
QABRISTONDAGI BIR KECHA
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: QABRISTONDAGI BIR KECHA
- Дата релиза: 21-02-16, 19:43
QABRISTONDAGI BIR KECHA
Izillagan qahraton qish
kunlarining birida uzoq yo‘lga
chiqishga to‘g‘ri keldi,deb
boshlaydi qahramonimiz
hikoyasini. Sovuq kunda
chiqmaylik, desam-da, turmush
o‘rtog‘im gapimga quloq solmadi.
Shu sabab yo‘l bo‘yi qovoq-
tumshuq qilib ketdim.
Nurobodning yon- atrofi, biyday
dashtli yo‘llardan yarim tunda
mashinani uchirib ketyapmiz.
Cho‘lda shamolning uvillashi
yanada vahimaliroq eshitilarkan.
Bulutlar orasidan har zamonda
ko‘rinib qoladigan oyning
yorug‘ini hisobga olmaganda
atrof qop- qorong‘u. Chiroqsiz
simyog‘ochlar chaqirilmagan
mehmonga o‘xshab yo‘l bo‘yida
qatorlashib, so‘ppayib turishibdi.
— Namuncha, huvillagan, sovuq
joylar… — ming‘irlab qo‘yaman
noroziligimni bildirish uchun.
Yo‘ldan har zamonda kalamush
quvgan tulkilar o‘tib qoladi. —
Tulkini multfilmlarda chiroyli
ko‘rsatishardi, bu yerning
tulkilari nega bunaqa?.. — dedim
yana g‘ijinib. Yuragimdagi
tushunarsiz vahima sabab har
narsadan kamchilik
topayotganim o‘zimga ham
sezila boshladi. — Televizordan
shaharlik tulkilarni ko‘rsatsa
kerak-da, — dedi erim piching
bilan. — Senga o‘xshaganlarini…
Atrof vahimali darajada
kimsasizligini hisobga
olmaganda tunda, tunda
mashina haydash yaxshi ekan.
Chunki tezlikni xohlagancha
oshirish mumkin, hech kim
to‘xtatmaydi… shu narsa
xayolimdan o‘tuvdi hamki,
mashinamiz bir- ikki paqilladi-yu,
taqqa to‘xtadi! Salon ichiga
to‘lgan tutundan bo‘hilgan erim
so‘kingancha mashinadan tushdi.
Kapotni ko‘targandi, atrofni
kuyindining hidi tutdi. Men ham
salon havosini almashtirish
uchun eshikni ochdim, uvillagan
shamol yopirilib kirdi. — Yetib
keldik!.. —tutundan yo‘talgancha
mashinaga o‘tirdi erim. —
Shoshilgandan radiatorga suv
quyish esdan chiqibdi, motor
erib ketdi… — Endi nima qilamiz,
— vahimaga tushdim, bepoyon
dashtga qarab. — Nima
qilarding, o‘tirasan endi, tong
otishini kutib. Sen norozi
bo‘lganing uchun shunday
bo‘ldi… — Shu tumanda
kursdosh dugonam yashardi,
o‘shaning uyini topsak edi… —
Bu tumanning qanchalik
kattaligini bilasanmi?.. Shu bilan
bahs tugadi. Ikkalamiz ikki
burchakka tiqilib tumtayib
o‘tirdik. Ko‘p o‘tmay mashina
soviy boshladi. Bir pasda oyoq-
qo‘llarimiz muzlab qoldi.
Ikkalamizning xayolimizda ham
bir gap — ertalabgacha
o‘tiradigan bo‘lsak, muzlab
qolishimiz aniq, harakat qilish
kerak. — Yaqin atrofda qishloq
yo‘qmikan? — so‘radim erimdan
muzlay boshlagan qo‘llarimni
ishqalab. —Men ham shuni
o‘ylab turibman. Borib qarab
kelay-chi, chiroq ko‘rinsa, seni
ham olib ketaman… — dedi erim.
Menga rahmi kelganidan arazi
ham esidan chiqqandi. —Yo‘q!
— baqirib yubordim erimning
gapi tugamay. —Bir o‘zim
qolmayman, siz bilan boraman…
— shunday deya undan oldin
yo‘lga tushdim. Ikkalamiz
qo‘ltiqlashgancha, yo‘l bo‘ylab
yurib ketdik. Shamol
kuchliligidan oyog‘imizni zo‘rg‘a
sudrab bosyapmiz. Ancha yurdik,
lekin tirik jon ko‘rinmadi. — Yo‘l
bo‘ylab yurishimizdan foyda
yo‘q shekilli. Dashtga qarab
yursak biror qishloqqa olib
borar… — dedi erim shamoldan
o‘zish uchun baqirib. Yo‘ldan
pastga tushdik. O‘nqir-cho‘nqir
yo‘llarda turtilib-surtilib ancha
yurdik. Bir payt uzoqdan
qandaydir nur ko‘rindi.
Ko‘nglimiz yorishib, o‘sha yoqqa
qarab shoshildik.
Yaqinlashganimiz sayin nur
uzoqlashib borayotgandek
tuyulardi. Nur tepalikning
ustidan tushayotgan ekan.
Qorong‘uda allaqanday oqish
toshlar ham ko‘zga tashlanardi.
Amallab yuqoriga chiqib oldik.
Bir payt… qo‘rqqanimdan dod
solib yubordim. Chor-atrof qabr!
Erim ham qo‘rqib ketdi. Keyin
o‘zini qo‘lga olib: —O‘zingni bos,
qabriston- ku, namuncha vahima
qilasan, — dedi meni yupatib.
Gapirayapti-yu, ovozi titrab
ketyapti. —Orqaga qaytaylik,
iltimos… — Yarim tunda
qabristonda yurib, yana
qo‘rqmay bo‘larkanmi? Lekin
shamolning uvillashiga mos
lipillayotgan chiroq nuri o‘ziga
chorlashini qo‘ymasdi. Erim meni
o‘sha yoqqa sudradi. Qabrlarni
oralab yurib pastqamgina
kulbaning yonidan chiqdik. Erim
yaqinlashib, eshikni sekin
taqillatdi. Javob bo‘lmadi. —
Ketaylik, bu yerda vampirlar
yashasa kerak, — dedim qaltirab.
—Dahshatli kinolarni kamroq
ko‘rish kerak, — urishib berdi
erim. Anchadan keyin
ag‘anayman, deb turgan eshik
og‘ir g‘iyqillab ochildi va… undan
qosh- ko‘zlari qop-qora, soqollari
o‘sgan yigitning yuzi ko‘rindi.
Qo‘rqqanimdan bir sapchib
tushdim va yoqamga tupirib
oldim. — Kelinglar, kelinglar, —
dedi mezbon kutilmagan
mehmonlarni ko‘rib, shoshib. —
Biz, haligi… adashib qoldik, —
dedi erim qo‘l berib
salomlashgach. Men esa hali ham
atrofga alanglab xavf-xatar kutib
turibman. —Sovuq qotibsizlar-
ku, — degancha yigit bizni
ichkariga boshladi. Ko‘rinib
turibdi, kulba mehmon kutishga
mo‘ljallanmagan. Devorga taqab
yasalgan chorpoya ham karavot,
ham stol vazifasini bajarardi.
Kulbaning butun boyligi qora
qumg‘on va ikkita labi uchgan
piyola, bitta lampachiroq…
Ko‘mirning issiq taftidan biroz
o‘zimga keldim. Mezbon darrov
choy qo‘ydi. U ishga unnab,
xuddi xonada o‘zidan boshqa
hech kim yo‘qdek xirgoyi qilardi:
ko‘nglim, sening holing nechuk…
—Mehmonni savolga tutish
odobdan emas-u, lekin yarim
tunda nima qilib yuribsizlar, —
dedi u choy uzatarkan erimga
murojaat etib.... E’tibor bersam, u
faqat erimga qarab gapirar, men
tarafga esa umuman qaramasdi.
Erim vaziyatni tushuntirdi. —
Obbo, yomon bo‘libdi- ku, lekin
mashinangizdan xavotir olmang.
Bu sovuqda, yarim tunda hech
kim ko‘chaga chiqmaydi. Ertalab
borib olib kelamiz… —dedi u. —
Siz shu yerda yashaysizmi? —
so‘radim menga gap
tegmayotganidan zerikib. — Ha,
— dedi u boshini ko‘tarmay. —
Mozorning qorovuliman…
Qariyalar qabristonga qorovul
bo‘ladi, deb o‘ylardim, shu sabab
bu yosh yigitning tarkidunyo
qilib ovloq joylarda yashashi
menga g‘alati tuyildi. Savolga
tutishga tayyorlanayotganimni
bilgan erim «jim o‘tir», degandek
turtdi. Keyin o‘zi sekin gap
boshladi. — Qanday shamollar
olib keldi, sizni bu yerlarga,
do‘stim. Mahalliy shevada
gapirmayapsiz, boshqa
joydansiz, shekilli… Mezbon ham
hamsuhbatga zor turgan ekanmi,
gap boshladi: — Taqdir
bo‘ronlari sabab kelib
qolganman… Esingizda bo‘lsa, bir
yili Kitob dovonida avtobus
ag‘nagandi… O‘sha avtobusda…
mening sevgilim ham bo‘lgan…
Seskanib ketdim. Unga tikilibroq
qaradim. — O‘sha oyda to‘yimiz
bo‘lishi kerak edi… — gapida
davom etdi mezbon menga
e’tibor ham bermay. — Uni o‘sha
avtobusga o‘zim chiqarib
yuborgandim. To‘ydan oldin
xolasinikiga borib kelmoqchi
edi… Hech ajrashgimiz kelmay,
zo‘rg‘a xayrlashganmiz. Bahor
fasli edi. Yomg‘ir yog‘ayotganda
sirpanchiq yo‘ldan chiqib ketgan
avtobus balandlikdan ag‘anagani
haqidagi xabar o‘sha kuniyoq
hamma yoqqa tarqaldi… Zudlik
bilan voqea joyiga yetib bordim.
