
JINLAR MAKONI
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: JINLAR MAKONI
- Дата релиза: 21-02-16, 21:06
JINLAR MAKONI
Yaqinda
hamqishlog'im temirchi chilangar
Yoqub aka boshidan o'tgan qiziq
bir voqeani aytib berdi... -
Oldinlari jin ajinalarga umuman
ishonmasdim bu shunchaki
bolalarni qo'rqitish uchun o'ylab
topilgan ertak, deb o'ylardim.
Qo'shni qishloqda eski bir
ustaxonada ish
boshladim.Eshitishimcha bu
ustaxonada bir usta ishlagan
lekin oz fursatdan so'ng ketib
qolgan ekan. Sababi bu yer jin
ajinalarning makoni ekan.
Men bunday gaplarga
ishonmasdim shu sababli xam
xamma sharoit muxayyo bolgan
ustaxonada ishlab yurayverdim.
Oradan ikki oy o'tdi. Ishlarim
yurishib mijozlarim xam kopayib
qoldi. Kuz fasli bolgani uchun
shamol hamma yoqni
besaranjon qilib yuborayotgan
kunlarning birida ishim kopayib
ketib ustaxonada yarim
tungacha qolib ketdim. Xonani
dastgoxni ovozi tutgandi. Bir
payt orqamdan kimdir kelib, ikki
yelkamga urib "XOY" deganini
eshitdim.
Qo'rqib orqamga qarasam hech
kim yoq eshik yopiq. Yuragimni
vaxima egalladi. Stanokni
o'chirib xonadan
chiqayotganimda ustaxonaning
xar tomonidan qorqinchli
kulgular eshitildi. Qorqqanimdan
uyga qanay kelganimni
bilmayman. Uyga kirishim bilan
ikki yelkam og'riqdan zirqiray
boshladi. Tobim qochib ancha
vaqt betoblanib yotib
qoldim.Uydagilar mulla
chaqirtirib o'qitganidan keyin
ancha ozimga keldim. Shundan
keyin u yerga qaytib bormadim.
Смс Шерлар