiya);
Bolani chiniqtirish.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар