Главная » Qo'rqinchli Voqealar » jinmi yoki ajina
jinmi yoki ajina

jinmi yoki ajina

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: jinmi yoki ajina
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:26
jinmi yoki ajina
Yoshligimdan qishloqqa ko'p borishni yoqtirardim. U yerda buvim va bobomlar yashashardi, 10-15 kun qishloqda yurardim. Bundan 2 yil oldin yozda xar doimgidek qishloqqa buvim va bobomni ko'rishga bordim, tushlik vaqti chamasi soat 3 lar edi, qishloqda darvozalarni qulflashmagani bois, buvim bilan bobomni kelganimdan xursand qilaman deb bildirmay xovliga buvimlarning uyiga kirib bordim. Kun issiq hovli katta honalari ham ko'p edi, xovlida xech kim ko'rinmasdi. Bobom ko'pincha zerikkanlaridan qoshni chollar bilan maxalla choyxonasiga chiqib ketardilar. Shuning uchun buvim uyda dam olayotgan bolsalar kerak deb uyga kirdim. Buvimni honalariga kirgandim ro'paramda bitta kampir turardi, uni yuzi ko'rinmasdi sochi oq oynaga qarab sochini tarardi. Aksiga olib oyna xam yon tomonda edi men uni buvimlar deb o'yladim kiyimi ham g'alati oq edi tungi ko'ylakga o'xshardi. Men asta yoniga bordim buvum deb o'yladim u taroq bilan sochini tarardi yoniga yaqinlashganim sari nafasim bog'ilardi, qandaydur chidab bo'lmaydigan badbo'y xid kelardi. Juda yaqin bordim chamasi bir qadamcha masofa qolganda oyoqlarim o'zimga bo'ysunmay qoydi. Joyimda toxtadim tog'risi qo'rqa boshladim. Shu payt u sochini tarashdan toxtadi va menga sekin qaradi. Yuzini ko'rdimu daxshatga tushdim, u judayam xunuk edi, qarab ham bo'lmaydigan darajada edi. Shu payt o'zim bilmagan xolda xushimdan ketibman. Chamasi 1 soatlardan kiyin o'zimga kelibman. Ozimga kelganimda xonada xech kim yoq edi. Rosa qo'rqdim va kochaga yugurib chiqdim. 2 soatcha ozimga kelolmay otirdim, shunda bobom kelib qoldilar. Meni kelganimni korib xursand bolib ketdilar. Kelganing yaxshi boldi, uyda bir ozim zerikayotgan edim, buvingni singlisini tobi yoqligi uchun 2 kundan beri ushayoqda ekanliklarini aytganlarida daxshatga tushdim. Xovotir olmasinlar deb korganlarim xaqida bobomga aytmadim. 1 kundan keyin buvim keldilar, qol diyishlariga qaramay usha kuni shaxarga qaytib ketdim. Uyga qaytganimdan keyinam ancha kun uxlolmay chiqardim, kechalari tushlarimga qo'rqinchli narsalar kirardi, qo'rqib uyg'onardim. Mana 2 yil bo'ldi xali qishloqa borganim yoq, bilmadim nima edi u shaytonmi yoki ajina...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: