
Qorong'u oqshom
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Qorong'u oqshom
- Дата релиза: 21-02-16, 20:14
Qorong'u oqshom
Qorong'u oqshom, tor köchaning
bir
burchagida, sahroda adashgan
insondek bir kuchukcha
yomg'irdan pana joy topa
olmasdan
ilojsizgina turardi.
Balki, yura-yura, ahiyri tinka-
madori qurib, issiq, pana joy
topa
olmasdan taqdirga tan
bergandir. Ustiga
ustak qorni ham ochdir....
Körinishidan, ha, uning g'arib
körinishidan unga kimning ham
rahmi kelardi, faqatgina achina
olishadi xolos. Kimning ham
özidan
orttirib unga e'tibor qaratgisi,
vaqtini
ajratgisi kelardi....
U ham bir vaqtlar bir oilaning
erkatoyi,
ovunchog'i edi. Uni mittiligida bir
honadon sohibi bolalariga
'öyinchoq' qilib olib keldi.
Jajjigina kuchuk bolasi oppoq
junlari paxmoq, qora dog'lari
körk berib turardi uning husniga,
panjalari ham jajjigina, yumshoq
edi. Uy egasining yosh
bolalariga u döst böldi,
zerikkanlarida ular bilan öynadi,
hech qachon bosh
tortmadi. Sal kattarganida uyni
qöriqladi, xatto uyga begona
qushlarni qöndirmasdi. Beminnat
xizmat qildi.
U bilan birga bolalar ham
ulg'aydi, maktabga chiqishdi,
endi ular darslaridan ortmas,
kuchukcha
bilan öynagilari kelmas, unga
e'tibor
bermasdilar. Kuchukcha endi
uydagi ortiqcha buyumga
aylangandi.
Uni boshqa joylar, boshqa
köchalarda
adashtirib kelishdi....
U hech narsa deya olmay qoldi,
nima
ham desin, axir, tili ham yöqku,
unga
hech kim tushunmaydiku!
U doim sodiq yashadi,
höjayinlarini, döstlarini
unutmadi, tashlab ketishsada
ulardan hafa bölmadi.
Uning bu bechora holga
tushishiga
ularni ayblamadi. Bir vaqtlar
kerak
bölganini, keyinchalik 'axlat'ga
chiqarishganini eslab taqdirdan
nolimadi. Uning közlarida hech
kim yosh körmadi. Balki,
yig'lagandir,
uning ham dili azob tortgandir,
odamlardan köngli qolgandir.
Lekin,
bularning bari faqatgina balki,
xolos....
U sodiq qoldi, hech kimni
unutmadi....
Tor köchaning loy bir
burchagida, sovuq yomg'irda
diydirab turaverdi....
Döst deb bilganlarini kutardi,
kelishlariga ishonardi.
Afsuski......
Смс Шерлар