
Shamolli kecha davomi.....3
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Shamolli kecha davomi.....3
- Дата релиза: 21-02-16, 00:59
Shamolli kecha davomi.....3
Shamolli kecha davomi.....
bag‘irlab qolgan, qayishqoq,
dashtning butalari shamolga
moslashib ketishgan.
Hech bo‘lmasa oy bulutlar ostiga
kirib ketmay tursaydi. Lekin oy
chiqsa, vahima yana kuchayadi.
Oy yog‘dusida dashtda
nimalardir
harakatlanayotganday tuyuladi.
Yurak yana shuvillab ketadi.
Tezroq, tezroq yurib buvinikiga
yetib olish kerak.
Adashtiruvchilar balki rostdan
ham bordir? Nega bo‘lmasa kap-
katta odamlar ham ularni gapirib
yurishadi?
Yigitcha shu tarz qadamini
ildamlatib, deyarli yugurib
bormoqda edi. Qamishlar orasida
bir nimalar qattiq shitirlar edi.
Balki u yerda ham qanaqadir
vahshiy hayvonlar qulay payt
poylab yugurib
borishayotgandir? Tezroq
buvinikiga yetib olishsaydi...
* * *
...Nihoyat, qishloqning
daraxtzorlari qorayib ko‘rindi.
Shamol yanada avjiga chiqqan,
daraxtlarning qurigan shoxlari
bu yerda ham qarsillab sinardi.
Chapdagi zovurning do‘nglari
ustida bo‘g‘iq hushtak chala
boshladi. Qishloqda ovozlar
o‘zgacha, dashtdagi kabi
yovvoyi, hurkituvchi emas. Bu
yerda ham nimalardir
taraqlayapti, kimningdir eshigi
shamolda ochilib-yopilib
g‘iyqillayapti, kuchuk vovullashi
eshitilyapti.
Tuprog‘i to‘zg‘ib yotgan
ko‘chadan deyarli chopib borar
edi yigitcha. Hech qayerda
chiroq yo‘q, ho‘v naridagi ba’zi
uylarning kichkina derazalarida
sham alangasi lipillamoqda. U
uydagi kishilar balki hozir
bamaylixotir gurunglashib
o‘tirishgandir? Yigitchaning
yuragi qiniga sig‘may ura ketdi,
ich-ichidan g‘alati, yovvoyi
sevinch ko‘tarilib keldi. U qah-
qah otib kulib yubordi, nafasi
tiqilib-tiqilib kulardi u... Nihoyat,
buvining eski uyiga ham yetib
keldi. Ichkari tomonidan zulfini
ilingan eshik ham shamolda
taqirlamoqda edi, yelkasi bilan
qattiq urgan edi, ochilib ketdi.
– Buvi-i! Buvi-i! – deb ovoz berdi
u.
– Voy xayriyat-ey! Voy xudoga
shukur-ey! – saldan keyin
shamolning uvillashlari aro odam
tovushi kelishini ishonib-
ishonqiramay kutib o‘tirgan buvi
kalishini apil-tapil kiyasola, chiqib
keldi. – Eson-omon yetib
kelvoldilaringmi, bolajonlarim,
qo‘rqib ketmadilaringmi?
– Yo‘g‘-e, nima deyapsiz,
shamoldanam qo‘rqamanmi? –
dedi yigitcha kekkayib.
Yuragidagi yovvoyi quvonch va
xotirjamlik endi unda o‘smirona
g‘urur uyg‘otdi. Qo‘rquvi
chekingan, boyagi vahimalari
kulgiliyu bema’ni tuyula boshladi.
– Voy, buving cho‘ri, botirimdan
o‘rgilay! – dedi buvi.
So‘ng, chiqayotgan joyida
to‘satdan to‘xtab, sarosimalanib
so‘radi:
– Hoy o‘lgur, singling qani?
Yigitchaning yuzidagi baxtiyorlik
ifodasi birdaniga g‘oyib bo‘ldi,
go‘yo u ifodani ham shamol
uchirib ketganday bo‘ldi. U
hangu mang bo‘lib ortiga
alangladi.
Singil yo‘q edi!
– Yigit bo‘lmay o‘l, Nozik qani?
