
"Oq ajal" (Hikoya)
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: "Oq ajal" (Hikoya)
- Дата релиза: 21-02-16, 19:48
"Oq ajal" (Hikoya)
Qishloqning tepasidan o'tgan
farg'ona kanali bo'ylarida
shunday joy bor odamlar u
yerlardan tunda moshinada
o'tishga qo'rqishadi,
aytishlaricha bu joyni xudo
urgan emish. Farg'ona kanali
qishloq ichidan chiqib kelib
bepayon dalalar o'rtasidan kesib
o'tib yana qishloq bo'ylab ketadi.
Kanal bilan birga asfalt yo'l ham
kanal yo'nalishi bo'ylab ketadi.
Kanalning o'sha dalalar
o'rtasidan o'tgan joyida yo'l xam
kanal xam biroz qiyalagan,
odamlarning aytishicha tunlari
bu yo'lda oq vaz 21 volga
aftomobili kezib yurar va
aftomobilda rais qiyofasidagi
sharpalar izg'ib yurarmish. Kanal
va yo'lning aynan qiyalagan
joyida keksa tol daraxtlari necha
yillardan beri bu yerlarda
hukumron. Agar tunda bu
joydan o'tsangiz yuragingizga
qo'rquv tushishi aniq, chunki
yarimi qurigan tol shoxlarida
tungi qush ukkilarning ko'zi
yonib o'zining vaximali ovozi
bilan sayrab sukunatni buzadi.
Odamlarning xudo qarg'agan joy
degan gapida harqalay sabab
bor. O'tkan yil yozda bu yerda
bir bola kanalda cho'milaman
deb cho'kib ketgandi. O'shanda
qo'shni qishloqlik maktab
yoshidagi ikki bola qo'y boqib
yurib shu yerda cho'milishgan,
ulardan biri o'sha keksa tol
daraxtini past shoxiga chiqib
kanaldagi suvga tashlagan-u
suvdan uzoq qaytib chiqmagan,
ikkinchi bola esa qo'rqib ketib
nariroqda dalada ishlayotgan
odamlarini chaqirib kelgan,
odamlar bolani gaplariga
ishonqiramay kanalga termilib
turishgan bir paytda suv yuziga
haligi bolaning o'lik tanasi birdan
qalqib chiqgan-u oqib keta
boshlagan, ajablanarlisi esa
oqimi kuchli bu kanalda bola
aynan suvga tashlagan joyidan
o'lik holda chiqgani, o'shanda
odamlar kanalda biror temir
buyum bor o'sha bolani ilib
qolgan deb kanalni obdan
tekshirishgan lekin na kanaldan
biror buyum topishgan va na
o'lgan bolaning tanasidan
jaroxat izlarini. Bu xudo qarg'ishi
tekgan yerni dovrug'ini shu yil
qishda Xakimjon traktorchi xam
ancha oshirib yubordi.
Qishloqning kirchimol insoni
Xakimjon traktorchi o'zi yaxshi
inson-u lekin bitta aybi bor,
ichkilikga ruju qo'ygan. Shu qish
oylari u traktor praktori bilan
kanalning aynan shu joyiga
tushib ketdi. Ey axir xudo guvoh
shunday bo'lgandi deydi
Xakimjon traktorchi. Tepadan
Murodil fermer omboridan
somon ortib kelayotgan edim,
to'g'ri biroz ichgandim xudo
guvohki lekin mast emasdim,
kanal bo'ylab kelayotib aynan
o'sha yo'lni qiyalagan tollar bor
joyiga yetib kelganimda
ro'paramdan oq volga moshinasi
chiqib qoldi, chirog'i yonmay
shiddat bilan kelayotgan
moshinaga yo'l berish uchun
traktorimni chetroq burdim, lekin
qarama qarshi tarafdan
kelayotgan oq volga xam men
tarafga chetlanib to'g'ri ustimga
bostirib kelardi. Bir payt trillab
borayotgan traktorimga volga
yiqin kelib qoldi, endi aniq
"avariya" bo'ladi deb o'yladim-u
ko'zlarimni chirt yumib "dod
xudoyimey" deb baqirdim. Bir
payt qarasam na volga bor na
"avariya" traktorim qiyalab
to'g'ri kanalga tushib ketdi.
Ortdagi bir pirseft somon
kanalga ag'darildi. Yaxshiyam
qish bo'lgani uchun kanalda suv
kam edi, aks holda traktorni suv
oqizib o'zim xam asfala sokinga
he-yo'q be-yo'q jo'nab
yuborgan bo'lardim. Qishloqning
kirchimol insoni Xakimjon
traktorchi o'sha voqeadan keyin
mast bo'lib qolsa odamlar unga
qarata hazilomus Xakimjon siz
ichgan paytingiz tepa kanal
yo'liga yurmang oq volga bosib
ketmasin, deb gap qotib qo'yadi.
Xakimjon aka esa harqalay
ko'ngili toza inson bu gaplarga
iljayib qo'yaveradi. Qarg'ish
tekgan o'sha joyda yaqinda
yana bir voqea bo'ldi-yu u yerni
butunlay o'zgartirib tollarni xam
kesishib tashladilar. Qishloqning
ishbilarmon jiddi insoni Muxtor
aka aynan o'sha joyda
avtoxalokatga uchrab yo'nib
ketdi. Tanasi butunlay kuyib
ketgan Muxtor akaning qoniga
kuygan tana zaxri tarqab
avtohalokatdan o'n kun o'tib
olamdan ko'z yumdi.
