
Bolaga antibiotik ichirish qoidalari
- Категории: Maktab davri
- Название: Bolaga antibiotik ichirish qoidalari
- Дата релиза: 15-02-16, 22:59
Bolaga antibiotik ichirish qoidalari
Bolaga
antibiotik
ichirishdan
oldin
yaxshilab
o'ylab
ko'ring,
bunga
haqiqiy
ehtiyoj
bormi?
Antibiotikning
beehtiyoj
ichilishi bolaning immunitetini
pasayib ketishiga olib keladi.
Bolaga antibiotik ichirishdan
oldin quyidagilar bilan tanishib
chiqish kerak:
1. Bolaga antibiotik ukoli birinchi
bor qilinayotgan bo'lsa, uni uy
sharoitida qilmaslik tavsiya
etiladi. Chunki bolada
antibiotikka nisbatan allergiyasi
yo'qligiga amin bo'lish kerak.
Buni esa poliklinikada maxsus
test orqali bilib olsa bo'ladi.
2. Bolaga antibiotikni faqat
shifokor tavsiya qilsagina ichirish
kerak. Chunki antibiotiklar guruhi
turlicha bo'lib bolaga qaysi
guruhga mansub antibiotik
berilishi kerakligi haqida faqat
pediatr, kerak bo'lsa analizlar
topshirtirib qaror qabul qilishi
mumkin.
3. Hech qachon antibiotik
ichirishni o'z hoxishingizga ko'ra
to'xtatmang. Bolaning holati
yaxshilangan taqdirda ham
shifokor aytgan muddatga qadar
aytilgan miqdorda antibiotik
ichirishni davom ettiring. Aks
holda kasallik kuchliroq avj olib
ketish ehtimoli bor.
4. Virusli kasalliklar(gripp,
qizamiq, qizilcha va boshqalar)
da antibiotik bilan
davolanilmaydi. Virusli kassaliklar
bilan organizmning immun tizimi
kurashadi. Antibiotiklar esa
immunitetini pasaytiradi.
5. Antibiotik bilan davolanishni
boshlaganda hech qachon kuchli
antibiotiklardan boshlamang.
Organizm kuchli antibiotikka
o'rganib qolsa, har kasal
bo'lganida yanada kuchliroq, bu
degani bola organizmiga bo'lgan
salbiy asorati yomonroq
antibiotikka yoki ukolga o'tish
to'g'ri keladi.
6. Agar bolada oldin ma'lum bir
antibiotikka nisbatan allergik
reaksiya namoyon bo'lgan bo'lsa,
bu haqda shifokorga har safar
eslatishni unutmang. Keyingi
reaksiya undanda kuchli va
havfliroq bo'lishi mumkin.
Bundan shifokor xabardor
bo'lishi kerak.
7. Hech qachon shifokor yozgan
antibiotik miqdorini va ichish
intervalni o'zgartirmang. Agar
antibiotik kuniga 3 mahal har 8
soatda 1 tabletkadan ichish
tavsiya etilgan bo'lsa, bola uxlasa
ham anitibiotik ichish vaqti
kelgan bo'lsa, uni uyg'otib kerakli
miqdordagi dorini ichiring.
8. Yoshi 1 yoshdan oshmagan
bolalarga antibiotik bermaslikka
harakat qiling. Bir yoshgacha
bo'lgan bolalar immuniteti
antibiotik ichish natijasida juda
pasayib ketadi. Keyinchalik bola
ko'p kasal bo'lib, kasalliklar o'gir
va uzoq davom etadigan bo'lib
qolishi mumkin. Shuning uchun 1
yoshgacha bo'lgan bolalar
salomatligini nihoyatda ehtiyot
qilish lozim. Bola bakterial
kasallikka uchrasa, faqat shifokor
maslahati bilan kerakli
antibiotikni berish kerak bo'ladi.
Imkon qadar bolaga
antibiotiklarning eng yengil
guruhidan ichirishni boshlash
haqida shifokor bilan
maslahatlashing.
9. Ma'lumki, antibiotiklar nafaqat
kasallik bakteriyalarini, balki
organizmga kerakli "yaxshi"
bakteriyalarni ham o'ldiradilar.
"Yaxshi" bakteriyalar esa bola
immunitetini kuchaytirib turadi.
Shuning uchun uzoq vaqt
antibiotik ichilganda bolada
imunitet pasayishi, molochnisa
kabi kasalliklar vujudga kelishi
mumkin. Bu asoratlarni oldini
olish maqsadida bolaga ko'proq
qatiq ichiring. Qatiq
organizmdagi "yaxshi"
bakteriyalarni ko'payishiga
yordam beradi.
10. Shifokor ma'lum bir antibiotik
yozib aptekada u bo'lmasa, hech
qachon apteka xodimining
tavsiyasiga binoan boshqa
antibiotikni olmang. Aynan
shifokor yozib berganini topib
ichiring. Apteka xodimi maslahat
bergan antibiotik ichirish
natijasida bola keyinchalik kuchli
antibiotikka o'rganib qolishi,
unda antibiotikka nisbatan
allergiya namoyon bo'lishi yoki
umuman undan foyda bo'lmay
kasallik kuchayib ketishi ehtimoli
bor.
Shuni unutmangki, antibiotik
virusli kasalliklarni davolamaydi!
Ota-ona bolaning salomatligi
uchun hammadan ko'ra ko'proq
ma'suliyatlidir. Shifokor antibiotik
ichirishni tavsiya qilayotgan
bo'lsa, nega shundayligini, nega
aynan shu guruh antibiotik
kerakligini, qanday tarzda
ichirish lozimligi haqida barcha
ma'lumotlarni batafsil so'rab
olish sizning haq va
burchingizdir. Agar shifokor
sizga kerakli ma'lumot bera
olmayotgan bo'lsa, u holda
boshqa shifokorga uchrang.
Shifokorning ma'suliyatsizligi
tufayli sizning farzandingiz
qiynalmasligi kerak.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар