Kichkina qabr

Kichkina qabr

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: Kichkina qabr
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:53
Kichkina qabr
Malikaning singlisi o`lganiga yarim yil bo`ldi. Bu shunchaki baxtsiz hodisa edi. Kichkina Samira balkonda o`ynayotib o`zini tuta olmay derazadan pastga qarab yiqilib tushdi. Malika har kuni tunda singlisining qabriga gul va uning uchun qo`g`irchoq olib borar edi. Tun. Malika qo`lida bir dona gul va singlisining sevimli ayiqchasi bilan Samiraning qabriga otlandi. Ko`chada yomg`ir yog`ar edi. Qabristonga kelganda yer loyga qorishib ketgan edi. Malika ohistalik bilan, yiqilib tushmaslik uchun sekin sekin qadam tashlab singlisining qabriga yetib oldi. - Qandoqsan singiljon?- deya so`radi u bo`shliqdan. - men keldim.... Malika qabr oldidagi skameykaga o`tirmoqchi bo`ldi qadam qo`ygan edihamki oyog`i tayrilib ketti va qabr ustiga qulab tushdi. odat bo`yicha u tupro ustiga tushishi kera edi. Ammo taxtalarning qasarlagani eshitildi va Malika gum etib yerga yiqildi. U hayron qolgan holda oyoqqa turdi. Ne ko`z bilan qarasaki, u qabr ichida turar edi. Qoabr bo`mbo`sh edi. Malika qo`rqib ketganidan hushini yo`qotdi. Telefon jiringi Malikani uyg`otib yubordi. Go`shakni ko`tardi. Onasi qo`ng`iroq qilayotgan ekan. - Qayerdasan Malika? 1 soatdan berin senga tusha olmayapman. Tinchmisan? Qachon kelasan? - Hozir boraman oyi. Malika atrofga qarasa hali ham qabrda. U yerdan bir amallab chiqib loyga qorishgan holda uyga keldi. Vannaxonaga cho`milishga kirib ketti. Cho`milib chiqqach boshini sochiqda artayotib ko`zi vannaxonaning bug`dan oqarib qolgan oynasiga ko`zi tushdi. yana boshini artaverdi. Birdaniga toxtab, jonqulog`i bilan eshita boshladi. Kimdir barmog`i bilan o`sha oynaga, nimadir deb yozayotgan edi. Bir muncha vaqt o`tgach so`zlar aniq ko`rindi. " Men u yerda emasman." Tergov ishlari shuni aniqladi-ki, qabriston qorovuli qabristondagi barcha yosh bolalar qabrini ochib o`zining yerto`lasiga olib tushurar, va ularga ko`ylakcha kiydirib qo`yib bolalar maydonchasida o`ynab o`tirgandek bir xil holatda qotirib qo`yar ekan. Qabriston yerto`lasiga tushib bu manzarani ko`rgan inson qorovuldan butun vujudi bilan nafratlanishi bo`lgan gap

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: