
MARHUM BILAN UCHRASHUV
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: MARHUM BILAN UCHRASHUV
- Дата релиза: 21-02-16, 19:37
MARHUM BILAN UCHRASHUV
Mening ismi sharifim Zilola
Hamidovna deb boshlaydi
qahramonimiz hikoyasini,
Yoshim 68 da. Sizlarga bir
hikoyani so`zlab bermoqchiman.
Bu voqea uzoq yoshligimda ro`y
bergan edi. Ammo uni haligacha
unutganim yo`q, o`la-
o`lgunimcha unuta olmasam ham
kerak. O`sha kezlarda men 16
yoshlarda edim. Oddiy
qishloqning mehnatkash, soda
qizi edim. Qishlog`imizda Yodgor
ismli yigit bor edi. U meni yaxshi
ko`rar edi. Har kuni yo`llarimni
poylar, tinimsiz sevgi izhori qilar
edi. Ammo men uni faqatgina
do`st sifatida ko`rare dim, Buni
unga aytganimda boshida xafa
bo`ldi, keyin sekin-asta ko`nika
boshladi. 18 ga to`lgach
shaharga ta`lim olishga ketdim.
Tinimsiz o`qish, ta`lim olishlar
ortda qolib yozgi ta`tilda yana
o`zimning jonajon qishlog`imga
qaytdim. Men juda ham xursand
edim. Shahar havosi, shovqini
meni ancha charcatib qo`ygan
ekan. Qishlog`imga
qaytganimdan shod edim.
Xursandchiligimdan anchagacha
ko`zimga uyqu kelmadi. Darvoza
oldidagi o`rindiqda o`ltirib
qishlog`ining toza havosiyu,
quloqqa yoqadigan tinchligidan
bahramand bo`lib vaqt allamahal
bo`lganini sezmay qolibman. Bir
vaqt sal nariroqda Dostonni
ko`rib qoldim. Quvnab ketdim.
Doston oq ko`ylakda turar, g`ira
shira yonib turgan ko`chadagi
fonar uning yuzini elas elas
yoritib turar edi. Ammo shunga
qaramay uning yuzidagi ifodani
ilg`ash qiyin emas edi. Doston
bilan odatdagidan quvnoqroq
tarzda salomlashdim. Ammo
negadir u menga g`o`ldirab
javob qaytardi, Bunga e`tibor
bermadim.Keyin esa u meni
oldiga kelishga chorladi. Vaqt
allamahal bo`lgani uchun
ko`chada yigit bilan gaplashib
o`tirishni o`zimga ep ko`rmadim.
Shuning uchun rad javobini
berdim. Ammo Doston o`z gapida
turib oldi. Rad etaverganimdan
keyin esa hattoki qo`pol gaplarni
ham aytdi. Undan xafa
bo`lganim uchun hech nima
demasdan, uyimga kirib ketdim.
Derazalarni yopayotgnimda u
hali ham menga qarab turganini,
uning yuzi jahldan burishib
ketganini ko`rib to`g`risi qo`rqib
ketdim. Ertasi kuni bo`lib o`tgan
voqeani oyimga aytib berdim. “
Agar Doston kelib meni
so`raydigan bo`lsa, uni uyiga
qaytarib yuboring. Tovba qilsam,
odam 1 yilda ham shunaqa
`zgarib ketadimi? Hech qachon
birovlarga ovozini balandlatib
gapirmaydigan odam deb o`ylar
edim. Adashgan ekanman” deya
jahl ham qildim. Oyim gaplarimni
eshitib oqarib, lablari ko`k`arib ,
qurib, qo`llari qaltiray boshladi.
Oyimdan nega bunaqa
bo`layapsiz deya so`raganimda
esa “ Qizim Doston o`tgan yilgi
yangi yilda olamdan o`tdi. Yangi
yil arafasida ko`cha bezorilari
bilan urushib qolgan ekan,
bezorilar uni chavaqlab
ketishibdi” dedi. Qo`rqib ketdim.
Agar Doston o`tgan yangi yilda
o`lgan bo`lsa unda kecha tunda
ko`rganim kim edi? Oyim darrov
is pishirib, qur`on tilovat qilib
uylarga isiriq tutatib dam
soldilar. Shu-shu Doston meni
bezovta qilmadi.
Смс Шерлар