Главная » Qo'rqinchli Voqealar » Qabristondagi bir kecha ..yakuniy
Qabristondagi bir kecha ..yakuniy

Qabristondagi bir kecha ..yakuniy

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: Qabristondagi bir kecha ..yakuniy
  • Дата релиза: 21-02-16, 01:00
Qabristondagi bir kecha ..yakuniy
Qabristondagi bir kecha davomi... sovuqda, yarim tunda hech kim ko‘chaga chiqmaydi. Ertalab borib olib kelamiz… — dedi u. — Siz shu yerda ashaysizmi? — so‘radim menga gap tegmayotganidan zerikib. — Ha, — dedi u boshini ko‘tarmay. — Mozorning qorovuliman… Qariyalar qabristonga qorovul bo‘ladi, deb o‘ylardim, shu sabab bu yosh yigitning tarkidunyo qilib ovloq joylarda yashashi menga g‘alati tuyildi. Savolga tutishga tayyorlanayotganimni bilgan erim «jim o‘tir», degandek turtdi. Keyin o‘zi sekin gap boshladi. — Qanday shamollar olib keldi, sizni bu yerlarga, do‘stim. Mahalliy shevada gapirmayapsiz, boshqa joydansiz, shekilli… Mezbon ham hamsuhbatga zor turgan ekanmi, gap boshladi: — Taqdir bo‘ronlari sabab kelib qolganman… Esingizda bo‘lsa, bir yili Kitob dovonida avtobus ag‘nagandi… O‘sha avtobusda… mening sevgilim ham bo‘lgan… Seskanib ketdim. Unga tikilibroq qaradim. — O‘sha oyda to‘yimiz bo‘lishi kerak edi… — gapida davom etdi mezbon menga e’tibor ham bermay. — Uni o‘sha avtobusga o‘zim chiqarib yuborgandim. To‘ydan oldin xolasinikiga borib kelmoqchi edi… Hech ajrashgimiz kelmay, zo‘rg‘a xayrlashganmiz. Bahor fasli edi. Yomg‘ir yog‘ayotganda sirpanchiq yo‘ldan chiqib ketgan avtobus balandlikdan ag‘anagani haqidagi xabar o‘sha kuniyoq hamma yoqqa tarqaldi… Zudlik bilan voqea joyiga yetib bordim. Tuman shifoxonasiga odam ko‘pligidan yaqinlashib bo‘lmasdi. Yaqinlarining ahvolini bilish uchun yig‘ilgan odamlar, qo‘shni tumanlardan yordamga kelgan shifokorlar… Kimdir yaqinini yo‘qotganidan xabar topib yig‘layotgan bo‘lsa, kimdir bemor yaqiniga tezroq yordam berishlarini so‘rab shifokorlarni holi-joniga qo‘ymasdi… Men ham odamlar olomoniga qo‘shildim. Palatalardan, ro‘yxatlardan Jamilaning ismini topa olmay dovdirab turuvdim, bir hamshira xotin bir to‘da odamni yig‘ib «opoznanie»ga deb yetaklab ketdi. Avvaliga tushunmadim, shifoxona hovlisining bir burchagida joylashgan binoga kirib hushimdan ayrilay dedim. Qatorlashtirib qo‘yilgan odamlar orasidan hamma o‘zinikini tanib olishi kerak ekan. Qo‘rqqanimdan orqaga tisarildim. Lekin vahima bilan oldinga intilayotgan odamlar orasini yorib o‘ta olmadim… Birinchi qatorni hamshira yetovida aylanib chiqib sevgilim topilmaganiga shukur qilib qaytayotgandim, ochilib yopilaverganidan ko‘tarilib qolgan choyshab ostidan chiqib turgan uzuk taqilgan qo‘lga ko‘zim tushdi… Bu o‘sha men sovg‘a qilgan uzuk edi! O‘shanda hushimdan ketganman… O‘zimga kelganimda ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotardim… Olti oy deganda o‘zimga kelibman… Shundan buyon menga hayot qorong‘u… Shifoxonadan chiqqanimdan keyin o‘z uyimga ham sig‘may qoldim. Daydib yurib oxiri Jamilam yotgan joyga kelib qoldim… Har kun Jamilam bilan gaplashaman, negadir ruhi bezovtadek… Shu qabristonga yotib yurganimdan xabar topgan qishloq ahli hashar yo‘li bilan shu hujrani tikka qilib berishdi… Besh yildan buyon… Endi shubhaga o‘rin yo‘q. — Yusuf… — dedim ovozim titrab, qolgan gapini eshitishga toqatim qolmagandi. Yigit bilan erim baravariga yalt etib menga qarashdi. Erimning ko‘zlarida hayrat bo‘lsa, Yusufning ko‘zlari minnatdorchilik bilan boqib turardi. — Tanimaysizmi, deb o‘ylagandim… — dedi u birinchi marta ko‘zimga tik qarab. — Men esa sizni bir ko‘rishda tanidim… Uchrashgan joyimizni qarang… Goh menga, goh unga qarab turgan erim izoh talab qilgandek menga tikildi. — Jamila… Nahotki, u… dunyodan o‘tgan bo‘lsa… — degancha yig‘lab yubordim. Institutni tugatib, xabarlashmay qo‘ygan, to‘yiga ham aytmagan dugonamdan arazlab yurgandim. U esa hatto sevgilisi Yusufga turmushga chiqishga ham ulgurmagan ekan… Yusufning sadoqati-yu, dugonamning achchiq taqdiri yuragimni larzaga soldi, rosa yig‘ladim. Shu kecha talabaligimizni xotirlab, uxlamay tong ottirdik. Erimga Yusuf bilan Jamila haqida gapirib berdim. Tongda esa Jamilaning qabriga bordik… Dugonamning qabri ustida turib, Yusufni bu yerlardan olib ketishga, yana hayotga qaytarishga va’da berdim. — Taqdirning o‘zi bizni yana uchrashtirdi, — dedim Yusufga xayrlasha turib. — Balki Jamilaning ruhi yordam bergandir… Endi siz bunday yashamasligingiz kerak. Odamlar orasiga qaytsangiz, hayotingizni yo‘lga qo‘ysangiz, Jamilaning ham ruhi orom topardi. Biz bilan yuring… Avvaliga ko‘nmay turgan Yusuf oxirgi gapimdan keyin o‘ylanib qoldi. Erim ham yuring turib olgach, rozi bo‘ldi. Faqat hozir emas, bir-ikki kundan keyin ketishini aytdi. Shundan keyin biz qaytdik. Erim to‘rt kundan keyin yana shu tumanga ish bilan bordi va qaytishida Yusufni ham ola keldi. Shu kecha dugonam tushimga kiribdi, menga qarab jilmayib turganmish…!!!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: