Shamolli kecha

Shamolli kecha

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: Shamolli kecha
  • Дата релиза: 21-02-16, 00:58
Shamolli kecha
Shamolli kecha Dang‘araning dashtida, shamolli kechada aka va singil buvilarinikiga ketib borishmoqda edi. Qorong‘i tusha boshlagan bo‘lsa- da, hali tevarakni enlab ulgurmagan edi. Qarama-qarshidan esayotgan shamol shiddati ostida och kulrang tusli notanish butalar yovvoyi is taratib yulqinar, ko‘tarilgan changu to‘zon isi ham tevarakni tutib ketgan edi. Yo‘l chetidagi oqish jiydalarning shoxlari uzilguday bo‘lib yulqinardi. Qamishlar sinib ketgan poyalarini tiklolmay shovullardi, havoda to‘zon va qamish popiltiriqlari chirpirak bo‘lib uchardi. Aka oldinroqda, baquvvat bir tayoq tutgancha, yerni ura-ura odimlardi. U avvaliga singlisining qo‘lidan tutib oldi, biroq eski xazonlar va mayda-xas cho‘plar quyun chirpiragida ko‘ziga tiqilib qattiq achishtirganida qo‘lchasini qo‘yib yubordi. Hozir qizaloq akasining ortidan chopqillab borar, shamol guldor ko‘ylakchasiniyu ro‘molini yulqilardi. Pochasidan ingichka oyoqchalari ko‘rinib turardi, ikki o‘rim yovvoyi sochi kichkinagina guldor ro‘moli ostidan chiqib qolgan, akamdan qolib ketmay deb deyarli yugurib borayotgandi. Shamol ufurishlari ostida oldinga xiyol enkayib, ko‘ylagi goho yelkan kabi shishib qadam tashlayotgan akasi ko‘ziga hech narsadan qo‘rqmaydigan g‘oyat kuchli, yurakli botir bo‘lib ko‘rinar edi. Shamol esa goh yer betiga tushib, goh yuksaklarga ko‘tarilib g‘uvillab esardi. Shamol bu makonlarda to‘satdan qo‘zg‘aladi. Tog‘ oralarida yetilib, o‘ngirlar orasidan o‘kirib-vahshat solib chiqib keladi. Qishloqlarning naridan-beri ohaklangan devorlaridagi changlarni uchirib, tomlarning qumlarini sochib, ko‘cha tuprog‘ini to‘zg‘atib- to‘zg‘itib esaveradi. Makkapoyalarni ag‘anatadi, kir o‘ralarda hushtak chaladi, suvlarni chayqatadi, tepalarda g‘uvillaydi, pastga tushganida chelaklarniyu cho‘pchavatlarni ag‘anatib yumalatib yuboradi. Dala-dashtdagi yumron inlarini qum bilan ko‘madi, ovsarroq qushlar qurgan uyalarni tamomila buzib tashlaganida jajji polaponchalari chirqillagancha yerga qulab tushib, vahshiy hayvonlarga yem bo‘lishadi. – Aka, sekinroq! – Tez-tez yur dedim! – Aka, jon aka, sekinroq yur, yetolmayapman axir! Minglar ortda qolib ketgan, u yog‘i Dashtqishloq. Dashtqishloqda bolalarning buvisi yashaydi. Bu ikkovlon shu bugun buvinikida yotib qolish uchun yo‘lga chiqishgan. Bularning onasi yo‘q, bir necha yil avval kasal bo‘lib olamdan o‘tib ketgan. Baland bo‘yli, kelishimli, yoqimli ayol edi. Bolalariga juda mehribon, bolalar ham uni juda yaxshi ko‘rishardi. Qip-qizil, singib pishgan nonlar yopardi... Azbaroyi ayolining hurmati, ota anchagacha uylanmay yurdi, har kuni ertalab sahar chiqib ketib, shom qorayganida