Tuman shifoxonasiga odam
ko‘pligidan yaqinlashib
bo‘lmasdi. Yaqinlarining ahvolini
bilish uchun yig‘ilgan odamlar,
qo‘shni tumanlardan yordamga
kelgan shifokorlar… Kimdir
yaqinini yo‘qotganidan xabar
topib yig‘layotgan bo‘lsa, kimdir
bemor yaqiniga tezroq yordam
berishlarini so‘rab shifokorlarni
holi-joniga qo‘ymasdi… Men ham
odamlar olomoniga qo‘shildim.
Palatalardan, ro‘yxatlardan
Jamilaning ismini topa olmay
dovdirab turuvdim, bir hamshira
xotin bir to‘da odamni yig‘ib
«opoznanie»ga deb yetaklab
ketdi. Avvaliga tushunmadim,
shifoxona hovlisining bir
burchagida joylashgan binoga
kirib hushimdan ayrilay dedim.
Qatorlashtirib qo‘yilgan odamlar
orasidan hamma o‘zinikini tanib
olishi kerak ekan. Qo‘rqqanimdan
orqaga tisarildim. Lekin vahima
bilan oldinga intilayotgan
odamlar orasini yorib o‘ta
olmadim… Birinchi qatorni
hamshira yetovida aylanib
chiqib sevgilim topilmaganiga
shukur qilib qaytayotgandim,
ochilib yopilaverganidan
ko‘tarilib qolgan choyshab
ostidan chiqib turgan uzuk
taqilgan qo‘lga ko‘zim tushdi… Bu
o‘sha men sovg‘a qilgan uzuk
edi! O‘shanda hushimdan
ketganman… O‘zimga
kelganimda ruhiy kasalliklar
shifoxonasida yotardim… Olti oy
deganda o‘zimga kelibman…
Shundan buyon menga hayot
qorong‘u… Shifoxonadan
chiqqanimdan keyin o‘z uyimga
ham sig‘may qoldim. Daydib
yurib oxiri Jamilam yotgan joyga
kelib qoldim… Har kun Jamilam
bilan gaplashaman, negadir ruhi
bezovtadek… Shu qabristonga
yotib yurganimdan xabar
topgan qishloq ahli hashar yo‘li
bilan shu hujrani tikka qilib
berishdi… Besh yildan buyon…
Endi shubhaga o‘rin yo‘q. —
Yusuf… — dedim ovozim titrab,
qolgan gapini eshitishga toqatim
qolmagandi. Yigit bilan erim
baravariga yalt etib menga
qarashdi. Erimning ko‘zlarida
hayrat bo‘lsa, Yusufning ko‘zlari
minnatdorchilik bilan boqib
turardi. — Tanimaysizmi, deb
o‘ylagandim… — dedi u birinchi
marta ko‘zimga tik qarab. — Men
esa sizni bir ko‘rishda tanidim…
Uchrashgan joyimizni qarang…
Goh menga, goh unga qarab
turgan erim izoh talab qilgandek
menga tikildi. — Jamila… Nahotki,
u… dunyodan o‘tgan bo‘lsa… —
degancha yig‘lab yubordim.
Institutni tugatib, xabarlashmay
qo‘ygan, to‘yiga ham aytmagan
dugonamdan arazlab yurgandim.
U esa hatto sevgilisi Yusufga
turmushga chiqishga ham
ulgurmagan ekan… Yusufning
sadoqati-yu, dugonamning
achchiq taqdiri yuragimni
larzaga soldi, rosa yig‘ladim. Shu
kecha talabaligimizni xotirlab,
uxlamay tong ottirdik. Erimga
Yusuf bilan Jamila haqida gapirib
berdim. Tongda esa Jamilaning
qabriga bordik… Dugonamning
qabri ustida turib, Yusufni bu
yerlardan olib ketishga, yana
hayotga qaytarishga va’da
berdim. —Taqdirning o‘zi bizni
yana uchrashtirdi, —dedim
Yusufga xayrlasha turib. — Balki
Jamilaning ruhi yordam
bergandir… Endi siz bunday
yashamasligingiz kerak. Odamlar
orasiga qaytsangiz, hayotingizni
yo‘lga qo‘ysangiz, Jamilaning
ham ruhi orom topardi. Biz bilan
yuring… Avvaliga ko‘nmay
turgan Yusuf oxirgi gapimdan
keyin o‘ylanib qoldi. Erim ham
yuring turib olgach, rozi bo‘ldi.
Faqat hozir emas, bir-ikki kundan
keyin ketishini aytdi. Shundan
keyin biz qaytdik. Erim to‘rt
kundan keyin yana shu tumanga
ish bilan bordi va qaytishida
Yusufni ham ola keldi. Shu kecha
dugonam tushimga kiribdi,
menga qarab jilmayib
turganmish…!!! TAMOM.
Смс Шерлар