
Chillasi chiqmagan kelinchak
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Chillasi chiqmagan kelinchak
- Дата релиза: 21-02-16, 21:14
Chillasi chiqmagan kelinchak
Chillasi chiqmagan kelinchak
Sizlarga bir, baxtsiz qissani aytib
bermoqchiman. Iroda o'rtaxol
oilada
katta bo'lgan. U kambag'al
oiladagi bir
yigitni, qattiq sevib qoldi. Yigitni
oilasi
katta, ko'p narsalarga imkoni
yo'q edi.
Iroda shunga qaramay ham, uni
sevaman deb uyidagilarga
qarshi
chiqib, unga tegaman deb, turib
oldi.Onasi qizini fikridan
qaytarishga
ko'p urindi, ammo iloji bulmadi.
Qizining
qaysarligi onaizorni azobga
solardi.
Qizni uyidagilar, to'yga qattiq
qarshi
chiqishdi. Qiz baribir so'zidan
qaytmay,
pinxona yigit bilan turmush
qurishdi.
Bu yangilikni eshitgan qizning
ota-
onasi, qizidan qattiq jaxli chiqdi
va
undan voz kechdi. Irodani
ko'ziga xech
narsa ko'rinmas edi. Sevgani
yonida
baxtli edi. O'zini yettinchi
osmonda
yurgandek his qilar edi.
Irodaning
turmush o'rtog'i Elmurod ham,
uni
qattiq sevar edi. To'ydan so'ng,
Elmurod ishsiz qoldi. To'yga bir
hafta
o'tar o'tmas, qaynonanig kesatiq
gaplari boshlandi. Bir mahal,
ovsini bir
gazeta olib kelib qoldi. Unda
qimmatbaxo taqinchoqlarning
surati
bor edi. Ularni orasidagi bir uzuk,
Irodaga juda yoqib qoldi.
Kechqurun
turmush o'rtog'iga o'sha uzukni
ko'rsatib, olib bering dedi.
Elmurod olib
berishga imkoni yo'qligini, uyga
bozor
qilish, ro'zg'or qilish kerakligini
tushuntirdi. "Men ishsizman, seni
o'ylayotgan gapingni qara" deb
jaxl
qildi. Iroda o'sha kun tonggacha
yig'ladi. Ammo Elmurod, e'tibor
ham
bermadi. Kechasi bilan
uxlolmagan
kelinchakni, kuni og'ir boshlandi.
Ertalabdan qaynonaning
javrashi,
hamma hammasidan
charchagandi.
Uyiga ham, bora olmasdi. Chunki
uyidagilar uni, qabul qilmasligini
yaxshi
bilardi. To'yiga 16 kun
bo'lgandan
so'ng, bir kuni ovsini ishlashga
men
bilan chiqing dedi. Elmurod
borishiga
ruxsat berdi. Iroda ham juda
xursand
bo'ldi. Endi qaynonasini ovozini
kamroq
eshitishdan. Ovsini Irodani
ayollar
gavjum bo'lib turgan joyga olib
bordi.
Bu mardikor ayollar yig'iladigan
joy edi.
Bir mahal Irodanning yoniga
kelib, bir
mashina to'xtadi. Ichida chamasi
qirqdan oshgan, qorindor bir
erkak bor
edi. Irodaga qaradida,
mashinaga
o'tirishini aytdi.Ovsini shartta
Irodani
qo'lidan ushlab, mashinaga olib
chiqdi.
Yo'lda ketishar ekan, ovsini bu
erkakni
tanishini aytdi va erkak bilan
xuddi
qadrdondek gaplashishni
boshladi.
Iroda hech narsaga tushunmas,
indamay ovsinini aytganini qilar
edi.
Ularni bir katta dalahovliga olib
kelishdi. Bir oz muddat oynalarni
yuvishdi. Keyin haligi erkak,
ularni
abetga chaqirdi. Ichkariga
kirgandan
so'ng, Iroda juda hayron qoldi.
Dasturxonda yo'q narsani o'zi
yo'q edi.
Xamma nozu ne'matlar, shirin
shirin
taomlar bor edi. Ovqatlangach,
erkak,
ularga ichkilik tavsiya qildi.
Ovsini ichdi,
ammo, Iroda uyga borishi kerak
ekanligini aytib, ichmaslik yo'lini
qidirdi.
Erkak bo'lsa, o'zim olib borib
qo'yaman
dedi. Ovsini ham, Irodani
ichishga
majburlay boshladi. Irodani
qulog'iga
ichmasang bo'lmaydi, odobsizlik
bo'ladi
deb aytgandan so'ng, Iroda
noiloj ichdi.
Bir ozdan so'ng boshi qattiq
aylana
boshladi. So'ng, sal o'ziga
kelgach,
o'zini yotoqxonada bir ahvolda
ko'rdi.
Eshikdan boyagi erkak, qo'lida
qadax
bilan kirib kelardi. Iroda qattiq
qo'rqib
ketdi. Nimalar bo'layotganini,
nimalar
bo'lganinini eslashga urinardi.
Ammo
hech narsani eslay olmasdi.
Yonidagi
to'shakni olib, ustiga yopdida
xaliga
erkakka yalinishni boshladi.
"O'tinaman sizdan, meni qo'yib
yuboring. Axir, axir chillasi
chiqmagan
kelinchak bo'lsam, o'tinaman
sizdan,
meni qo'yib yuboring.
"Ko'zlaridan
yoshlar oqa boshladi. haligi
erkak
bo'lsa, Irodaga yanada yaqin
kelardi.
Iroda nima qilishini bilmasdi.
Hech
qachon bunday bo'lishi
mumkunligi
haqida o'ylamagan qiz, faqat
yig'lardi
va o'tinib haligi erkakdan
yaqinlashmaslikni so'rardi xolos.
Haligi
erkak, Irodaga yaqin keldida,
"bunga
men aybdor emasman, chillasi
chiqmagan kelinchakni ko'chaga
chiqarib qo'ygan, eringiz
aybdor". Iroda
boshqa hech narsa demadi.
Ko'zlarini
yumdi. Bir oz muddatdan so'ng,
ko'zlarini ochdi. Yonida katta
idishda
shokolad, pastroqda esa chiroyli
liboslar. Iroda turdida, kiyinib
oldi.
Stolni ustida ikkita quticha bor
edi. Biri
kichkina quticha. Ichini ochdi.
Ichida o'zi
orzu qilgan o'sha rasmdagi uzuk
edi.
Ikkinchisida esa, unga moslab
olingan
tumor bor edi. Iroda tashqariga
chiqdi.
Hovlida ovsini uni qo'lidan
ushlaganda
va ahvolini so'raganda, sal bo'lsa
ham
o'ziga keldi. Ungacham bo'lgan
voqealar unga xuddi tushdek
tuyilgandi. Ular mashinaga
o'tirishdi.
Bir maxal ichkaridan boyagi
erkak,
to'xtanglar deb baqirdi. Mashina
to'xtadi.Erkak orqa eshikni
ochdida,
Irodaga boyagi ikki qutichani
berdi.
Mashina ketishda davom etdi.
Oradan
bir xafta o'tdi. Iroda o'ziga kela
olmasdi.
Turmush o'rtog'ini yonida
bo'lganida
esa, o'sha mash'um kun, yana
qaytarilayotgandek tuyilar edi.
Shu
sabab ham, u eridan o'zini olib
qocha
boshlagandi. Qaynonani
javrashlari
ham, endi Irodani qulog'iga
kirmasdi.
Ko'zini bir nuqtaga qadagancha,
jim
yurardi xolos. Ichida esa, qattiq
o'rtanar, nima qilishni bilmas edi.
Bu
ahvolini ko'rib, ovsini bir kuni
uni
chetga tortida, gaplashib oldi.
"Iroda
bilasizmi, men xam sevib
turmush
qurganman. Ammo ahvolni
bilasiz,
xech narsaga imkon yo'q. Meni
xam o'z
orzularim bor. Iltimos qilaman,
bunday
yurmang. O'zingiz uchun
bo'lmasa,
xech bo'lmasa men uchun iltimos
sizdan. Eringiz o'sha kuni nima
bo'ldi
deb so'radi. Aytishicha o'sha
kundan
beri o'zgarib qolgan ekansiz.
Iroda,
iltimos men uchun bunday
yurmang.
Iltimos qilaman! Shu vaqt uyga,
mexmonlar keldi. Bu, Irodaning
ota
onasi edi. Ular nixoyat qizini
turmush
qurganini tan olib, uni ko'rgani
kelishgandi aslida. Xursand
bo'lishi
kerak bo'lgan Irodani bo'lsa,
ko'ngliga
qil sig'masdi. Hamma dasturxon
ustida
kulishib suxbat qilishardi. Faqat u
yerda
Iroda yo'q edi. Bir maxal,
Elmurod
Irodani chaqirdi. Ovozi chiqmadi.
Ikki
marta, uch marta chaqirdi. Ammo
javob
ovozi kelamdi. Elmurod sekin
o'rnidan
turib, xotinini qidirishga tushdi.
Ammo
u uyda emas edi. Shunda xamma
yig'ilganlar, uni qidira boshladi.
Ko'chadan, qo'ni qo'shnilardan.
Ammo
hech qanday foydasi bo'lmadi.
Ko'chada o'ynab yurgan bir
bolakay,
Elmurodni yoniga kelib, kelnoyim
jar
tomonga ketdilar, deb aytdi.
Irodani
uyidan sal pastroqda katta jar
bor edi.
Jar, shu qadar katta ediki, uni
tubi
ko'rinmasdi. Uydagilar sekin jar
tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin
qolishganda, Irodani ro'molini
topib
olishdi. Ro'mol yerda yotardi.
Elmurod
yugurdi. Jarni uchigacham bordi.
Ammo
u yerda Iroda yo'q edi. Jarni
boshida bir
narsa yaltiraganini ko'rgan
ovsini,
sekin borib yaltiragan narsaga
qo'l
cho'zdi. Bu o'sha tilla uzuk edi.
Ovsini
bildi nega bunday bo'lganini va
Iroda
qayerda ekanini. Sekin pastga
qaradi.
Hech narsa ko'rinmas edi. U
o'lgan dedi,
ovsin o'ziga o'zi. Irodani
o'lganini
bilsada, ammo uydagilarga xech
narsani ayta olmasdi. Oradan bir
kun
o'tib, Irodani yo'qolganlar
ro'yxatiga
qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har
kuni uni
izlar, ammo topolmas edi.
Qaydan ham
topsin, axir u o'lgan. O'lganini
bilgan
odam esa, hech qachon bu gapni
ayta
olmaydi.
Bu ibratli hikoya sizga yoqadi
degan
umiddaman. Hikoyani avtori
menmas.
Xato va kamchiliklari bo'lsa
oldindan
barchangizdan uzr so'rayman.
Alloh
o'zi bizni nafs balosidan asrasin.
Shuni
unutmangki: Bu dunyoda barcha
gunoh kechirilishi mumkin.
Ammo
xiyonatmas!!!
Смс Шерлар