gandiraklay- gandiraklay kirib kelardiyu bolalarini quchoqlab, ko‘zlaridan sariq yoshlari oqqancha bir nimalarni g‘o‘ldiray-g‘o‘ldiray axiyri uxlab qolardi. Bir necha oy shu alfozda kechdi, shunda buvilari jonga ora kirdi, qarovsiz qolgan bolalarni o‘z uyiga bot- bot opketadigan bo‘ldi. Nihoyat, ota to‘ng‘illay-to‘ng‘illay, birovlarning qistovi bilan Chomochdan bir beva ayolga uylandi. Bu beva xastahol, ozg‘in, ko‘p javraydigan bir xotin edi. Yil o‘tmay ingichka, rangi siniqqan, ozib-to‘zgan bir bola tug‘di. Aka-singil u chaqaloqdan begonasirashadi, yozg‘irishadi. Shu sabab, hovlining ishlarini saranjomlagach, ko‘pincha buvilarinikiga yotgani ketib qolishadi. Buvining uyi oddiy, kichkina, ammo osoyishtalikka to‘la. Havosi sarin, yoqimli. Kichkina tokchada behi choy damlangan turadi. Sandal ustida qurutlar, turshaklar, vassalarga behi, olma, anor, uzum boshlari osilgan. Vassalarning soni to‘qson to‘qqizta. Yana, jiyda isiyam kepturadi. Bugun shamol qo‘zg‘almasidan avval bolalar uy ishlarini bajarib ulgurishdi. Ota dalada, bola mol- holga qarab, o‘tinlarni g‘amladi, qizaloq esa katta qozonda suv isitib, tandirdagi kuldan qo‘shib kir yuvdi, dorga qatorlashtirib osdi, xonalarni supirib-sidirib, eski sholchalarni tashqariga opchiqib qoqdi. O‘gay uka nimagadir tinmay chirillab yig‘lagani-yig‘lagan. O‘gay ona esa chaqalog‘ining boshidan kelolmaydi, dumba yog‘ini dokaga o‘rab shimdiradi, bola chiqarib tashlab yana chirillaydi. Shamol ana o‘sha mahalda qo‘zg‘ala boshladi. Uning zo‘rayishi o‘ziga xos: avvaliga ekinzorlaru daraxtlarni silkitib- silkitib goh-goh shiddat urib turdi, paydar-pay esib, tandirning kullarini to‘zg‘itdi, kir o‘ralarning zangor suvlarini chayqatdi. Aka-singil ertalabdanoq buvinikiga ketamiz deb ahd qilib qo‘yishgan, chunki chaqaloqni qarg‘ab javranayotgan kuyinchak bu ayol jonlariga tekkan. Yumushlar bitgunicha vaqt ham kech bo‘ldi, tog‘u tosh tepasida qoramtir bulutlar to‘planib, ko‘kni enlab kela boshladi. Birpasda to‘zonlar uchdi, ko‘chaning tuprog‘ini to‘zg‘itib derazalarga olib kelib urdi. Mana shu mahalda ikkovlon qo‘l ushlashib uydan chiqishdi-da, buvinikiga yo‘l olishdi. * * * ...Havo bulut bo‘lgani uchun shom ertaroq qo‘ndi. So‘qmoq yo‘lning bir tomonida yovvoyi daraxtzor, bir tomonda to‘qay boshlandi. Shamol yanada kuchliroq esaverdi. U osmondagi bulutlarni ham shitob bilan surib borardi. Bulutlar to‘da-to‘da bo‘lib uyilar, goh oralari ochilib, bo‘zrang oyning bir cheti ham ko‘rinardi. Balki bir ozdan keyin yomg‘iru jala quyib yuborar? Goh bulut oralaridan oy mo‘ralaganida tevarak yorishar, shunda shamolning qilmishlari yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanar, atrof egilib-bukilayogan dov-daraxt, shox-shabba tovushlariga

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: