
Qo'l yuvish - salomatlik garovi!
- Категории: Maktab davri
- Название: Qo'l yuvish - salomatlik garovi!
- Дата релиза: 15-02-16, 22:58
Qo'l yuvish - salomatlik garovi!
Bolaga qo'lini to'g'ri yuvishni
o'rgatib ota-ona avallambor uni
ko'plab kasalliklardan, xususan
gripp va shamollashdan saqlaydi.
Statistikaga qaraganda aynan
qo'lning toza bo'lishi kasalliklarni
10 barobar kamroq yuzaga
kelishini ta'minlar ekan.
Qo'lni juda ko'p yuvish ham,
umuman uvmay yurish ham
yaxshi emas. Tez-tez yuvilgan
qo'llarda mikroblarga qarshi
immunitet hosil bo'lishi qiyin
bo'ladi. Natijada bola organizmi
oddiy mikroblarga bardoshsiz
bo'lib qoladi. Shuning uchun
qo'lni:
Ko'chadan kelganda;
Ovqatlanishdan oldin;
Kir bo'lganida yuvish kerak.
Bola kichikligidanoq qo'l yuvish
jarayonini bilib olishi lozim. Ota-
ona bolaga qo'l yuvishda
namuna bo'lishi, bolada qo'l
yuvish jarayoniga hurmat bilan
qarashga turtki bo'ladi.
Quyida qo'l yuvish qadamlari
ko'rsatilgan bo'lib, ularni har
safar bajarish kerak.
qol yuvish
Qo'l yaxshilab yuvilib bo'lgach,
yaxshilab chayilishi ham muhim.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар