
Dahshatli kampir
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Dahshatli kampir
- Дата релиза: 21-02-16, 19:45
Dahshatli kampir
Men hamma qatori oddiy yigit
edim. Nufuzli Univerda tahsil olar
edim. Do`stlarim ham talaygina
edi. Toki…. Yozgi ta`tilde
do`stlarim bilan baliq ovlashga
bordik. Qaytayotib bir tasodif
tufayli oyog`imni sindirib oldim.
Shifokorning aytishicha
yiqilganimda suyagim qayishib
qolgan ekan. Uning o`z holiga
qaytishi uchun kamharakat
bo`lib ko`chaga 1 oy davomida
chiqmasligim zarur ekan. Naq 1
oy uyda zerikib o`tirish malol
keldi. Ammo sog`liq ham
kerakku. Qisqasi… Kunlarimni
uyda zerikarli holatda o`tkazib
borar edim. Bir kuni eshik
jiringlab qoldi. Ochsam bir
kampir turar edi. Gavdasi salgina
bukchayganligiga qaramasdan
chehrasi yoqimli edi. Mendan 1
piyola suv berishimni iltimos
qildi. Qo`ltiqtayoqdaligimga
qaramay unga suv olib kelish
uchun oshxona tomon
yo`naldim. Suv olib kelganimda
esa u yo`q edi. Chiday
olmagandirda deya eshikni
yopib piyolani oshxonaga eltib
qo`ydim. Xonamga kirib
pleyerimdan qo`shiq qo`yib
yotuvdimki ko`zim ilinib qolibdi.
Tushimda o`sha kampir kiribdi.
Dahliz oxirida turgan emish.
Lekin bu safar u umuman
yoqimli ko`rinmas edi. Ko`zlari
olazarak bo`lgan, yovvoyi nigohi
menga qaratilgan edi. Og`zini
ochib nimalarnidir gapirib men
tomon asta- sekinlik bilan yurib
kela boshladi. Uning oqarib
ketgan sochi yuzida hilpirab
yotar edi. Shu onda men xonam
eshigi oldida turgan ekanman.
Uning har qadam yaqinlashgani
bilan bir ofatning
yaqinlashayotganini sezib
turgan emishman. Eshikni zarb
bilan yopib qo`ydim. Belim
aralash oyog`ining og`rig`idan
uyg`onib ketdim. Soat tungi 3.00
Bir amallab hammomga yetib
oldim. Tish cho`tkasi va pastani
olib tishimni yuvdim, yuzimni
yuvdim. Boshimni ko`tarib
hammom oynasiga qaraganimda
qo`rquvdan qotib qoldim.
Oynada orqamda turgan o`sha
kampirni ko`rdim. Uning ko`zlari
shu darajada chaqchayganki
ko`rgan insonda hozir ko`zi
yorilib ketadi degan taassurot
uyg`otar edi. Og`zi qiyshiq qilib
ochilgan yorilib ketgan lablari
tagidan sarg`ayib ketgan tishlari
ko`rinib turar edi. Sochlari
to`zg`ib ketgan. Qonli qo`llarini
men tomon cho`zib turar edi. Jon
holatda ortimga o`girildim. Hech
kim yo`q. Belimdagi va
oyog`imdagi og`riq ham
yodimdan ko`tarilib ketdi. Arang
xonamga yetib olib chiroqni
yoqdim. Krovatga qulay
joylashib shu ahvolda kun
yorishgancha qimirlamasdan
o`tirdim. Ertasi kuni do`stimni bir
tun mehmon bo`lishga
chaqirdim. U ham rozi bo`ldi.
Yarim soatdan keyin u uyimda
edi. Unga bo`lgan voqeani aytib
berdim. Tabiiyki u ishonmadi.
Kun kech bo`ldi. Do`stim mening
krovatim oldida o`ziga o`rin
to`shab uxladi. Mening esa
ko`zimga uyqu kelmas edi.
Bilmadim qaysi mahal ko`zim
ilinib qoldi. Yana o`sha tushni
ko`rdim. Xuddi o`shandek
kampir dahliz oxirida men esa
eshik oldida turar edim. Ammo
bus afar u menga ancha
yaqinlashib qolgan edi. Bir payt
kampir mening biqinimdan
sirg`alib o`tib yerda yotgan
do`stimning ustiga o`zini otdida
og`zini katta ochib do`stimning
og`zidan nimanidir so`rib tortib
ola boshladi. Yana belim va
oyog`imdagi kuchli og`riqdan
uyg`onib ketdim. Darrov
do`stimni uyg`otmoqchi bo`ldim
Ammo qancha urunmay u
uyg`onmas edi. Qo`lini tutdim.
Hali issiq. Demak umid bor…
Unga sun`iy nafas qilish uchun
o`zimga tomon o`girgan edim,
uning ko`karib ketgan yuzida
dahshat qotib qolganini ko`rdim.
Tez yordam keldi. Do`stimning
o`limi sababini ichki qon
ketishdan deya belgiladi.
Haligacha men o`zimni koyib,
vijdon azobida qovurilib
kelaman. O`shanda eshikni
yopganimda do`stigma hech
nima bo`lmas edi axir. O`sha
tundan so`ng qo`rqinchli tushlar
tugadi. Lekin hayotim
chappasiga ketdi. Do`stimning
ota-onasi meni o`glini
o`ldirganda ayblab sudga
berishdi. Mening aybsiz
ekanligim isbotandi, vaholanki
men aybdor edim. Do`stlarim
o`zlarini mendan olib qocha
boshlashdi. Universitetdan esa
meni haydashdi. U kampir nega
aynan mening do`stimni
tanlaganini bilmayman.Lekin bir
maslahat sizlarga, eshigingizni
taqillatgan har kimga ham
darvozangizni ochavermang.
Смс Шерлар