
Foliya kislotasi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Foliya kislotasi
- Дата релиза: 10-02-16, 23:05
Foliya kislotasi
Foliya kislotasi organizm uchun 
 juda muhim vitaminlardan biri 
 hisoblanadi. Afsuski, u haqda 
 homilador bo'lgan ayollargina 
 eshitadi xolos. Foliya kislotasining 
 organizmda yetishmovchiligi ba'zi 
 kasalliklarning sababchisi ekan. 
 Foliya kislotasi nima degani? 
 Foliya kislotasi - bu B turkumiga 
 kiruvchi vitamin hisoblanadi. 
 Ushbu vitamin organizm yangi 
 to'qimalarni ishlab chiqarishiga 
 yordam beradi. 
 Kim foliya kislotasini qabul qilishi 
 kerak? 
 Hamma foliya kislotasiga muhtoj, 
 lekin homiladorlikka tayyorgarlik 
 ko'rayotgan ayol uchun u 
 nihoyatda muhim. Chunki 
 homiladorlikdan oldin va 
 homiladorlik davomida foliya 
 kislotasining yetishmovchiligi 
 homilada umurta miyasi va 
 anesefaliya (bosh miya kasalligi) 
 kasalliklarini rivojlanishiga olib 
 kelishi mumkin. Ba'zi 
 tadqiqotlarning ko'rsatishicha, 
 foliya kislotasining organizmda 
 yetarli miqdorda bo'lishi homilada 
 boshqa tug'ma nuqsonlar vujudga 
 kelishini va onada saraton 
 kasalligini ham oldini oladi (bu 
 haqda yetarlicha natijalar hali 
 mavjud emas). 
 Ayol organizmiga qancha foliya 
 kislotasi kerak? 
 Homilador yoki homiladorlikka 
 tayyorgarlik ko'rayotgan ayol 
 kuniga 400mcg dan 800 mcg 
 gacha foliya kislotasini qabul 
 qilishi lozim. Bu o'rtacha 
 ko'rsatkich bo'lib, uni qabul 
 qilishdan oldin shifokor bilan 
 maslahatlashish talab etiladi. 
 Emizayotgan ayollar kuniga 
 500mcg foliya kislotasini qabul 
 qilishi lozim. Parvona.com saytidan olingan. Agar ayolda bundan oldin 
 tug'ilgan bolada umurtqa miya 
 yoki bosh miya kasalliklari o'rin 
 olgan bo'lsa, keyingi 
 homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish 
 davridan boshlab kuniga 4000 
 mcg foliya kislotasi qabul qilishi 
 tavsiya etiladi. Bu odiiy normadan 
 10 barobar kattaroq doza bo'lib, 
 shifokor maslahati bilangina qabul 
 qilinishi kerak. Bunday yuqori 
 dozada foliya kislotani ichish 
 bo'lajak homilada tug'ma 
 nuqsonlar paydo bo'lish xavfini 
 kamaytiradi. 
 Agar oila a'zolar orasida umurta 
 miya kasalliklariga ega bo'lganlar 
 bo'lsa, u holda shifokor 
 tavsiyasiga binoan kuniga 4000 
 mcg foliya kislotasi qabul qilinadi. 
 Homiladorlikni rejalashtirayotgan 
 ayolning o'zida umurtqa miya 
 kasalligi o'rin olgan bo'lsa, u holda 
 shifokorning maxsus tavsiyasiga 
 binoan foliya kislotasi qabul 
 qilinadi. 
 Ba'zi hollarda foliya kislotasining 
 qabul qilinish dozasini shifokor 
 shaxsan tavsiya etadi. Agar ayolda 
 quyidagi holatlar bo'lsa, foliya 
 kislotasini kerakli dozasini 
 belgilshda shifokorga xabar 
 berish kerak: 
 Epilepsiya, diabet, revmatizm, 
 psoriaz, astma kasalliklarga qarshi 
 dori qabul qilayotgan bo'lsa; 
 Buyrak, jigar, anemiya , seliakiya 
 kasalliklari bilan kasallangan 
 bo'lsa. 
 Homiladorlikni 
 rejalashtirmayotgan ayolga foliya 
 kislotasi kerakmi? 
 Hozir bo'lmasa ham, yaqin yillarda 
 homiladorlikni rejalashtirayotgan 
 ayolga ham foliya kislotasi talab 
 etiladi. Chunki homilaning foliya 
 kislotasiga bo'lgan ehtiyoji 
 homiladorlikning ilk kunlaridan, 
 ayol hatto homiladorlik haqida 
 bilmagan davridan boshlanadi. Bu 
 muhim davrni o'tkazib 
 yubormaslik uchun homilador 
 bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan 
 barcha ayollar kuniga 400mcg dan 
 800 mcg gacha foliya kislotasini 
 qabul qilishlari maqsadga muvofiq 
 bo'ladi. 
 Qaysi mahsulotlar foliya kislotasiga 
 boy? 
 Bargli sabzavotlar, dukkakli 
 sabzavotlar, sitrus mevalari va 
 donlar foliya kislotasiga boy. Ba'zi 
 mahsulotlarga foliya kislotasi 
 sun'iy kiritiladi (masalan, un, non, 
 oq guruch). 
 Foliya kislotasini faqat ozuqa 
 mahsulotlar orqali qabul qilinishi 
 organizmga yetadimi? 
 Afsuski, foliya kislotasining ozuqa 
 mahsulotlardagi miqdori 
 organizm uchun yetarli emas, 
 undan tashqari sun'iy vitamin 
 shaklidagi foliya kislotasi 
 organizm tomonidan tabiiy foliya 
 kislotasidan ko'ra yaxshiroq qabul 
 qilinadi. 
 Foliya kislotasini dozasini oshirib 
 yuborish mumkinmi? 
 Har doim vitamin qabul qilish 
 oldidan uning dozasini shifokor 
 bilan maslahatlashish talab etiladi. 
 Shifokor maslahat bergan 
 dozadan ortiqcha qabul qilmaslik 
 kerak. 
 Tug'ish yoshidan o'tgan ayollarga 
 foliya kislotasi kerakmi? 
 Ellik yoshdan oshgan ayollar foliya 
 kislotasini qabul qilishan oldin 
 shifkor bilan maslahatlashishi 
 talab etiladi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар
