
Iztirob (hikoya)
- Категории: Hikoyalar
- Название: Iztirob (hikoya)
- Дата релиза: 24-02-16, 22:23
Iztirob (hikoya)
Tun yarmida daxshatli
 tushimdan uyg'onib ketdim,
 atrofda sukunat, faqat
 qishloqning olis olislarida itlar
 uvlaydi, tushim shunchalik
 daxshatli ediki uyg'onganimda
 nigohim to'la istirob edi.
 Tushimda kelajakni ko'ribman xa
 aynan kelajagimni ko'ribman,
 hozir intilgan xamma narsamga
 erishgan emishman, boylik
 qimmat baho moshina, qasr,
 obro' hamma hammasiga,
 uyimda qandaydir ziyofat emish,
 yonimda yengiltak ayollar,
 atrofimda, soxta mexribonlar,
 "avval salomimga alik
 olmaganlar, endi alikimga zor
 emish" ziyofat tugabdi-yu
 menga nimadir bo'lib xonam
 burchagida yolg'iz o'tirgancha
 istirob chekarmishman, shuda
 birdan osmon gumbirlib,
 momoqaldiroq bo'lib yomg'ir
 sharros qayarmish, men huddi
 bir narsasini yo'qotib qo'ygan
 odamdek o'zimni ko'chaga
 uribman. Ko'chada yomg'ir
 ostida yugurib borarkanman,
 atrof to'la dayuslar, yo'l chetida
 faqat foxishalar, xilvatlarda
 faxshlar emish! Shunda men
 yugurib yugurib o'sha hamma
 narsa sadoqat, baxt, muhabbat
 sotiladigan dunyo bozoriga
 borib qolibman, bozorda
 yugurgancha tinmay aylanib
 faqat bir narsani qidirar
 emishman, har bir sotuvchiga
 borib u narsani so'rarkanman,
 ularning javobi deyarli bir hil
 ekan, "hozirgi zamonda u
 narsani topaolmaysiz mana
 o'rniga sadoqat oling soxta imon
 oling lekin u narsa yo'q, agar
 bo'lsa xam juda qimmat turadi"
 men sotuvchilar har biriga bor
 boyligimni beraman menga
 faqat shu narsa kerak
 dermishman, osmondan esa
 tinmay sharros yomg'ir
 quyarmish, bozorda izlaganim
 topaolmagach bozor o'rtasida
 cho'k tushib baqira ketibman,
 menga faqat shu narsa kerak,
 deb. Shunda farishta simosidagi
 bir go'zal qiz paydo bo'libdi. U
 juda go'zal ekan-u lekin ko'zlari
 mungli ekan, haligi qiz menga
 yaqin kelibdi-da ohista bag'riga
 bosib pichirlabdi, siz izlayotgan
 narsani faqat bozor chetidagi
 mayda-chuyda sotib o'tiradigan
 ayol sotadi, debdi. Shunda men
 o'sha tarafga qarab yugirib
 ketibman va o'sha ayolning
 yoniga borib o'sha izlayotgan
 narsamni undan so'rabman,
 necha pul desangiz beraman
 menga soting debman, u ayol
 esa juldir kiyingan faqirlarga u
 narsani azgina azginadan tekin
 ulashib o'tirarkan, birdan meni
 quvib solibdi, senga o'xshagan
 boylarga sotmayman yo'qol
 buyerdan debdi. Osmondan
 tinmay sharros yomg'ir
 quyarmish men yugurgancha
 uyimga o'sha qasrimga kelib, bor
 boyliklarimni olibman-u qasrga
 o't qo'yib yuboribman, endi
 shivirlab mayus yog'ayotgan
 yomg'ir ostida uyim gurillab
 yonarmish, men esa qo'limda
 bor boylik zebu-ziynatlarim bilan
 ko'cha chetida juldir kiyingan
 tilanchi yoniga borib bor
 boyligimni uni juldir kiyimlariga
 alishibman. Juldir kiyimda yana
 o'sha dunyo bozoriga yana
 o'sha bozor chetidagi sotuvchi
 ayol yoniga bir axvolda borib,
 iltimos xolajon menga bir
 chindin mexr soting, deb
 yig'laganmishman!
 Dunyo bozoridan qidrganim
 MEXR, menga yo'l ko'rsatgan
 go'zal qiz SEVGI, o'sha dunyo
 bozorini bir burchagida juldir
 kiyinganlarga mexr ulashib
 o'tirgan ayol esa ONA edi.
Смс Шерлар
