Главная » Maktab davri » Bolaning aldashi
Bolaning aldashi

Bolaning aldashi

  • Категории: Maktab davri
  • Название: Bolaning aldashi
  • Дата релиза: 15-02-16, 23:06
Bolaning aldashi
Deyarli har bir ota-ona farzandi aldaganiga duch kelgan. Ba'zi ota-onalar bunga befarq bo'ladilar, ba'zilar bolani koyidilar, ba'zilar esa qattiq jazolaydilar. Nega bola aldaydi? Maktabgacha yoshdagi bolalarda aldash uchun 3 asosiy sabab bo'ladi: 1. Kuchli tasavvur. Kichik bolalar tasavvur qilishni yaxshi ko'radilar. Shu sabab ba'zida ular haqiqatni tasavvur bilan adashtirib yuborishlari mumkin. Ota-ona qancha urinmasin, bu davrda bolaga haqiqat bilan tasavvurni alohida ekanligini tushuntira olishning iloji yo'q. "Shokoladni men yeganim yo'q, bu qo'shni dugonamning ishi" kabi yolg'onlarni shu qatorga kiritish mumkin. 2. Esdan chiqarish. Bu yoshda bolalar biron muhim narsani esidan chiqarishi normal holat. Devorda chizilgan rasmlar kimning ishi ekanligini so'raganizda, bola, "bilmadim", deb tursa, u haqiqatan ham esidan chiqarib qo'ygan bo'lishi mumkin. 3. Yaxshi ko'rinish. Bolada ota- onasi uni yaxshi bola bo'lsagina yaxshi ko'radi, degan fikr bo'lsa, u qilib qo'ygan xatosini ota- onasidan bekitishga harakat qiladi. Shunda eng oson yo'l, bu aldash bo'ladi. Lekin maktab yoshidagi bolani aldashga yuqoridagi vaqtinchalik holatlar emas, balki boshqa sabablar undashi mumkin. Bunga atrof-muhitning ta'siri, uydagi muhit, ota-onasining tez-tez aldashi va boshqa psixologik holatlar sabab bo'lishi mumkin. Bola tez-tez aldayotganini sezayotgan bo'lsangiz, uni jazolab vaziyatni murakkablashtirishingiz mumkin. Bola qo'rqqanidan battar aldashni boshlaydi yoki sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. Quyidagi yo'llar bolani psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmay aldashdan cheklashga yordam beradi: Haqiqatgo'ylikni rag'batlantirish. Aldaganiga ahamiyat beravermay, biron kichik bo'lsa ham haqiqatni aytganida, bolaga minnatdor bo'ling. Unga bu haqda aytgani uchun, "rahmat" deyishni unutmang. Kesatmaslik. Bola biron ayb ish qilib ko'yganini bila turib, o'zingizni bilmaganga olib unga kesatmang. "Manimcha bugun kimdur yomon baho olib keldi", kabi gaplar bolaga uning ustidan mazah qilayotganingizdek tuyuladi va umuman haqiqatni aytishga undamaydi. Boladan ko'p narsa kutmaslik. Bolaga yoshiga nisbatan ko'proq va qiyinroq shart va qoidalarni yuklab qo'yish to'g'ri emas. Jismonan sizning talablaringizni bajara olmagan bola, o'zini kamsita boshlaydi. Sizning oldingizda oqlanish uchun esa yolg'on gapirishni boshlaydi. Ishonchni rivojlantirish. Ota-ona va bola orasidagi munosabatlarda eng muhimi - bu ishonchdir. Bola sizga ishonishi va siz unga ishonayotganingizga amin bo'lishi kerak. Buning uchun oilada yolg'ondan hamma voz kechishi kerak. Hatto kichik yolg'on ham, bolaning ko'zida ota-onasi yolg'onchiligini namoyon qiladi. Masalan, ukol olishdan oldin, bola "og'riydimi?", deb so'rasa, uni ayab "yo'q", deyishni o'rniga "ozgina og'rishi mumkin, lekin men sening yoningda bo'laman," deb aytish muhimroq. Baribir, bir necha soniyadan so'ng u biladi og'riganini, lekin siz aldaganingizni unutmaydi. Undan tashqari bolaga biron va'da berishdan oldin, u va'dani ustidan chiqa olishingizga amin bo'ling. Shunda bolada ham sizga nisbatan ma'suliyat kabi tuyg'u va ishonch rivojlana oladi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: