
BERMUD UCHBURCHAGI HAQIDA...
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: BERMUD UCHBURCHAGI HAQIDA...
- Дата релиза: 21-02-16, 19:42
BERMUD UCHBURCHAGI HAQIDA...
Bermud uchburchagi – bu
Bermud orollari, Floridadagi
Mayami va Puerto-Riko
oralig‘idagi hudud bo‘lib, uning
maydoni 1000 kvadrat
kilometrdan ziyodroq. Uni,
shuningdek, “shayton dengizi”,
“Atlantika qabristoni”,
“qarg‘alganlar dengizi” deb ham
atashadi. Ana shu nomlar orasida
eng ommalashgani “Bermud
uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin
nega endi Bermud? Axir Bermud
orollari bu uchburchak
tepaliklaridan biri, xolos.
Qolaversa, hudud markazida
ham joylashmagan. Ehtimol,
ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan
Bermud orollari atrofida sodir
bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha
ifodali va jarangdor ekanligi
bunga sabab bo‘lgandir? Xullas,
“Bermud uchburchagi” so‘zi
iste’molga o‘zining fonetik
qiymati tufayli kirib kelgan,
deyish asosliroq bo‘ladi.
Mazkur hudud sohillarining relefi
yaxshi o‘rganilgan, ular neft va
boshqa foydali qazilmalar izlab
bir necha bor qazilgan. Yilning
turli davrlarida suv oqimi, uning
tuzlilik darajasi va harorati,
okean ustida havo massalarining
harakati – barcha tabiiy
ma’lumotlar o‘rganilib, maxsus
kataloglarga kiritilgan. Bu hudud
shu kabi boshqa geografik
joylardan unchalik jiddiy farq
qilmaydi.
Sirli olovlar va G‘alati Halokatlar
Dengizchilar Bermud
uchburchagini turlicha atashadi:
“ajal uchburchagi”, “falokat
keltiruvchi dengiz”, “Atlantika
qabristoni”. Ko‘p asrlar davomida
sayohatchilar tasodifan bu joyda
ba’zan sirli sokinlikka, ba’zan esa
dahshatli bo‘ronlarga duch
kelishgan. Xristofor Kolumb ham,
ummonning mana shu qismiga
kelganida, o‘zining kema
jurnaliga qiziq dalilni yozib
qo‘ygan: guruh a’zolari suvda
o‘ziga xos, nurlanuvchi dog‘lar
suzib yurganini ko‘rishgan. Bu
sirli yog‘dular – ko‘pikka o‘ralgan
nurlanuvchi dog‘larni hozirgi
kunda ham kuzatish mumkin.
Ba’zan bu nurlanish shu darajada
kuchli bo‘ladiki, uni hatto
kosmosdan ko‘rish mumkin.
“Apollo-12″ fazoviy kemasida
uchgan amerikalik
astronavtlarning hisobotida
ko‘rsatilishicha, start payti ular
Bermud uchburchagi hududida
g‘ayrioddiy lipillagan yog‘duni
ko‘rishgan. Mazkur xavfli zonada
bo‘lganlar ham g‘alati sukunatlar,
suv o‘ramlari va tasodifiy
dovullar haqida gapirishadi.
Bundan tashqari, barcha asbob-
uskunalar bu yerda buzilib qoladi
yoki to‘g‘ri ishlamaydi, kompas
millari g‘irillab aylanaveradi;
uchuvchilar ob-havoning
to‘satdan yomonlashganini
ko‘rishgan. Sirli o‘zgarishlar
boshlanishidan burun esa ufqni
g‘alati sariq tuman qoplab
olarkan.Bermud uchburchagi
ba’zan dengiz va havoda haqiqiy
xavf tug‘diradi. Bu joy Yer
yuzidagi kompas to‘g‘ri
ishlamaydigan ikkita hududdan
biridir. Buning natijasida esa
kema va samolyotlar noto‘g‘ri
yo‘nalishda harakatlanishi, bu
haqda komanda a’zolari umuman
bilmasligi mumkin. Balki aynan
shuning uchundir, bu yerda
hatto dengiz jonivorlari ham
g‘alati: baliqchilar bir necha bor
g‘alati hodisaga – to‘nkarilgan
(qorni osmonga qaragan) holda
suzayotgan baliqlarga duch
kelishgan.
Arvohlar
Bermud uchburchagi 1840
yildanoq mudhish nom chiqara
boshlagandi. O‘shanda Bagam
orollari poytaxti – Nassau porti
yaqinida fransuzlarning “Rozali”
nomli yelkanli kemasi paydo
bo‘lib qolgandi. Uning barcha
yelkanlari ko‘tarilgandi, hamma
asbob-uskunalar soz edi, biroq
kema guruhi yo‘q edi. Uni
ko‘zdan kechirishganida
aniqlandiki, kema ajoyib, soz
holatda, hech qanday shikastsiz,
yuki ham joyida ekan. Lekin
ekipaj qayoqqa g‘oyib bo‘lgan?
Kema jurnalida ham, ishning
mohiyatiga aniqlik kirituvchi
birorta yozuv topilmadi.
“Bermud uchburchagi” atamasi
qachonlardir dengiz sirlari
haqida yozuvchi amerikalik adib
Vinsent Gaddis tomonidan o‘ylab
chiqilgandi. U shunday yozgan:
“Floridadan Bermud orollariga, u
yerdan – Puerto-Rikoga va keyin
yana Bagam orqali Floridaga
xayolan chiziq torting. Kema
halokatlarining ko‘pchilik qismi
aynan mana shu uchburchakda
sodir bo‘ladi”. Reportyorlar ham,
ko‘pchilik kemalar halokati yoki
g‘oyib bo‘lishini tavsiflashda
“Bermud uchburchagi” atamasini
qo‘llashga harakat qilganlar.
To‘g‘ri, bu hol sirli va xavfli
“uchburchak” bilan aloqador
ko‘pchilik jumboqlarning
yechimini bermaydi. Masalan,
Britaniyaning “Atlanta” kemasi
1880 yil yanvarda Bermud
orollaridan Angliyaga yo‘l olgan.
Uning 290 kishilik ekipajini
asosan yosh stajyorlar tashkil
etardi. Kema izsiz g‘oyib bo‘lgan,
eng sinchkov qidiruvlar ham
natija bermadi. Britaniya Harbiy
dengiz flotiga qarashli oltita
kema, bir-biridan bir mil
uzoqlikda suzib, “Atlanta” g‘oyib
bo‘lgan hududni tekshirishdi.
Qidiruv to‘rt oy davom etdi,
ammo hech qanday halokat izlari
uchramadi. 1881 yilda esa “Elen
Ostin” yuk kemasi Bermud
uchburchagi chegarasida “arvoh
kema”ga –yelkanlari yoyilgan
kichikroq kemaga duch keldi. Bu
g‘alati kemachaning bortiga yuk
sifatida ko‘p miqdorda qizil
daraxt ortilgan, ammo
komandadan asar ham yo‘q edi.
“Elen Ostin”ning kapitani
avvaliga bunaqa omadga
ishonolmadi. U tashlab ketilgan
bu kemani o‘zinikiga tirkab
olishga qaror qilib, unga o‘z
odamlarini yubordi. Biroq
kutilmaganda kuchli shamol
ko‘tarildi. Kemalar bir-biridan
ajralishdi va egasiz kema ko‘zdan
yo‘qoldi. Ikki kundan so‘ng “Elen
Ostin”dagilar o‘sha kemaning
dengiz yuzida sokin suzib
borayotganini ko‘rishdi. Ikki kun
oldin unga yuborilgan matroslar
o‘lishgan ekan. Ammo sirli kema
jumboqlari bu bilan tugamadi.
“Elen Ostin” kapitani,
qimmatbaho yukli bu kemani
qanday qilib bo‘lmasin qo‘lga
kiritishga qattiq ahd qildi. Lekin
yana bo‘ron ko‘tarildi va sirli
kema, kapitan tomonidan unga
yuborilgan kishilar bilan birga
yana g‘oyib bo‘ldi. Bu safar u
qayta paydo bo‘lmadi. XX asrda
bu yerdagi ilk sirli holat – 1918
yilda AQShning “Siklop”
kemasining yo‘qolishi bo‘ldi.
Uzunligi 500 fut, sig‘imi 19,5
tonna bo‘lgan bu kema 4 martda
Karib dengizi bo‘ylab
Barbadosdan Norfolk tomon
yo‘lga chiqdi. “Siklop” 309
kishidan iborat komandasi va
qimmatbaho yuk – marganets
rudasi bilan birga yo‘qolganida,
uni nemislar minasiga uchragan
yoki suvosti kemasi tomonidan
yo‘q qilingan, deb o‘ylashdi
(Birinchi jahon urushi
ketayotgandi). Ammo keyinroq
nemislarning harbiy arxivlari
tekshirilganda, bu farazni chetga
surishga to‘g‘ri keldi.
Hujjatlarning tahlili shuni
ko‘rsatardiki, “Siklop”ning yo‘lida
mina ham, suvosti kemalari ham
bo‘lmagan ekan. Kema g‘oyib
bo‘lgan kuni ob-havo juda
yaxshi, dengiz to‘lqinlari
me’yordagidek, shabada yengil
edi.
Bularning bari kemaning
bo‘ronga uchragan bo‘lishi
mumkinligini rad etadi. Harbiy
dengiz floti vakillari ham:
“Bizning flotimiz tarixida
“Siklop”ning g‘oyib bo‘lishi eng
sirli jumboqlardan biridir”, deb
bayonot berishgan. Bu kemalar
bir-biriga mutlaqo o‘xshamasdi.
Ularning yuk miqdori, kattaligi,
yasalgan yili turlicha edi. Biroq
bari bir-biriga o‘xshash
holatlarda yo‘qolishgan:
barchasida radioperedatchiklar
mavjud bo‘lsa-da, birorta kema
radio orqali yordamga
chaqiruvchi “SOS” signalini
bermagan. Bundan tashqari, ular
g‘oyib bo‘lgan vaqtlarda hech
qanday bo‘ron ham bo‘lmagan.
Bermud uchburchagida olib
borilgan eng batafsil qidiruv
ishlari ham bu kemalar va ular
komandasining g‘oyib bo‘lish
sababini izohlab berolmadi. Faqat
Yaponiyaning “Rayfuku Maru”
yuk kemasi bundan mustasno. U
1924 yilning qishida Bagam va
Kuba oralig‘idan turib, qo‘rqinchli
xabar yuborgan.
Radiogrammaning oxirgi so‘zlari
shunday edi: “Xavf tasavvurga
sig‘maydigan darajada buyuk…
Aftidan… Biz qutulib
ketolmaymiz…” Bu qanday xavf
ekanini baribir hech kim
bilolmadi. Yana ham
jumboqlirog‘i, “Rayfuku
Maru”ning yordam so‘rab
yuborgan chaqiruv chignalini
olib, unga ko‘makka borgan
boshqa kemadagilar, ko‘rsatilgan
hududda hech nima topolmadi:
na kema parchalari, na biror
jasad yo‘q edi. Bu Bermud
uchburchagining navbatdagi
qurboni edi… Mana, tinchlik
paytidagi hodisa haqida
ma’lumot. 1953 yilning 2
fevralida Bermud
uchburchagidan sal shimolroqda,
bortida 39 nafar ekipaj a’zolari
va harbiylar bo‘lgan Angliya
harbiy-transport samolyoti
havoga ko‘tarilgandi. To‘satdan
ular bilan aloqa uzilib qoldi,
samolyot belgilangan vaqtda
bazaga qaytib kelmadi. Falokat
yuz berganligi taxmin
qilinayotgan hududda
“Vuduord” yuk kemasi hech
nima topolmadi:kuchli shamol
esar, dengizda sal to‘lqin bor edi.
Biroq na yog‘ dog‘lari, na
samolyot siniqlari uchramadi.
Ellikta kema va samolyot
falokatidan iborat bu ro‘yxatning
oxirida hozircha “Anita” yuk
kemasi turibdi. Ko‘mir ortilgan bu
kema 1973 yil mart oyida
Norfolk portidan Atlantika
okeaniga chiqqan, u Gamburgga
yo‘l olgandi. Bermud
uchburchagida u bo‘ronga duch
kelgan va “SOS” signalini ham
yubormasdan cho‘kib ketgan.
Oradan bir necha kun o‘tib,
dengizdan “Anita” yozuvli
bittagina qutqaruv balloni topildi.
Faraz va taxminlar AQSh Okean
va atmosfera milliy jamiyati
vakillari quyidagi ma’lumotni
e’lon qilishgan: “Mazkur g‘oyib
bo‘lishlar sababini aniqlashga
bo‘lgan AQSh Harbiy havo
kuchlari va Harbiy dengiz floti va
qirg‘oq qo‘riqlovi xizmatlarining
barcha harakatlari hozircha
qoniqarli natija bermadi”. “Iblis
uchburchagi” nomli ommabop
kitobning muallifi Richard
Vayner shunday yozadi: “U
yerda afsonaviy, g‘alati hodisalar
sodir bo‘ladi. Ular hamisha ham
kishilar va asboblarning xatosi,
mexanizmlarning buzilishi, ob-
havo injiqliklari va magnit
anomaliyalari bilan bog‘liq
emasligiga men ishonaman”.
Noma’lum uchuvchi jism (NUJ)lar
bo‘yicha mutaxassis, “G‘oyiblik
ostonasi” kitobi muallifi Djon
Uollis Spenserning izohi yanada
fantastikroq. Uningcha, ummon
tubida fazodan kelgan kelgindilar
o‘z koloniyalariga asos solishgan.
“Mazkur yuksak ongli
mavjudotlar, – deb yozadi u, –
g‘oyib bo‘lgan kemalar,
samolyotlar va ularning ekipaj
a’zolaridan o‘zlarining ilmiy
tadqiqotlari uchun
foydalanadilar. Albatta, mening
farazim haqiqatdan uzoq
tuyuladi, ammo bu kabi hodisalar
uchun boshqa izoh topib
bo‘lmaydi-da”. Bermud
uchburchagi masalasiga
kelganda, fazoviy kelgindilarni
eslovchi nazariyalar tobora
ko‘proq uchramoqda.
Ko‘pchilikning taxminicha, bu
kema va samolyotlarning suvga
g‘arq bo‘lganidan ko‘ra NUJlar
tomonidan o‘g‘irlab ketilgani
haqiqatga yaqinroq. Ayniqsa,
Dengiz ishlari departamenti
komissiyasi tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotdan so‘ng
NUJlar haqidagi fikrlar tobora
ko‘paymoqda. Bir safar g‘oyib
bo‘lgan amerikalik
bombardimonchilar haqida
kimdir: “Ular xuddi Marsga uchib
ketgandek, birdan g‘oyib
bo‘lishdi” degan edi. Buning
ustiga, g‘oyib bo‘lgan beshta
samolyotdan birining uchuvchisi
qo‘rquv aralash ortidagi boshqa
samolyot uchuvchisiga: “Mening
izimdan kelma, ularning
ko‘rinishi xuddi fazoviy
kelgindilarga o‘xshaydi”,
deganini bir radiohavaskor
eshitib qolgan ekan. Bu xabar Yel
universiteti bitiruvchisi Charlz
Berlitsni juda qiziqtirib qo‘ydi. U
g‘oyib bo‘lgan Atlantida haqidagi
afsonalarning ishqibozi edi va
Bermud uchburchagining sirini
ham o‘sha afsonaviy qit’a bilan
bog‘lashga urindi. Berlitsning
faraziga ko‘ra, qachonlardir
Atlantidada ulkan quyoshsimon
kristall bo‘lgan va hozirda u
ummon tubiga tushib qolgan.
“Mana shu kristall, –deya
ta’kidlaydi Berlits, – kemalar va
samolyotlarga chalg‘ituvchi
signallar yuboradi va ba’zan
ularni okean qa’riga tortib
ketadi”.
2001 yilda Bermud uchburchagi
siri ochilganligi to‘g‘risidagi
navbatdagi xabar tarqatildi.
Yangi versiyaga ko‘ra, Bermud
uchburchagi va boshqa shu kabi
joylarda kemalar okean tubidan
keluvchi metan pufaklari ta’sirida
cho‘kib ketishgan. Suv ostidan
ko‘tariluvchi ko‘p miqdordagi
pufaklar suvning zichligini
pasaytiradi va kema o‘z
suzuvchanligini yo‘qotadi.
Montereydagi (Kaliforniya)
harbiy-dengiz maktabi
tadqiqotchisi Bryus Denardo bu
farazni tekshirib ko‘rishga qaror
qildi. Bir qarashda, bu taxmin
sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydi,
axir, pufakchalar va ularga
ilashgan suv oqimi yuqoriga
tomon yo‘naladi va kemani ham
yuqoriga itarishi kerak. Buni
tekshirish uchun tajribachilar suv
yuzida zo‘rg‘a suzadigan (zichligi
suvnikidan salgina
yuqoribo‘lgan) sharchani suvli
idishga solib, pastdan havo
pufakchalari yuborishdi. Buni
qarangki, sharcha darhol cho‘kib
ketdi.
Yaqinda Shveysariya oliy texnika
maktabining fizik olimlari bu
sirni ochganlarini e’lon qildilar.
Ular okeanda xuddi fazodagi
kabi qora tuynuklar borligini
ta’kidlashmoqda. Ularning
fikricha, shunday tuynuklardan
biri mashhur Bermud
uchburchagida joylashgan.
Dengiz girdoblari va kosmik qora
tuynuklar orasidagi o‘xshashlik
matematik amallar yordamida
topilgan. Olimlarning
ta’kidlashicha, okean yuzasidagi
girdoblarni ifodalovchi hisob-
kitoblar va fazoviy qora
tuynuklardagi bo‘shliq va vaqt
og‘ishlarini ifodalovchi hisob-
kitoblar matematik nuqtai
nazardan hech nimasi bilan farq
qilmaydi. Olimlar ushbu hisob-
kitoblar yordamida “o‘lik”
zonalarga tushgan predmetlar
ularda uzoq vaqt qolib ketishi
mumkinligini aniqladi. Olib
borilgan tahlillar dengizga
tushadigan chiqindilar aylanmasi
fenomenini aniqlash imkonini
berdi. Shuningdek, olimlar
Bermud uchburchagining siri
ham nafaqat chiqindilar, balki
kemalar va samolyotlar ham
tushib qoladigan shunday “o‘lik”
zonalarda bo‘lishi mumkinligini
taxmin qilishmoqda.
Смс Шерлар