Avtoxalokatdan uch kun o'tib
birmuncha o'ziga kelib qolgan
Muxtor akadan ko'rsatma
olingan. "Sobirov Muxtor
Mannonvich ko'rsatmasidan"
O'sha kuni hushyor edim, tungi
maxal o'n, o'n-yarimlar chamasi
Mirodil fermer dalasiga ish bilan
bordim qaytayotib esa qishloq
tepasidagi yo'ldan kanal bo'ylab
kelayotgan edim, yo'lning
qiyalagan joyiga kelganda
birmuncha tezlikni pasaytirib
kelar ekanman moshinam
chirog'i qarama qarshi yo'l
bo'ylab kelayotgan oq volga
moshinasiga tushdi. Yo'l tor
bo'lgani uchun moshinamni
chatlatib tezlikni xam ancha
tushurdim, hech qanday belgi
yoki chiroqsiz kelayotgan oq
volga avtomobili xam yo'lning
men borayotgan tarafiga o'tib
olib shiddat bilan yaqinlashib
kelardi. Avvaliga bir soniyaga
gangib qoldim so'ngra esa oq
volga deyarli moshinamga urilib
ketgudek yaqin kelib qolganini
ko'rdim-u ko'zlarimni birdan
yumib to'rmoz pedalini bosdim,
moshinam ichida bo'lsamda
yuzimga allaqanday shabodaga
o'xshash narsa urilib o'tib ketdi,
ko'zimni ochishimni bilan
moshinam yo'l chetiga chiqib
ketib tol daraxtiga borib urildi
tezlik katta bo'lmagani uchun
jiddi jaroxat olmadim. Shunda
bo'lgan ishdan hayratga tushib
atrofga qaradim, atrof jim-jit
hechqanday volga moshinasi
ko'rinmasdi. Moshina eshigini
ochib pastga tushmoqchi bo'ldim
shundagina biqinim lat yeganini
va og'riyotganini sezdim. Shu
payt shundoqina yo'l yoqasiga
qayoqdandir paydo bo'lib
qolgan oq raqamsiz volga
moshinasi kelib to'xtadi.
Moshinadan esa to'rtta qora
shlyefa kiygan sharpaga
o'xshash odamlar tushib keldi.
Shunda qulog'imga daxshatli
ovozlar eshitildi, yosh bolalar
yig'isi ayollar chinqirishi quloqni
tushib yuborgudek jaranglardi.
Ro'paramdagi tolning qurigan
shoxlarida esa yalong'och
ayolning qonli jasadi osilib
turardi. Haligi sharpalar
moshinamga yopishdi so'ngra
ho-holashib kulishib har tarafdan
moshinaga qo'llaridagi suyuqlik
to'la idishlardan allaqanday
suyuqlik sepa boshladilar,
ro'paramdagi ayol jasadidan
tomayotgan qon kanal suviga
tushib olovrang yorug'lik xosil
qilardi. Shu payt birdan
moshinam olov iskanjasida qoldi.
Moshina ichidan chiqishga har
qancha urinmay oyoq qolim qilt
etmas olov esa moshina
ichlarigacha o'tib tanamni
kuydira boshlagandi... Ertasi kun
"Muxtor Mannonvich
ko'rsatmasi" bo'yicha ichki ishlar
hodimlari vaziyat joyiga
borganida u yerdan ayol jasadi
xam "vaz 21" avtomobilga
qarashli izlar xam topilmadi.
Muxtor Mannonvichdan shaxsan
ko'rsatma olgan ichki ishlar
xodimi "Zokir Nabiyev" qishloq
oqsaqollari bilan birlashgan
holda tegishli joydan o'sha kanal
bo'yidagi tol daraxtlarini
kesishga ruhsat oldi. Daraxtlar
kesilib qishloq maktabiga
masjitlarga "o'tin qilib yoqish
uchun" tarqatildi. Yoshi saksonga
yaqinlashib qolgan qishloq
oqsaqoli Mirzavoy otani gapi
bilan o'sha yerga qo'y so'yilib
qurbonlik bag'ishlandi. Mirzavoy
otaning aytishicha 35-40 yillar
avval bu joy raislar-u tepadan
keladigan boshliqlarning dam
oladigan joyi bo'lgan ekan. U
yerda juda ko'p nopok ishlar
ayshu-ishratlar kattalar tarafidan
bo'lib o'tgan ekan. Xatto yosh
qizlarning ko'z yoshlari xam
to'kilishiga sabab bo'lgan joy
emish. Ichki ishlar xodimi "Zokir
Nabiyev" ishni yopar ekan
marxum Muxtor Mannonvich
ko'rsatmasi oxirida xulosa qilib
aytgan gapini o'qib o'yga toldi.
"Muxtor Mannonvich
ko'rsatmasidan" "Hudoning o'zi
kechirsin-ku lekin o'sha tungi oq
vaz 21 avtomobili aslida oq
ajalning o'zginasi edi. Undagi
qora sharpalar esa azozil jinlari
ekan"
Смс Шерлар