DERAZA ORTIDA

DERAZA ORTIDA

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: DERAZA ORTIDA
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:38
DERAZA ORTIDA
Qishning sovuq kunlaridan birida 16 yoshli qiz uyda yolg`iz o`tirar edi. Uning ota-onasi do`stlarinikidagi bazmga ketishgan edi. o`sha kuni quyuq qor yog`gan bo`lsa ham, qiz, mehmonxonadagi divanda, issiq odealga o`ralgan holda xonadagi katta deraza oldida joylashgan televizorni ko`rib bemalol o`tirar edi. Kech bo`lganda derazadan kimnidir ko`rgandek bo`ldi. Quyuq yog`ayotgan qor ortidan erkak kishining gavdasini ajrata oldi. Gavda yaqinlashganda uning yuzini aniq ko`rib turgan edi va dahshatdan tili kalimaga kelmas edi. U insonning yuzida har tomonga cho`zilib ketgan pichoqdan qolgan izlari bor edi. Og`zi esa bir tomonga qarab qiyshayib qolgan edi. Erkak to`g`ri qizning ko`zlariga deraza ortidan qarab turar edi. Bir vaqt erkak qo`lini cho`ntagiga tiqib undan nimanidir chiqardi. Bu pichoq edi. Qiz qo`rquvga chiday olmay telefon go`shagini olib militsiyaga qo`ng`iroq qildi. - Allo! Militsiya?! Derazam ortidan kimdir menga qarab turibdi. uning qo`lida pichog`i ham bor. Iltimos tezroq yetib kelinglar. - Manzilizni ayting. -........ Oradan vaqt o`tib tashqaridan serena ovozi keldi. Eshik jiringladi. Qiz eshik tomon yeldek uchib borib uni ochdi. Militsiya hodimlari tashqarida hech kimni ko`rmaganlarini aytishdi. - Ammo men ko`rdim uni. U mana shu deraza ortidan, qo`lida pichoq bilan menga qarab turardi. Shunda militsiya hodimlaridan biri qizni masxara qilgandek: - Ba`zida ko`zlarimiz biz bilan qaltis hazillashadi- dedi. Ammo qiz o`z aytgan gapida qat`iy turib oldi. Militsiya hodimlari unga ishonishmadi. Ketishga hozirlanib turganlarida militsiya hodimlaridan biribu yerda qandaydir gap bor deya shubhalandi va qiz o`tirgan divanni ko`zdan kechira boshladi. Divan ortiga o`tganida u yerda gilamda qolgan nam oyoq izlari va tashlangan pichoq turar edi. So`ng qizga qarab - Si`z erkakni deraza ortida ko`rdim dedizmi? Aslida siz uning aksiga qarab turgansiz. Shuncha vaqtdan beri u sizdan ikki qadam orqada turgan bo`lgan- dedi-yu divan ortidagi nam oyoq izlari va yerda yotgan pichoqni ko`rsatdi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: