Главная » Maktab davri » Bolaga baxt kerak
Bolaga baxt kerak

Bolaga baxt kerak

  • Категории: Maktab davri
  • Название: Bolaga baxt kerak
  • Дата релиза: 15-02-16, 23:06
Bolaga baxt kerak
Har bir ota-ona farzandi baxtli bo'lishini istaydi. Lekin "baxtli bo'l" degani bilan hamma ham baxtli bo'la olmaydi. Bolani tabiiy ravishda baxtli bo'la olishiga nima yordam beradi? Yangi tug'ilgan chaqaloq bu dunyoni onaning ko'zi bilan ko'radi. Dunyo yaxshiliklari-yu yomonliklari unga ota-ona uchun yahshi va yomon bo'lgan narsalarda ko'rinadi. Bolaga "Sening ko'zing chiroyli", deb ota-ona aytsa, "Chiroyli ko'z - bu mening ko'zim ekan," degan fikr bilan bola katta bo'ladi. Huddi shunday boshqa narsalarga ham bolaning munosabati - bu ota- onaning munosabatidir. Shunday ekan bolaga baxt so'zini qanday anglatish mumkin? Bola katta bo'lganida baxtli bo'lishni qaerdan o'rgansin? Baxt bola uchun ota-onasining baxtidir. Bola yoshligidan boshlab qancha ko'p ota-onasini kulishi, bir-biriga mehrga to'la munosabati va hursandchiligini ko'rsa, shu baxt ekan, shunday yashash kerak degan fikr bilan ulg'ayadi. Ota-onaning baxtli ko'rinishi, tabassumi bola uchun baxt ma'nosini anglatib beradi. "Hayotda baxt bor va unga erishish uchun ota-onamdek munosabat qurishim kerak", degan psixologik qarash bilan katta bo'ladi. Lekin tez-tez janjallashib turadigan, ko'zlari mayus va hafa, ishi va hayotidan noliydigan ota- onani ko'rib o'sgan bola, katta bo'lganida huddi shunday tarzda yashashni o'z oilasiga va hayotiga olib boradi. Bu psixologik holat: bola o'z oilasiga ota-onaning munosabatlarini olib borishi. Shunday ekan ota-onalar hech qachon farzandi oldida janjallashmaslikka, bir-birini haqorat qilmaslikka, behurmatlik ko'rsatmaslikka harakat qilishi kerak. Hatto orqadan turib bolaga eshittirib turmush o'rtog'i haqida yaxshi bo'lmagan gaplarni gapirish aslo mumkin emas. Bola uchun ota ham ona ham birdek aziz, bir-birini yomonlaganini yoki ranjitganini ko'rgan bola birinchi navbatda bunda o'zini ayblaydi. Natijada o'ziga bo'lgan hurmati va ishonchi sina boshlaydi. Ota-ona farzandiga yaxshi bilim olish uchun imkoniyat, yaxshi sharoit va qimmatbaho o'yinchoqlarni sotib olishi mumkin, lekin baxt va xotirjamlik unda tabiiy ravishda bo'lishi kerak. Buning uchun esa bola yoshligidan ota-onasining "baxt"ini ko'rib yashashi kerak. Bolaning ko'zlarida "baxt" - bu: onaning kulib yurishi; otaning asabiy bo'lmasligi; ota-onaning bir-biriga mehr- muhabattining namoyon bo'lishi; ota-ona bir-birini sog'inishi; ota-ona bir-birini hurmat qilishi va hokazolar. Bolaga baxtli bo'lgin deyishni qaytarishdan ko'ra, ota-ona bolaning ko'zlarida baxtli yashab kelishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda farzand ulg'ayib o'z oilasidan, ishidan, umuman hayotidan mamnun ekanligini ko'rish ota-onaning baxti va yutug'i bo'ladi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: