Главная » Qo'rqinchli Voqealar » qo`shni yerda bir kampir
qo`shni yerda bir kampir

qo`shni yerda bir kampir

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: qo`shni yerda bir kampir
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:35
qo`shni yerda bir kampir
Har yozni dachada o`tkazishga odatlanganim uchun shu yil ham bu odatimni kanda qilmadim. Dachamga qo`shni yerda bir kampir yashar edi. Butun qishloq uni jinni der edi. Har kuni uyi oldidagi skameykaga o`tirib olar va xuddiki tizzasida nimadir o`tirgandek u bilan gaplashar qo`lini esa havoda nimanidir silagandek harakatlar bilan qimirlatar edi. Boshida uning avval mushugi bo`lganu keyinchalik o`lib qolgan bo`lsa shunga odat yuzasidan shunaqa qiladi deb o`yladim. Ahamiyat berilsa u past ovozda kimnidir erkalayotgandek bo`lar edi. Bir kuni tunda, qo`limning ostidagi paxmoq bir narsadan uyg`onib ketdim. Mushugim deb o`ylab uni silay boshladim. Ammo uning terisi qanaqadir dag`alroq edi. Birdaniga yodimga tushdi. Men dachadaman. Mushugim esa shahardagi uyimdaku. Joyimdan qimirlamay o`sha onning o`zidayoq miyyamda reja tuza boshladim. tezlik bilan turib o`sha bir nimaning ustini adyol bilan yopib olamanda derazadan otib yuboraman. endi turaman deganimda o`sha bir nima krovatimdan irg`ib tushdiyu eshik tomon yugurib ketti. Shunda ko`zim qanaqadir sharpaga tushdi. U qanaqadir qiziq yugurar edi. Undagi nimadir noodatiy edi. Eshikni yopib ortimga qaytsam, deraza qarshisidagi ko`zgudan o`sha kampirning aksini ko`rdim. Uning sochlari to`zg`igan, ko`zlari katta- katta bo`lib ketgan edi. Bir muddat menga qarab turdiyu katta -katta qadamlar bilan yugurib hovlimdan chiqib ketti. Men ancha vaqtgacha uxlay olmadim. Tongda o`sha kampir oldidan o`tayotsam yana o`sha ahvolda qo`lini qimillatib turibdi. Uning gaplariga yaxshiroq ahamiyat bersam," Nima qilib qo`yding? Nega mendan qochib ketding? Ana yigit bechorani ham qo`rqitib yuboribsan. Meni nima uchun shuncha uygurtirding. ? " Deb gaplashar edi. Buning tushmasligiga endi ishondim. Shundan so`ng kampir haqida surishtira boshladim. Hech kim u haqida hech narsa bilmas edi. Bir kuni yoshi katta chol bilan gaplashib qoldim. Uning aytishicha 50 yillar oldin bu kampir o`z erini bo`g`izlab, tanasini 1000 bo`lakka bo`lib tashlagan boshini tanasidan kesib olgan, militsiya kelganda o`sha skameykada erining boshini silab u bilan gaplashib turgan ekan. O`shanda bildim uyimda g`alati yugurgan narsa yugurmagan ekan, aslida u dumalab ketgan ekan.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: