
MASHINADAGI SURAT…
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: MASHINADAGI SURAT…
- Дата релиза: 21-02-16, 21:15
MASHINADAGI SURAT…
Bir joyga yig`ilishga juda
shoshib ketayotgandim. Yo`l
yuzida qo`l ko`tardim.
Oppoq “Lasetti” to`xtadi.
Pulini kelishmasdan ham
o`tirib oldim. Yo`lda
ketarkanmiz fikru-hayolim –
majlisga kechikmaslik. Biroz
yurgach radiodan
eshitilayotgan sokin musiqa
tinchlantira boshladi. Nasib
qilgan vaqtda yetib
boramanda.
Mashina ichiga razm sola
boshladim. Did bilan
bezatilgan, ko`rinib turardiki
haydovchi yigit unga qattiq
e`tibor beradi. Ko`zim old
oynaning burchagiga
biriktirilgan suratga tushdi.
Oppoq ro`moldagi yuzlari
nurli onaxon surati edi.
- Onangizmi?- chidolmay
so`radim.
- Ha.- dedi yigit.
- Uzrku, hayotmilar?
- Hudoga shukr, nega
qiziqdiz?
- O`zi, uzr…
Biroz sukunatdan keyin
yigitning o`zi gap boshladi:
- Bilasizmi, ko`pchilik qiziqadi
nega suratni yopishtirding
deb. Ikki sababi bor. Biri –
katta tezlikni yaxshi
ko`raman. Mashina kam
yo`lga tushib qolsam
oyog`im beihtiyor gazni
bosadi qattiqroq. Onamning
suratlariga ko`zim tushgach
esa tezlikni kamaytiraman.
Bitta o`g`ilman, manga bir
narsa bo`lsa onam g`amni
ko`tara olmaydi deb
qo`rqaman…
Uning gaplarida jon bor edi.
“To`g`ri” dedimku o`ylanib
qoldim – barcha tez
yuradiganlar shunday qilsa
bo`larkan deb.
- Kechirasiz uka, ikkinchi
sababini aytmadingiz?- deb
so`radim.
- Ikkinchisi va asosiysi – onam
doim ko`z oldimda.
Ko`chadagi ishlar,
tashvishlardan siqilib ketsam
ularning yuzlarini ko`rib
barchasini orqaga
tashlayman. Onam suratini
kuni bilan ko`rsam ham
qattiq sog`inaman baribir.
Uyga shoshilaman.
Peshonamdan o`pib kutib
olishlarini tasavvur qilsam
ishlarimni yanayam tezroq
bitirishga urinaman.
- Sog`insez tez-tez telefon
ham qilib turasizmi?
- Albatta. Ikiki soatdan ortiq
ovozlarini eshitmasam
o`zimni qo`yarga joy
topolmayman.
- Yaxshi…
Ichimda esa “Maqtanchoq
ekanmi, go`yoki boshqalar
onasini yaxshi ko`rmaydi”
degan hayol keldi. O`ylay
boshladim, u bilan o`zimni
beixtiyor solishtirib.
Onamning rasmlari yo`q
yonimda. Telefonimda
papkalar ichida chang bosib
yotganini aytmaganda. Uyga
ham bu yigitdek
shoshmayman. Telefonda
esa…
Shu payt unga qo`ng`iroq
bo`ldi. Mendan uzr so`rab
mashinani chetga oldi. Uzoq
gaplashgani yo`q, lekin shu
qisqa vaqt ichida “Onajon”,
“Labbay”, “Ho`p bo`ladi”
kabi so`zlarni ishlatar, juda
hushmuomila bo`lib
gapirardi. Unga razm sola
boshladim. Telefonda
gaplashyaptiku har safar
“Ho`p bo`ladi” deganda
egilib ketay deyapti, go`yoki
onasi qarshisida turgandek.
Ko`zlarida esa quvonchni
ko`rsa bo`lardi. Huddi yosh
bolakay onasiga
talpingandagi quvonchdek.
Farqi shunda ediki yonimda
yosh bola emas, kap-katta
yigit o`tirar edi. U bolalikdagi
o`sha mehrni saqlab qolgan
edi.
Unga xavasim kelardi. Agar
bu yigitni onamlar
ko`rganlarida edi – uning
onasiga ularning ham
xavaslari kelishi aniq edi. Yoki
mendan qattiq o`ksinardilar,
shu yigitchalik e`tiborli
bo`lmaganim uchun. Negadir
ichimdan bir achchiq narsa
toshib kela boshladi. Ovozim
bo`g`ilib, hiqildog`imga
kelib taqaldi. Manzilga
qanday yetib borganimni
bilmayman. Majlisga ham
ninani ustida o`tirgandek
bo`ldim.
Tushlik payti esa uyga
shoshdim, qo`limda onam
sevgan gullardan guldasta.
Uyga yaqinlashganim sayin
kayfiyatim ko`tarila boshladi.
Men juda xursand edim,
onamni esa qanchalik
sevinishlarini o`ylab yuzimda
tabassum bilan eshik
qo`ng`irog`ini chaldim.
- Assalomu alaykum onajon.
- Vaaleykum assalom.
Tinchlikmi, bu paytda
kelmasding-ku?- xavotir olib
so`radilar.
Orqamda yashirib turgan
guldastani uzatdim:
- Sizni juda sog`inib
ketdim
Смс Шерлар