Главная » Qo'rqinchli Voqealar » :::KUZ OQSHOMLARIDAGI SURAT::: _________(fentezi-rετro)___________
:::KUZ OQSHOMLARIDAGI SURAT::: _________(fentezi-rετro)___________

:::KUZ OQSHOMLARIDAGI SURAT::: _________(fentezi-rετro)___________

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: :::KUZ OQSHOMLARIDAGI SURAT::: _________(fentezi-rετro)___________
  • Дата релиза: 21-02-16, 01:03
:::KUZ OQSHOMLARIDAGI SURAT::: _________(fentezi-rετro)___________
...... Endi oqshomlari ancha salqin tusha boshladi. Qalinroq kiyimlarini taxlab uzi bilan birga olib ketishi kerak. Yuragi qurg'ur yana bezovta etib simillab og'rib quyadi. Xuddi "kuksingda men borman. Meni unutib qo'ydingmi?" degandek.. Kayfiyati xamminqadar bulgani uchun endi suratlaridagi ranglar xam g'amgin va mazmunan ancha sirli va ma'yus tusga kirgandi. It yetaklagan ayol manzarasi tushirilgan surati eng yaxshi suratidek tuyuldi ammo ijodkor odam xech qachon tuxtab qolmasligi kerak. U o'zini mukammalman deb xisoblagan daqiqasidanoq u o'z-o'zini maxv etgan bo'ladi. Shuning uchun xozirgi Kuzgi Oqshom manzarasi kartinasidagi ayol va it juda guzal tasvirda bo'lsada bu ishlagan asari bilan Van Gog yo Pikasso asari bilan raqobatlasha bilsada U tuxtamadi. "Guyo qanaqadir kamchilik nimadir aks etmay qolgandek tuyulardi. Ammo uzi xam topolmadi. Guyo benuqson san'at asari yaratgandek kibrlanib zavqu shavqqa talpindi-yu: "Kibr Imonsizlikdan, bekamu kust yolg'iz Alloh!"- deb yana o'z telba xayollaridan qochdi va o'zini palitra va mo'yqalamiga tashladi. Kuz oqshomidagi ushbu manzarani shu qadar chuqur tasvirlashga urindiki.. ikki kundan beri tuz totmaganini xam sezmadi. ... Ayol itini akillab bezovta qilmasin deb sal nariga kulrang temir soyabonli yozlik oromgohlar tarafga qo'yib yubordi. It ozodlikka chiqqanidan shod xursand yugurib o'ynoqlab ketdi. Oddiy avstriya laychasini yana janob Itolmasov (quwnisi) nafaqaga chiqqan prokuror "Avstrits.." deb axmoq qiladi. Ayol esa unga etibor qilmaydi. Yolg'iz kuz oqshomini eslatuvchi zerikarli xayotiga aqali shu it ma'no berayotgandek jigarrang kulrang jundor vujudi sarg'ish malla oqwom quynida elas elas bog'cha tarafda ko'rinib qolar, bora-bora ko'rinmay qoladi. Ayol egniga duxobaga o'xshash yoqasi shoyili qo'ngir tusli kuylak kiygan yozgi fason (bichim)da tikilgani shundoq matoning sodda kurinishidan yalt etib kurinib bilinib turar, sodda yozuvchi qanchalik urinmasin, yolg'onni yashirishga xarakat qilmasin, ayyor va ziyrak o'quvchi allaqachon qandaydir "avstrits" it yoki nafaqaga chiqqan qari prokuror xaqida emas, aynan ayolni nega (uni ustiga ancha salqin tushganiga qaramay nozik libosda yosh rassomning xuzurida paydo zafaroff bo'lishiga ko'proq qiziqa boshlagandi.. Yigit yosh rassom xavaskor va juda sodda ishonuvchan norg'ul edi: atigi 18 yoshni qarshilagan bo'lsa xam bu joylarda ancha tanilib ulgurgandi. Asosiy- markaziy xiyobonni (tavba, ikki so'zni nega birdek qo'lladim? Darrov sezdingiz-a?) natyurmort yoki portret chizib o'tiradigan kiroyi - ikki so'zini birida pul so'rab o'tiradigan, xamminqadar tajribasi ko'p ammo qobilayatsiz (azizim, darrov tanqid qilishga tushmang. Axir, Garri Potter xam tajribasiz ammo qobiliyatli bo'lib tug'ulgan edi.. Keyin Sexrgarlar maktabiga kelganida xam boshqalardan tajribasi ancha kam bo'ladi-ku? Ammo nima, axir?!:-@ ) yigitcha xam shunday edi. Ammo darrov sizning orangizda xuddi aspirin yoki sitramon dori so'rab keladigan odamlardek chala faylasufona "Ming yil orzu qilib yashagandan ko'ra, bir laxza tavakkal xarakat qilib qolish kerak" deb yigit xam duch kelgan uslubda rasm chizishni boshladi. Va albatta bir azarbayjan qizning ijodida o'qib qolgan bir xikoyadagi rassom Aliyadan ( U qiz kim?! Uni qay go'rdan taniymiz? deb so'ramoqchimisiz, ana Saidjon Soibjonovichdan so'rang) farqli ravishda yigit ancha tavakkalchi va xamma narsalarni emas o'ziga aynan yoqqan odamni va u bilan bog'liq xamma narsani chizib tashlardi.. sochining xar bir nur tutami tushganda o'zgaruvchi tuslaridan tortib yuzdagi soyalar o'yinini zo'r maroq bilan chizardi. -U kimgadir nimanidir isbotlamoqchi edimi? - deysizmi ... bee qayoqda. Kunduzi ikki para Falsafa fakultetida uyqusiragan va o'z xayotidan tinmay noliydigan Shoumarovning darsidan so'ng bo'shab qolgan mazmun quvvati paymonasini qayta to'ldirish uchun bir yildan beri o'ziga topgan (shifokorlar umring kam degani uchun, ee ular Hudomi, birovni umri qancha qolganini xisoblaydigan? Ishqilib dardni unutishga tasviriy san'at yordam berarmish) ovunchog'i ranglar sarchashmasini bag'riga maxkam quchoqlab skverga... (voy, xiyobonga demoqchi edim.. yana markaziy xiyobonga) yugurar, nigohi kimnidir yoki nimanidir izlab topardi va ushani maroq bilan tasvirlashga kirishardi . Nogaxon qurib qaqshab oddiy ijaraxonasiga oqshom zulumotida qaytarkan da'fatan o'zining nafaqaga chiqqan prokurori ming'illab qo'shni devor ortidan kumush dastakli xassasi bilan oxista to'qillatardi -Yana o'sha ayolni suratini chizdingmi?- deb ming'illardi chol "Qariya allaqachon esini yeb tentak bo'lib qolgan?" deb kuladi yigit va yana yuragini og'riq qumsaganda, o'ziga o'zi gap to'qiydigan bu ezma churik chol guyo devorlar ortidan oshib yuradigandek ba'zida oqish yarim kal tepakal sochlarini serkilatib sal bukchaygan qo'yi kumush dastakli xassasida lop etib xonasida paydo bo'lib qolar, yigit istar istamas zafaroff chizayotgan kartinasini ustiga latta parda yopish darajada tez xarakat qilolmay qolardi. Ammo ayyor chol xammamizdan aqlli chiqib qoldi: darrov, "Bu ayol. Seni jinni qilib qo'ymasa edi?" deb o'zini yuzida yasama tashvish manzarasini shu qadar ustalarcha namoyon qilardiki, yigit beixtiyor allaqachon tugatgan ammo xech kim sotib olmagani uchun devorga osilib turishdan boshqasiga yaramayotgan cholning suratini qayta chorcho'pidan olar va o'zi xozir ko'rgan qiyofadagi ilk sezgi va evrilish manzarasini qaytadan chizishga tushardi... Ammo, xozir ish jiddiy tus olgan, chol xalaqit bermasin deb manzara teskari turibdi. -Baribir usha "avstrits..dan allergiyam bor" deb burni bilan jiyirib pishilab qo'yadi u. Ayol allaqachon xonada edi. - Buncha isqirt ekan bu yer.. -deb ayol noz bilan ishva qildi va atrofni bir qur nazarda to'liq ko'rib chiqdi.. -Ammo bu yer Chapamga yoqadi- dedi chang yuqqan barmog'ini duxoba yengiga artdi. -O'zimga xam yoqadi!- deb devorni asabiy qoqdi chol ming'illab. Ammo xonim unga umuman parvo qilmadi. -Hudo hayringizni bersin! Balkim Meni Chapachamni topishda yordam berarsiz? Ayol beg'ubor ko'zlari bilan termuldi yigitga. - Uzr. Qarilik. Oyog'imda bod kasalim bor. Bo'lmasa o'zim qarashib yuborardim!-chol xiringladi. Yigit shoshib qoldi: -Albatta!- Ammo shu topda yigit ayolning ko'zini boshqatda chizishni istab qolgandi- ayol qaysarlarcha, xe yo'q be yo'q sap sariq yo'lak bo'ylab daraxtlar oralab keta boshladi. Albatta, kuz oqshomi ancha salqinlashib qolgandi. Shu sabab yigit ayolga jundan to'qilgan sharf yoki etik sovg'a qilish xaqida o'ylagancha so'qmoqqa yugurdi. Xonasini nafaqaga chiqqan prokuror boboyga ishonib ketdiyu kuz oqshomi oralab ayolni yo'qolib qolgan chol aytganidek "avstrits.." laychasini izlab juda uzoq izg'idi. Albatta, bunda yurak tinmay og'rib turdi. Ancha paytgacha. Ammo qaradi: xech kim uni borligiga e'tibor bermadimi?!. Jim bo'lib sukut saqlay qoldi.. ...Ikkisi juda uzoq kuz oqshomlari aro usha "jin ursin" daydi Chapani izlashdi . Yigit usha oqshomda qari xonadoshini rostmana xavotirga qo'yib xonaga kelmadi va xiyobonga rasm chizgani boshqa qaytib bormadi. Tamom..

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: