
Bir oila qurgan yigit
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Bir oila qurgan yigit
- Дата релиза: 21-02-16, 19:28
Bir oila qurgan yigit
Bir oila qurgan yigit turmush
tashvishlarini deb Koreaga
ishlashga ketadi. U bilan birga
ketganlar 1 yilga qolmay qaytib
kelishadi. Va aytishadiki, u yerga
borib bir odamning qölida
ishlashayotgan vaqtda örtada
maosh sababli nizo kelib chiqadi
va u odam ularni hech qanaqa
xizmat haqisiz böshatadi. Ular
esa
alohida ishlashga majbur
bölishadi. Qaytib kelishlariga
sabab esa yahshi ishlay
olishmagani ekanligini aytishadi,
ammo u yigit haqida biror xabar
ayta olishmaydi.... Buyog'i
yigitning öz hikoyasidan:
'Uylanganimga 3 oy bölganda
Koreaga ishlashga ketdim,
avvaliga tez-tez qöng'iroq qilib
turdim, keyin esa ishlarim
yurishmadi, sariq chaqasiz
köchada qoldim. Or-nomus
ustunlik qilibmi, uyda kutib
ötirganlarning ishonchini oqlay
olmayotganimdan uyalibmi
keyin
qöng'iroq qilmay qöydim. Baribir
ham ilojim yöq edi, qöng'iroq
qilishga ketadigan pulni nonga
sarflaganim ma'qul edi. Shu
tariqa kun ötqazib 3 yil ötdi.
Keyingi 2 yilda ancha yahshi
ishladim, uyga qöng'iroq qildim,
tusha olmadim. Taxminan yana
keyingi 4 yilni boshqa davlatda
ishlab ötqazdim, uyga ancha
katta pul bilan qaytdim. Afsuski,
kelsam, ota-onam mendan xabar
kelmaganiga ölganga
chiqarishibdi, yuraklari bardosh
bermay birin ketin qazo
qilishibdi. Bu orada xotinimni
ham boshqaga uzatishibdi. 2-
sinfda öqiydigan ög'lim ham
xotinim bilan uning yangi
oilasida.... Afsus, pul, mol-davlat,
ehtirom, hurmat topibman-u,
bularning barchasidan aziz
insonlarimni yöqotibman. Men
ahmoq 10 yil ichida xabar
olmagan ota-onam holi ne kechdi
ekan, kim ularni ohirgi manzilga
kuzatdi ekan. Ayolim bu azobga
qanday chidadi ekan. Ög'limchi,
u
özga erkakni ota deydi.
Bundanda ortiqroq azob
bormikan.(retro xikoya)
Смс Шерлар