Главная » Qo'rqinchli Voqealar » Bu voqea 5 yil oldin
Bu voqea 5 yil oldin

Bu voqea 5 yil oldin

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: Bu voqea 5 yil oldin
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:52
Bu voqea 5 yil oldin
Bu voqea 5 yil oldin bo`lib o`tgandi. O`shanda men shahrdagi uyda ijarada turar edim. Hamxonam uxlab qolgandan keyin har kuni tungi sayrga chiqib ketar edim. Xuddi shunday tunlardan birida, ko`chada aylanib yurgan edim. Qorong`u, yorug`alik elas-elas tushib turgan ko`chalarda kezib yurgan edim. Ko`chada hech zog` ko`rinmas, soat tungi 2-3lar atrofida bo`lgani uchun mashinalar qatnovi ham to`xtagan edi. Uzoqdan insonning sharpasini ilg`adim. Yaqinlashavergani sayin uning raqsga tushayotganini payqab qoldim. Uning harakatlari juda ham chiroyli, xuddi tangoga raqs tushayotgandek edi. Har bir harakatini bir qadam oldinga siljish bilan tugatar edi. Uni mast deb o`ylab o`tib ketishi uchun unga yetarlicha joy berish maqsadida yo`lning chetidagi yo`lakchaga o`tib oldim. Borgan sari u menga yaqinlashar edi, shu bilan birga uning yuzi ham tiniqlashib borar edi. Nihoyat, uning yuzi aniq ko`rindi. Ko`rgan manzaramdan hayron qoldim. U baland bo`yli, qotmadan kelgan yigit, Ko`zlari katta-katta ochilgan, nigohida telbalarcha yovvoyilik qotib qolgan, yuzida egri kulgi aks etgan edi. Xuddi multikdagi yovuz qahramondek. Nimagadir uning boshi sal orqaga tisarilgan va katta-katta ko`zlari osmonga qaratilgan edi. Uning yuzini ko`rib o`zimni noxush his etdim. Ko`nglim xiralashdi. Butun tanam titrab ketdi. Menga yaqinlashmasidan yo`lning narigi chetiga o`tib olishga qaror qildim va yo`ldan o`tayotganda undan nigohimni uzdim. Ko`zlagan yerimga yetgandan keyin qarshimga qarab yerga qoqilgandek qotib qoldim. U mening qarshimda, men turgan yo`lakchada turar edi, Uning yuzi menga qaratilgan, lekin ko`zlari hamon tepada edi. U raqsga ham tushmas, o`sha qiyshiq kulgisi bilan qimirlamasdan turar edi. Asabiylashib unga yaqinlasha boshladim.Ammo u hamon joyidan jilmas edi. Undan 7 metrlar uzoqda bo`lganimda nechadir soniyaga ortimga o`girildim. Ko`chada hech kim yo`q edi. Oldinga qaraganimda esa u g`oyib bo`lgan edi. 2 soniyaga yuragim tinchlandi. Ammo ko`z qirim bilan uning yo`lning narigi chetida turganini payqadim. U juda tez harakatlanar edi. Bir vaqt u menga qarab harakatlana boshladi. Xuddi multikda qahramon o`ljasining oldiga katta katta qadamlar bilan yaqinlashganidek. Farqi shundaki u juda tez yurar edi. Bu juda ham yoqimsiz ko`rinish. U mendan 3 metrlar uzoqda to`xtab qoldi. Bor kuchimni to`plab " Mendan nima istaysan?" demoqchi edim. Ammo og`zimdan " Nima balo ...." degan so`z chiqa oldi. ovozimdagi qo`rquvni eshitib yuragim yorilishiga sal qoldi. U bir muddat menga qarab turdida keyin juda sekinlik bilan burulib yo`lida davom eta boshladi. U ko`zdan g`oyib bo`lmaguniga qadar ortimni o`girish niyyatim yo`q edi. Unga qarab turar edim. Yaxshi ham shu qarorga kelibman. U mendan ancha uzoqlashgandan so`ng, o`ta chaqqonlik bilan ortiga o`girildida multikdagi qahramon kabi men tomonga yugura boshladi. Uning yugurayotganini payqab men ham yugura ketdim. Narigi ko`chaga yetib olgunimga qadar u meni quvladi. Bir payt ortimga o`girilib qarasam u yo`q. Uyga yetib olguncha ortimga qaradim. U meni ta`qib etmadi. Shu-shu kechalari ko`chaga chiqmaydigan bo`ldim..!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: