
"Nomusga chidolmagan qizdan maktub..."
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: "Nomusga chidolmagan qizdan maktub..."
- Дата релиза: 21-02-16, 21:06
"Nomusga chidolmagan qizdan maktub..."
Rassomlik
kollejida öqib yurganimda bir
g'alati voqea röy bergan...
O'qituvchimiz tabiat
manzarasini chizib
topshirishga bir hafta muxlat
bergach, nima chizishni
o'ylab qoldim. Ijara uyim
ortida qabriston bo'lib,
undagi majnuntollar ularga
har safar ko'zim tushganida
ko'nglimga ma'yuslik solardi.
Shu manzarani qog'ozga
tushirishga ahd qildim.
Darsdan keyin dastgohlarimni
kötarib qabristonga bordim.
Ishga qiziqib ketganimdan
kimdir yelkamga qo'lini
qo'yganida seskanib
tushdim. Ortimda o'zim tengi
bir qiz jilmayib turardi. -
Chiroyli chizarkansan, -dedi u
rasmga tikilib. O'sha kuni
o'zini Lola deb tanishtirgan
qiz bilan anchagacha
gaplashib o'tirdik. U shu
atrofda yashashini va rasm
chizishga qiziqishini aytdi.
Shundan keyin bir hafta
davomida u bilan har kuni
qabristonda uchrashib turdik.
Rasmni tugatar paytim u
menga bir iltimosi borligini
aytdi. -"Gulzor" köchasi, 19-
uyda yashovchi yigitga mana
shu maktubni berib qo'ya
olasanmi? - dedi u yerga
qarab. Men rozi böldim.
Shoshib turganim uchun
ertaga gaplashamiz deb
xayrlashdim va Lola aytgan
uy darvozasidan maktubni
tashlab ijara uyimga
yugurdim. Ertasi kuni darsdan
qaytsam, uy egasi vahimali
xabar bilan kutib oldi. 19-
uyda yashovchi yigit, aqldan
ozib, o'zini osib qo'yganmish.
Qo'rqib ketdim. Negadir o'z-
o'zidan oyoqlarim qabriston
qabriston tomonga yetakladi.
Lola bilan uchrashadigan
o'rindiqda ancha o'tirdim,
lekin undan darak bölmadi.
Qaytayotganimda ko'zim
yo'ldagi qabr toshiga tushdi
va dahshatdan qotib qoldim:
''Lola Sultonova. 1981-1997
yillar''... Yugurib uyga keldim
va uy egasidan Lolani
surushtirdim. Ma'lum
bo'lishicha, 19-uyda
yashovchi yigit bir paytlar
qo'shni mahallada yashovchi
Lola degan qizni aldab
uylanmagan, nomusga
chidolmagan qiz joniga qasd
qilgan ekan..
Смс Шерлар