
Shamolli kecha davomi...
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Shamolli kecha davomi...
- Дата релиза: 21-02-16, 00:59
Shamolli kecha davomi...
Shamolli kecha davomi...
to‘lib ketgan edi.
– Aka, qo‘rqib ketyapman!
– Qo‘rqma, nimadan qo‘rqasan?
– Aka, sen qo‘rqmaysan-a?
– Yo‘q, men hech narsadan
qo‘rqmayman!
Shu mahal qizgina oyog‘i
allaqanday ildizga ilashib yiqilib
tushdi. «Voy o‘lay», deb hadik va
qo‘rquv aralash o‘sha zahoti
akasiga qaradi. Aka ortiga
qaramay ketib bormoqda. Ozg‘in
yelkasinigina ko‘radi qizaloq,
ensasidagi sochi shamolda
yulqinadi. Qizgina apil-tapil
o‘rnidan turib, ko‘ylagini ikki qo‘li
bilan tutgancha yana akasining
ortidan chopdi. Akasi hammadan
kuchli, qo‘rqmas yigit. Ana,
qo‘lida tayog‘i, shamolda
yulqina-yulqina adl ketib
borayotir.
Bu qizginani Nozik deydilar. Ikki
yuzi bo‘g‘riqqan, qo‘lchalariyu
barmoqchalari qadoqli, kaftlari
qavargan, lekin qiyiqqa moyil
qora ko‘zchalari kulib-kulib
turadigan yoqimtoy qizaloq u.
Nozik ismini buvisi qo‘ygan.
Onasi esa uni Nazokat deb
chaqirardi. Xolalari uni Latofat
deydilar. Dugonalari Nozi desalar,
ammalari Go‘zal deydilar...
Qizginaning yoqimtoyligi
rahmatli onasiga tortgan.
Yana, o‘ziga o‘xshagan
jamalaksoch qizaloqlar bilan
to‘ptosh o‘ynardi, goho lattadan
qo‘g‘irchoq yasab, bolasini
ovutardi. «Voy jonim bolajonim,
ochqab ketdingmi?» deb o‘zicha
mehribonchilik ko‘rsatganida,
akasi uni masxara qilib kular edi.
Qizginalar kichkina cho‘plarni bir-
biriga boylab, bir bo‘lak matoni
kiyim qilib kiydirib «mehmon-
mehmon» ham o‘ynashardi.
Sumalak mahali tortina-tortina,
katta xotinlarning «bo‘l ha bo‘l,
uyalmaygina qol» deyishlari
ostida ulkan kapgirni qozonga
botirib, necha tosh chiqishiniyam
ko‘rardi, besh-oltita tosh chiqib
qolsa uyalganidan qochib ham
ketar edi.
Lekin hozir u sarosimada, goh
mitti qo‘lchalarini yozib, goh
shamol yulqilayotgan ko‘ylagini
tutib, akasining ortidan chopib-
chopqillab bormoqda.
Aka do‘q urgani bilan, o‘zi
qo‘rquvdan dir-dir titrayotganini
singilga sezdirmadi. Poyonsiz
dashtda, shamolli kechada mana
shunday borishyaptiyu kishilar
orasida og‘izdan og‘izga o‘tib
yuradigan hamma vahimali
narsalar hozir shamol qa’ridan
chiqib keladiganday tuyulmoqda
edi. Pastak notanish butalar
ostida yovuz jinlar bo‘lishi
mumkin, ular shunaqa shamolli
kechalarda yolg‘iz qolib ketgan
kishilarni poylab izg‘ishadi.
Shovullayotgan qoramtir
daraxtlarning ustidan qilich
ko‘targan qora kishi tushib
kelishiyam mumkin. Ho‘v anavi
xaroba - kimsasiz eski machit
ichida dev kutib turgan bo‘lsa-
chi? Ha, allaqanday kishilar yo‘l
ustida hoziru nozir, bu suronda
birov qichqirsayam eshitilmaydi,
hammayoqni tabiatning nolalari
tutib ketgan mahalda o‘shanaqa
kishilar yo‘llarda, daraxtlar
ostidayu ustida mana shunaqa
bemahalda yo‘lga chiqqan
kishilarni adashtirib ketishadi.
Adashganlarning ba’zilari
qishloqqa sira qaytishmaydi,
ularni keyinchalik ham birov
ko‘rmaydi, goho kimdir
qandaydir tasodif sabab qaytib
kelsa ham esdan og‘ib, og‘iz-
burni qiyshayib qolgan bo‘ladi.
Shunday mahallarda vahimalar
girdobida adashib ketganlarning
nimalarni ko‘rishganiniyu
nimadan buncha qattiq
qo‘rqishganiniyam birov
bilmaydi. O‘zlari esa, aytib
berisholmaydi.
* * *
...Oy bulutlar ostiga yana kirib
ketdi. To‘lqin-to‘lqin bulutlar ko‘k
yuzini tamomila qoplab oldi.
– Aka!
– Yursangchi tez-tez,
«aka»lamasdan!
– Aka!..
– E, nima deysan?
– Akajon!..
Shamol battar shiddat urardi.
Shunda daraxtlarning
ko‘lankalariga jon kirganday
bo‘ldi. Bir buta o‘rnidan ilkis
qo‘zg‘alib yo‘l ustiga tashlandi.
Yum-yumaloq kattakon bir narsa
shundoq yonginasidan yumalab
o‘tib qamishlar orasiga kirib
ketdi. Akaning esiga buvisining
ertaklaridagi dahshatlar keldi,
go‘yo bu allaqaysi jodugarning
kesilgan boshi-yu «Hap sanimi!»
deya kimnidir yaniy-yaniy
yumalab borib chuqurga tushib
ketganday! Daraxtlar shoxlarini
cho‘zib, yolg‘izoyoq yo‘lga
yaqinlashib kela boshlashdi.
Akaning yuzlari muzlab ketdi,
Aksiga olib uzoqlarda chiroq ham
ko‘rinmaydi. Chunki qishloqdagi
chiroqlar shamolda o‘chib qoladi.
O‘t chiqib ketmasin deb sham
ham yoqmaydilar. Qo‘y-
ko‘zilarning ba’rashlariniyu
kuchuklarning vovullashlarini
shamol uchirib ketadi.
– Aka, akajon!..
Yigitcha yo‘qdan bino bo‘lgan
qo‘rquvini yengishga urinardiyu
shu shamol ostida chayqala-
chayqala, tizzalari dir-dir qaltirab
qadam tashlar edi. Jonholatda
yugurib qochgisi kelardi. Lekin,
qayoqqa? Buvining
qishlog‘igacha ancha bor,
tevarak yulqinayotgan,
shitirlayotgan, ingranayotgan
daraxtlaru butalarga to‘la.
To‘qayzorda vahshiy hayvonlar
ham bo‘lishi mumkin. U tayog‘ini
yanada mahkam qisimlab oldi.
Ozgina yurishsa, buvining
qishlog‘iga yetib olishadi. Dashtu
dalalar uzra g‘uvillayotgan bu
shamol hozir, shu pallada
qo‘rqinchli xolos. Ertaga tong
otsa, sira qo‘rqinchli bo‘lmay
qoladi. Hozir o‘tayotgan
yerlaridan ertaga kunduzi o‘tsa,
hamma narsa tinchlanib-
sokinlashgan bo‘ladi. Lekin, hozir
nega bu qadar qo‘rquv
uyg‘otayotir? Qorong‘i bo‘lgani
uchunmi? Ha, qorong‘ida
narsalarning ko‘rinishlari
o‘zgarib ketadi, vahima
kuchayadi. Aslida yo‘lga
chiqishmasa bo‘lar ekan.
Nimagayam chiqishdi? O‘gay
onaning yonida, chaqaloqning
big‘illashiyu otaning to‘ng‘illashi
ostida bo‘lsayam tinchgina
uxlagani yaxshimasmidi?
Yaxshisi ayvonda, ko‘rpaga
burkanib olib shamol ovoziga
quloq solib uxlayverardi.
Shamolda teraklarning qarsillab
sinishini eshitib yotish mazza...
Bu dashtdan ham qarsillayotgan
ovozlar kelmoqda, balki
qanaqadir daraxtlarning shoxlari
sinayotgandir? Butalar
mustahkam, bari yer
Смс Шерлар