Nariroqda, egilib-bukilayotgan
daraxtlar ostida ham, hozir oy
xira yoritib turgan tuproq yo‘lda
ham qizaloq ko‘rinmas edi.
Boyagina «aka-aka»lab
chopqillab ortidan kelayotgan
edi-ku? Kichkina guldor ro‘moli
ostidan ikki o‘rim yovvoyi sochi
tikkayib chiqib turgan edi-ku?
Pochalaridan ingichka
oyoqchalari ko‘rina-ko‘rina, goh
tevarakka «voy o‘lmasam» deya
alanglab-alanglab, goh akasining
kuchu qudratidan bolalarcha
mag‘rurlanib-faxrlanib,
ko‘ylakchasini shamol yulqilay-
yulqilay chopib-chopib
kelayotgandi-ku? Qani qizaloq?
Qay yerda qolib ketdi u?
Ko‘chalar, bog‘lar, yulqinib-
silkinayotgan bu makonlar bo‘m-
bo‘sh, faqatgina shamol – odam
yashamaydigan uzoq tog‘larning
yolg‘iz qoyalari orasidan chiqib
kelgan mana shu vahshiy
shamolgina butun olam uzra
yoyilib-sochilib shiddat urmoqda
edi, xolos.
* * *
Dang‘araning shamoli –
bahaybat tog‘ oralaridan ko‘zga
ko‘rinmas benihoya ulkan
maxluq singari chiqib kelgan shu
shamol o‘kirib-pishqirib rosa
esdi!
Shu turishda u hozir Qirqlar,
Minglar, Aravon, Jilva, Chomoch,
Soylar, Nayman, Begovot kabi
yuzlab qishloqlar ustida to‘zon
va qum sochib vahshat solib,
chunon o‘kirib-o‘kirib o‘tdi-ki!
Daraxt oralarini aylanib-aylanib
esishida nola ohanglari ham
borga o‘xshardi. Kuch va
qudratini insonlarning omonat
makonlari uzra namoyon qila-
qila, goh bo‘zlay-bo‘zlay, goh
nolon-nolon, goho esa isyon ila
qichqira-qichqira, shiddati
pasayganida esa ingrana-
ingrana esaverdi.
Uning esishida boshqa ma’nolar
ham borga o‘xshardi.
«Yetim bola» deb ovoz chiqardi
u tomorqalar ustida.
Ayqash-uyqash bo‘lib sinib
ketgan juxorizorlar uzra esa
«Hoy bola» deb dag‘dag‘a qildi!
Va qahqaha urib, sho‘rlik akaning
sochlarini uzib olguday bo‘lib
yulqilayverdi:
«Yetim bola, toy bola,
Singling qayda, boy bola?..»
* * *
Bu - hayotda juda ko‘p
voqealarni ko‘raverib diydasi
qotib ketgan kampir edi. Lekin
hozir sarosimaga tushib, vahima
va qo‘rquv ila yigitchaning
sochlaridan tortib, mushtlari
bilan boshiga ura-ura yig‘lay-
yig‘lay nido qilardi:
– Erkak bo‘lmay o‘l, top
singlingni, qirilib ketgur! Bor,
qayt izingga, topolmasang o‘sha
yoqlarda o‘lib ket!
Ha, butun bu bepoyon
kengliklarni birday enlab,
quturib-vahshat solib esardi
shamol.
Yigitcha bir tomondan or-nomus
titrog‘i, bir tomondan yana o‘sha
vahimalarga ro‘para kelishning
qaltirog‘i ila ortiga o‘girildi.
Sal narida qishloq uylari tugab,
yana kimsasiz dasht, g‘alati oqish
butalar, goh yakkam-dukkam,
goh qalin, ayqashib ketgan
qamishlar, yulg‘unlar, to‘rong‘illar
to‘la yaydoq dasht boshlanib
ketgan, battar quturib esar edi
Dang‘araning tentak shamoli.
Bu yigitcha, onasining yolg‘iz
yodgori, o‘sha qo‘rqinchlar bilan
yana yuzma-yuz kelishi kerak
edi.
Yuzma-yuz kelishi nimasi,
orasida
Смс Шерлар