Главная » Qo'rqinchli Voqealar » QARG’ISHGA QOLGAN YO’LLAR
QARG’ISHGA QOLGAN YO’LLAR

QARG’ISHGA QOLGAN YO’LLAR

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: QARG’ISHGA QOLGAN YO’LLAR
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:40
QARG’ISHGA QOLGAN YO’LLAR
O’tgan yili Irkutskda dahshatli aviahalokat yuz bergan edi. Aytishlaricha, bu yerdagi mahalliy aeroport qandaydir anomal hududda joylashgan. So‘nggi o‘n yil ichida o‘nta yirik halokat yuz bergani ham bu gaplarni isbotlab turibdi... >"> UChUVChILAR KABINASIDAGI ARVOHLAR Mahalliy matbuot nashrlari ham aeroport qarg‘ish tekkan joyda bunyod etilgani haqidagi maqolalarni tinimsiz chop etib turishibdi. Haqiqatan, mutaxassislar ham buni tasdiqlashayapti. Irkutsk aeroporti kuchli bioenergetikaga ega bo‘lgan yerda joylashgan. Bu nima degani? Har qanday jodu bu yerga boshqa joylarga nisbatan kuchliroq va tezroq ta’sir etarkan. Masalan, Baykal ko‘li yaqinini olaylik. Hali bu yerlarga ruslar kelib ulgurmay, Yevroosiyo suv havzasi “Jodu ko‘li” deya ta’riflangan. Uning tepasida marhumlarning ruhlari izg‘ib yurisharkan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, aeroportning shundoq biqinida repressiyaga uchragan insonlarning qabristoni joylashgan. Samolyotlar kelib qo‘nadigan beton yo‘llarning biri o‘sha qabristonga tutashib ketgan. Shahar ma’muriyati bir necha marta qabristonni boshqa joyga ko‘chirish rejasini ham tuzishgan. Ammo bu ish amalga oshirilmay qolgan. Bu yerda esa samolyotlarning aksariyati halokatga uchrayveradi. Yo‘q, ularni kimdir qulatmaydi. O‘zlaridan o‘zlari qulab tushishadi. Ya’ni, samolyotlarni o‘sha begunoh o‘ldirib yuborilgan odamlarning ruhlari qulatadi. Yana shunday gaplar yuradiki, samolyotlardan birining kabinasida arvoh paydo bo‘lgan- u, qo‘rqib ketgan uchuvchi samolyotni boshqara olmay qolgan va halokatga uchragan. Lekin qora qutilarda arvoh haqida hech qanday ma’lumot qolmagan. TIBETDAGI HALOKATLAR Tibetdagi Xitoyga tegishli Lxas aeroporti ham g‘alati tarixga ega. Aytishlaricha, bu yerda aeroport qurila boshlaganda, jodugar va folbinlar to‘planib, ularni qattiq qarg‘ashgan ekan. Bunga sabab shuki, xitoyliklar bu yerni kuch bilan egallashgan. Ko‘pchilik begunoh insonlarning umriga zomin bo‘lishgan. Qarg‘ishdan so‘ng esa, 60-80-yillar oralig‘ida jami sakkizta yirik aviahalokat sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Xitoy hukumati vakillari halokatga qarshi keskin choralar ko‘ra boshlashdi. Ular Lxas yonboshiga yana bitta Bangda aeroportini qurishdi. Ammo bu safar ham yangi qurilgan aeroportlarda samolyotlarning qulab tushish hollari sodir bo‘laverdi. Jodugarlar nafaqat xitoyliklarga, balki ularning qo‘shnisi hisoblangan nepalliklarga ham tinchlik bermay qo‘yishdi. Bu yerda aeroport qurilar ekan, jodugarlar 2008 yili aynan shu aeroportda dunyoga tatiydigan falokat yuz berishini bashorat qilishdi. Mongoliyaning poytaxti Ulan- Batordan o‘n yetti chaqirim uzoqlikda joylashgan Buyant- Unxaa aeroporti ham qarg‘ishlar ta’qibidan bebahra qolmadi. 70-90-yillar oralig‘ida bu aeroport tepasida ikkita harbiy samolyot portlab ketdi. Bitta yo‘lovchi tashiydigan layner halokatga uchradi. Aytgancha, 1966 yili Mongoliya korchalonlari ko‘plab shamanlarni sud qilib, bir yarim yildan to‘rt yilgacha qamoq jazosiga tortishgan ekan. Mutaxassislar aytishicha, ayni o‘shalarning arvohlari aeroport tepasida aylanib, samolyotlarning tinchgina qo‘nib olishiga xalal berisharmish. Elliginchi yillarning oxirida makedoniyaliklar Skope aeroportini qurib, qush ham uchmaydigan joyda ajoyib maskan paydo bo‘lgani haqida butun dunyoga jar solishgandi. Afsuski, bekorga xursand bo‘lishgan ekan. Aeroport o‘rnida ilgari turklar qabristoni bo‘lgan-u, hozirgacha ham uning tepasidan hatto qushlar ham uchib o‘tmas ekan. Londondagi Xitrou aerovokzali esa, ruhlarning azaliy makoni hisoblanadi. Bir keksa uchuvchining aytib berishiga qaraganda, samolyot kabinasiga uchuvchi kirib o‘tirishi bilan qandaydir noma’lum tovushlar eshitila boshlaydi. Uskunalar, tugmachalar unga quloq solmay qo‘yadi. Hatto bir kuni uchuvchilardan biri arvohlar bir- biri bilan baland ovozda gaplashayotganini ham eshitgan. Osmonga ko‘tarilgach, falokatga uchragan. Bundan bilish mumkinki, biror ishni amalga oshirishdan avval ruhlar ham o‘zaro maslahatlashishlari mumkin. Faqat odamzod ularning gapini tushunmaydi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: