
Jazo.
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Jazo.
- Дата релиза: 21-02-16, 20:18
Jazo.
Kapalak chamanzordagi
eng chiroyli gulga oshiq
bo’libdi. Atrofida
parvonadek aylanib,
gulni ham o’ziga shaydo
etibdi. Boshqa gullar
shunday chiroyli kapalak
qo’nib turgan gulga
havasi kelarkan. Bir payt
kapalakni hushbo’y ifor
o’ziga chorlabdi. Kapalak
bu hid taralayotgan
gulga qarab uchibdi.
To’g’ri bu gul
avvalgisidan chiroyliroq
emas, ammo uning isi
kapalakning hushini
o’g’irlabdi. Shoshib borib
gulag qo’ngan kapalak,
oyoqlari gul shirasiga
yopishib qolganini his
qilibdi. Oyoqlarini tortib
ko’rsa, bo’lmadi. Jon-
jahdi bilan uchishga
urindi, lekin bunga sari
gul kosalari berkilib,
kapalakni qisa boshladi.
Kapalak har qancha
urinmasin, hashoratxo’r
gul changalidan chiqib
keta olmadi.
Смс Шерлар