
"Daxshatli qotil"
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: "Daxshatli qotil"
- Дата релиза: 21-02-16, 20:37
"Daxshatli qotil"
Qo'shnimiz bo'lardi, o'ziga to'q
obro'- etiborga sazovar
xonadon. Alloh bergan
yolg'izgina o'g'illari bor edi.
Hamma qatori yoshiga yetganida
uylantirishdi. Yillar o'tib birin
ketin ikki qiz, bir o'g'ilni ota-
onasi bo'lishdi. Hammasi
yaxshidek ko'rinsada baxtli
oilaning devorlari mo'rt edi.
Oltmish yoshni qoralab qo'ygan
onaxon ha deganda kelinni
bolalari bilan haydab yuborardi.
Katta farzandlari o'n ikkiga
kirgan bo'lsada bu xonadonda
hotirjamlik bilan otgan tong yo'q
edi. Onaxon o'g'lini qizg'onardi.
Har hil ayblovlar topib kelinni
yomonlashdan, javobini ber deb
ta'kidlashdan charchamasdi.
Kelin bo'lmish juda chiroyli edi.
O'g'li kelinini bunchalik sevishiga
onaning g'ashi kelardi.
Navbatdagi janjallarda esa
onaxon kimligini ehtimol butkul
unutdi. O'g'liga ajrashasan deb
turib oldi. Xotinini bolalarini
yaxshi ko'rgani uni baxtsizligiga
aylandi. Ona tap tortmay kelinini
o'ynashi borligini aytadi. Besh
olti eshik narida turadigan
qo'shni yigit(u o'ttizdan oshgan
bo'lsada hali uylanmagan edi)
onaxon to'qigan bo'xtonni
qurboniga aylandi. Onaxon tez
orada butun mahallani bu
"yangilik" bilan tanishtirib chiqdi.
Va bu yangilik hammasiga nuqta
qo'ydi... Ertasi kun uyga qaytgan
ona hovlidagi tutga osilgan
jigarbandining jasadini ko'rdi.
G'ish qolipdan ko'chgan edi.
Azaga kelgan kelin bilan
nabiralarini onaxon uyga
kirgazishni istamadi. Ammo
nabirasi aytgan so'z uni
sergaklantirdi: "Otamni topib
bering uni nega o'ldirdingiz
buvijon?" Onaxondan so'ragim
keladi, nima yutdingiz bir ayolni
beva farzandlarni yetim qilib
nimaga erishdingiz? Ota-onasi,
rafiqasi, farzandlarini issiq
mehrini sovuq tuproqqa
almashtirgan onaxon endi
baxtiyormisiz? Yoningizda
farzandlarini kamolini ko'rib
yurgani, o'ttiz besh yoshida
nomusga chidolmay qora tuproq
bag'rida yotganidan
yaxshimasmidi? Axir ona uchun
farzandini tinchligi,
baxtiyorligidan ortiq yana nima
kerak? "Kim musulmon ayolni
nomini yomonga chiqarsa
(nomussizlikda ayblasa) unga
ohiratda jazo muqarrardir. Eng
daxshatli qotil- yolg'on so'z....
Смс Шерлар