Главная » Qo'rqinchli Voqealar » "ODAM QIYOFASIDAGI SHAYTONLAR"
"ODAM QIYOFASIDAGI SHAYTONLAR"

"ODAM QIYOFASIDAGI SHAYTONLAR"

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: "ODAM QIYOFASIDAGI SHAYTONLAR"
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:57
"ODAM QIYOFASIDAGI SHAYTONLAR"
Bolalik paytlarim maxalladosh örtog'im Nosir bilan maktabdan keyin qishloq chakasidagi dalalarga öt-maysa yig'ish maqsadida borar edik. Ösha kuni ham ikkimiz velasapedda qishloq pastidagi dalalar tomon yöl oldik. Biz yölimizda uchragan har qanday ariqlarda chömilib, söng huddi qimmatbaxo mashinadek velasapedlarimizni ham yuvib artib yana yölda davom etamiz. Dalada ishlayotkan insonlar ham uzoq-uzoqda tuproq yölni changitib ketayotkan traktor ham qushlarning chug'ur- chug'uri-yu bepayon dalaning köz öngimizda yastanib yotishi hamma-hammasi allaqanday sexrli edi. Ösha kun biz paxta ekiladagan yerlarning chekkalarida öt yig'ib yurgan edik, bir payt ariqcha ichidagi döppayib targan usti maysalar bilan yopib qöyilgan bir narsaga közim tushdi. Odatda ishchilar oq qoplardagi ög'itlarni shunday qilib yashirib qöyishardi. Hayolimga ustiga yopilgan hali qurib ulgurmagan ötni ög'irlash keldi, atrofga alanglayman hech kim yöq öyinqaroqlik bilan borib qölimdagi öroq bilan maysalarini tortdim, Örog'im qandaydir yumshoq narsaga tegib ötkanini sezdim-u ötlar tagidagi jasadni kördim. Tahminan 15-16 yoshlardiga qizning yalang'och holdagi jasadi edi, uni piyoladek keladigan oppoq kökraklari tish izlaridan kökarib ketkan, jinsiy azosi va yarim tanasi qonga belangacha qilt etmay yotardi. Shu payt tutqator ichidan chiqib kelgan örtog'im Nosir ham jasadni kördi-yu dodlab yubordi. Men qölimdagi öroqni tashlab velasaped tomon yugurdim. Önqir chönqir tuproq yöldan yig'lamsirab yugurib borarkanman oyog'im chilishib yiqilaman va yana turaman-u orqamga qaraman yuguraman. Velasaped turgan joyga yetib kelganimda örtog'im Nosirni töxta töxta deb yig'lab dodsolib yugurib kelayotkanini kördim. Biz öshanda atiga 12-yoshda edik. Uyga qanday qilib yetib kelganimizni bilmayman, hovlimiz yoniga kelganimizda darvoza yonida akam mashinamizi yuvar dadam esa uni tepasida turardi. Biz yig'lamsirib bor gapni dadamga aytkanimizdan keyin dadam akamga mashinani yurg'az dedi. Nosir ikkimiz ularni ösha joyga boshlab bordik. Dadam mashinadan tushdida akamga sen shuyerda bular bilan qol deb biz körsatkan tomon ketdi. Dadam ösha jasad yotkan joyga borib qaytarkan men qöldirgan öroqni qölida aylantirgancha közlarida achinish va g'azab bilan qaytardi. Biz mashinada qishloq tomon qaytarkanmiz dadam asabiylashib tinimsiz gapirardi. Xayvonlar endigina voyaga yetkan qizni-ya, hudo bexabarlar, yöq bular odammas bular odam qiyofasidagi shaytonlar. Dadam biroz jim qolardi-da boshini chayqab endigina voyaga yetkan qizni-ya tubanlar deb yana asabiylashar edi. Biz tög'ri qishloq melitsiya idorasiga keldik. Dadam mashina kalitini akamga berdi-da özi birozdan keyin qaytishini aytib melitsiya idorasiga kirib ketdi. Oradan uch tört kun ötib biz körgan jasad qöshni tumandagi tillofurush ayolning 14-yoshli qizi ekanini uni vaxshiylarcha zörlab öldirgan ikki erkak esa bizning tumandan ekanligi aniqlandi. Öshanda butun qishloqda vaxima kötarilib odamlarni bu voqea daxshatga solgandi, hatto yoshi ulug' insonlarning qiyomat yaqinlashibdi degan gaplarini öz quloqlarim bilan eshitkanman. Tunov kuni qöshni maxalladagi dökonchi ayolni öldirib jasadini yöqib ketishibdi. Lekin bu voqeadan hechkim daxshatga tushgani yöq odamlar buni tabiy bir holdek qabul qilishdi. Öylanib qolaman ösha ön yil avval 14- yoshli qizning vaxshiylarcha zörlanishi ösha paytda odamlar aytkanidek qiyomatning boshlanishi bölsa bugungi kundagi voqealar ota öz qizini zörlashi, ona farzand tug'ib uni köchaga tashlab ketishi, abortlar, qizlarning chimildiq körmay ayolga aylanib qolishi bulardan qanday hulosa qilish mumkin! Balki allaqachonlar qiyomat boshlangan-u biz odamlar bundan bexabardirmiz, balki insoniyatga allaqachonlar hukum öqib bölingandir. Bilmadim, bilmadim, men bu borada ojizman buni siz bilan men hal qilmaymiz, dunyoni ishlari yolg'iz ollohga ayon. Lekin men shuni aniq bilamanki dunyo boshi berk köchadan ketmoqda.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: