Главная » Maktab davri » Bolaning oshqozoni muammolarini oldini olish
Bolaning oshqozoni muammolarini oldini olish

Bolaning oshqozoni muammolarini oldini olish

  • Категории: Maktab davri
  • Название: Bolaning oshqozoni muammolarini oldini olish
  • Дата релиза: 15-02-16, 22:58
Bolaning oshqozoni muammolarini oldini olish
Maktab yoshidagi bolalarda oshqozon kasalliklarini rivojlanishi oson bo'ladi. Bunga sabab noto'g'ri ovqatlanishdir. Ertalab maktabga shoshayotgan bola yaxshilab ovqatlanishga vaqti va sabri bo'lmaydi, peshinda nonushtaga berilgan pulni bola kompyuter o'yinlariga yoki shirin kukuruzga ishlatishni afzalroq ko'radi. Natijada bolaning oshqozoni ishdan chiqishni boshlaydi, fermentlar faoliyati buziladi, oshqozon osti bezi funktsiyasi yomonlashadi. Bolaning ovqatlanish tarzida eng muhimi tartib bo'lishidir. O'z vaqtida issiq ovqat va boshqa kerakli mahsulotlardan iste'mol qilish muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari quyidagi mahsulotlar nafaqat bolaning oshqozoni uchun balki butun organizmi va immun tizimi uchun zararli ekanligini bilib qo'yish kerak. Zararli mahsulotlar: Kiriyeshka - bu sun'iy non bo'lakchalarda organizm uchun xavfli kimyoviy moddalar mavjud; Koka-kola, fanta - tarkibidagi kofein bolani uyqusi buzulishiga va asabiy bo'lib qolishiga olib keladi; Qurt - tuzning haddan tashqari ko'pligi o'sayotgan bolaning buyrak tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi; Pista - gigienik qoidalarga umuman rioya qilinmay sotiladigan mahsulot. Uning ustki qoplami juda kir bo'lib, bola oshqozonini yallig'lanishiga olib kelishi mumkin; Shirin kukuruz - ichida shakarning miqdori juda ko'p bo'lgani uchun vaznni nosog'lom ravishda tez ortishiga olib keladi; Tez tayyorlanadigan lapsha va sho'rvalar - bola organizmi uchun zararli kimyoviy moddalarga ega; Sho'r pechenyelar - tuzning ko'pligi bolaning buyragiga og'irlik qiladi; Saqich - u 30 daqiqadan ko'p chaynalsa tish emalini yemirish hususiyatiga ega; Chupa-chups - bolaning ishtahasini bo'g'adi va tish-jag' tizmiga salbiy ta'sir ko'rsatadi; Gamburger - ichidagi kotlet tez pishishi uchun tarkibida organizmga zararli kimyoviy moddalar mavjud. Bolaga yuqorida ko'rsatilgan mahsulotlardan umuman bermaslik kerak. Afsuski, ayrim bolalar bu mahsulotlarni nonushta o'rniga iste'mol qiladilar. Bola ishlatayotgan pulni nazorat qilishni imkoniyati bo'lmasa, pulni o'rniga uyda tayyorlangan pirajka, somsa, non bilan pishloq yoki kolbasa kabi ishonarli yeguliklardan qaynagan choy bilan berib yuborish maqsadga muvofiq bo'ladi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: