Главная » Qo'rqinchli Voqealar » ENG CHIROYLI HOTIMA
ENG CHIROYLI HOTIMA

ENG CHIROYLI HOTIMA

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: ENG CHIROYLI HOTIMA
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:48
ENG CHIROYLI HOTIMA
Bir kishi odatiy yurish (tezlik)da moshinasida ketayotgandi. Banogoh moshinasi shaharga eltuvchi yer osti yo'lda to'xtab qoldi. Tuzatish uchun mashinadan tushdi. G'ildiraklarini bittasi teshilgandi. Yangisini olish uchun moshinani orqasiga o'tdi. Shunda orqadan yuqori tezlikda boshqa moshina kelib uni urdi. Qattiq zarbadan yiqildi. Yo'l nazorati ishchilaridan biri voqeani aytib berdi: men bilan hamkasbim yetib keldik, birgalikda uni ko'tarib moshinaga oldik. Uni kutib olishlari uchun kasalxonaga qo'ng'iroq qilishga tushdik. U o'rta yoshli, dindor yigitligi ko'rinishidan bilinib turardi. Uni ko'tarayotganimizda bir nima deb pichirlayotganini eshitdik. Shoshilganimizdan uni nima deganini tushunolmadik. Lekin uni mashinaga olib yurishni boshlaganimizda, aniq tovushini eshitdik. U baland ovozda Qur'on o'qirdi. Subhanalloh shunday jarohatdaya, deysiz. Kiyimlari butkul qonga belanib bo'lgan, suyaklari singandi. Unda o'lim alomatlari ko'rinardi. U esa chiroyli ovozda Qur'on o'qishni davom etardi. Tartil bilan o'qirdi. Hayotimda uni qiroatidek tilovat eshitmaganman. Jismim va qorvurg'alarim o'rtasida titroqni sezardim. To'satdan ovoz to'xtadi. Orqaga o'girilib qaradim. U esa ko'rsatkich barmog'ini yuqori ko'tarib shahodat kalimasini qaytarardi. So'ng boshi bir tarafga egildi. Orqaga o'tib qo'lini, yurag urushini, nafas olishini tekshirdim. Hech narsa yo'q... u hayotni tark etdi. Unga uzoq termuldim. Ko'zlarimdan tinimsiz yosh oqardi. Hamkasbimdan berkitdim-da unga qarab yigit yigit vafot etganini aytdim. Hamkasbim ham yig'lay boshladi. Ammo men ho'ngrab yig'lashdan, ko'z yoshlarimni yoshini to'xtatolmasdm. Moshina ichidagi holatimiz judayam ta'sirli bo'lib ketdi. Kasalxonaga yetib keldik. Duch kelgan odamga yigit voqeasini gapirib berdik. Ko'pchilik ta'sirlarlanganidan ko'zlari yoshga to'ldi. Birlari voqeani eshitib, borib yigitning peshonasidan o'pdi. Hammalari janoza namozi vaqtini bilib, unda qatnashish uchun kutub turdilar. Kasalxona xodimlaridan biri uning oilasiga qo'ng'iroq qildi. Go'shakni uni akasi ko'tardi. U har ikki kunda ukasi qishloqda yolg'iz yashovchi buvisini, shu bilan birga beva, yetim va miskinlardan ham xabar olgani ketayotgan bo'lganini, moshinasi muhtojlarga tarqatish uchun guruch va shakarga to'ldirilgan, hatto bolachalar xursand bo'lishlari uchun shirinliklar olishni ham yoddan chiqarmaganini aytdi. Ko'p yomg'ir yoqqani, yo'l xatarli ekanligidan safardan qaytarmoqchi bo'lganlarga, men yo'lda yuradigan vaqtimni Qur'on yodlash va uni qaytarish, diniy ma'ruzalarni eshitish bilan o'tkazaman, Allohning oldida har bir qo'ygan qadamim uchun hisob- kitob qilinaman, derdi, deb aytdi akasi. Ertasi kuni sahardan masjid namozxonlar bilan to'ldi. Unga ko'p musulmonlar bilan birga jamoat bo'lib janoza namozini o'qidim. Namozni tugatib, qabristonga olib borishlik uchun uni ko'tardik. Uni o'sha tor chuqurlikka kirgizdik. U oxiratning birinchi kunini kutib oldi, men esa dunyoning birinchi kunini kutib olgandek edim. Abdul Malik ibn Muhammad ibn AbdurRohman Qosimning "Az- zaman ul-Qodim" kitoblaridan tarjima qilindi. Abduroshid Yusuf.O'tib ketamiz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: