
BUYUK XITOY DEVORI
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: BUYUK XITOY DEVORI
- Дата релиза: 21-02-16, 20:03
BUYUK XITOY DEVORI
Buyuk Xitoy devori — qadimgi
Xitoy
me’morchiligining ulkan
yodgorligi. Qadim-
qadim zamonlarda, miloddan
avvalgi 4—3-
asrlarda ko‘chmanchi qabilalar
hujumidan
bezigan imperator Sin Shi
Xuandiy Xitoyning
shimoli-g‘arbiy chegaralarida
dushman o‘ta
olmaydigan, karvon savdo
yo‘llarining
xavfsizligini ta’minlaydigan
baland va uzun
mudofaa devorini qurish haqida
buyruq
beradi.
Imperatorning xizmatkorlari
shimoliy
chegaraga lak-lak askarlar-u,
behisob
qarollarni haydab kelibdilar.
Qurilishda jami
bo‘lib, 2 milliondan ortiq kishi
jalb etilgan.
Ular kechasi-yu kunduzi
ishlashgan. Rivoyatda
aytilishi¬cha, dastlab qancha
urinishmasin,
tiklangan devor qulab
ketavergan. Shunda
imperator¬ning boshi qotibdi.
Nima qilish
kerak?! U ko‘p donishmandlarni
chaqirib
maslahat qilibdi. Ular ichidan eng
keksa
donishmand imperatorga:
— Menga ayon bo‘lishicha, devor
qulamasligi
uchun mamlakatimizda yangi
turmush
qurayotgan yigit yoki qizni
qurbon qilib, devor
ostiga ko‘mishimiz zarur, ana
shundagina ish
yurishib ketadi, — deb maslahat
beribdi.
Imperatorning xizmatkorlari
donishmand
aytganidek, darrov go‘zal bir qiz
bilan to‘yi
bo‘layotgan Van degan yigitni
topib kelishibdi.
Uni qurbon qilib, qurilayotgan
devor ichiga
mo‘miyolab ko‘mib qo‘yishibdi.
Shundan keyin
devor qulamaydigan bo‘libdi,
asta-sekin uning
uzunligi o‘n ming li (1 li — 400
metrga teng)
ga cho‘zilib boribdi.
Shu-shu ushbu devor xitoycha
nom bilan
«Vanli chongchang» deb atalib
ketibdi. Bu «10
ming li uzunlikdagi devor»
demakdir. Hozir
Xitoyda Van ismi o‘zbeklardagi
Ahmadga
o‘xshash eng keng tarqalgan
ismdir.
Bunga o‘xshash rivoyatlar ko‘p.
Buyuk Xitoy
devori haqiqatan juda uzoq
tarixdan hikoya
qiladigan ulkan inshoot. Uni
xitoyliklar bir
necha asrlar davomida
qurishgan. Devor
qurilishining bunday sekin
borishiga sabab, bir
tomondan, u vaqtlarda
texnikaning
rivojlanmagani bo‘lsa, ikkinchi
tomondan,
ko‘chmanchi qabilalar tez-tez
hujum qilib,
devorni buzib ketishar, yog‘in-
sochin va
shamollar ham uni nuratib
borardi. Shunga
qaramay, Buyuk Xitoy devori
miloddan avval 2
—1-asrlarda G‘arbga tomon 500
kilometrga
uzaytirilgan. Keyinchalik uni
qurish va
mustahkamlash ishlari (eng
muhimi 14—15-
asrlarda) davom etgan. 1953-
yilda Pekin
yaqinidagi qismi ta’mirlangan.
Sariq
dengizdagi Lyaodun qo‘ltig‘idan
boshlanib
g‘arbga tomon ketgan bu
devorning uzunligi
besh-olti ming kilometrga yetadi,
degan
fikrlar ham bor. Buyuk Xitoy
devori mamlakat
poytaxti Pekin shahridan 40—45
kilometr
shimoli-g‘arbdan o‘tib, janubi-
g‘arbga buriladi,
so‘ngra Su’jou shahridan g‘arbda
Gansu
o‘lkasidagi Szyayuyguan
qal’asida tugaydi.
Devorning balandligi 6,6 metr,
ikki qavatli,
ayrim joylarda uch qavatli bino
balandligidan
oshadi. Devorning past qismi,
poydevori
kengligi — 6,5 metr, ustki sathi
kengligi 5 —
5, 5 metr. U nihoyatda qalin
bo‘lganidan
ustidan jang aravalari, qo‘shinlar,
hatto har
qatorda 5—6 tadan otliq askarlar
ham saf
tortib bemalol harakat qilishi
mumkin bo‘lgan.
Buyuk Xitoy devori yo‘nilgan
granit toshlar,
g‘ishtlar va loydan ko‘tarilgan.
Shuning uchun
ham uning umri uzoqdir. Devor
bo‘ylab har 60
—100 m masofada mustahkam
burjlar
(minoralar) va muhim strategik
ahamiyatga
ega bo‘lgan yerlarda, ayniqsa,
tog‘ yo‘llar
yoqasida istehkomlar barpo
etilgan.
Endilikda Buyuk Xitoy devori
dunyo
sayo¬hatchilari — turistlarning
uzluksiz
intiladigan manzillaridan biriga
aylangan.
Uning ustida doimo sayr qilib
yurgan turli
millat kishilarini ko‘rish mumkin.
XITOY FANATLARIGA IDAO
XOZIRDA XITOY XRsida HUKM
SURAYOTGAN KOMMUNIZM
MUSULMONLARNI AYOVSIZ
QIRMOQDA
Смс Шерлар