
TASALLI
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: TASALLI
- Дата релиза: 21-02-16, 20:18
TASALLI
Qabriston jimjit. Faqat
yo'Iakning ikki chetida
saf tortgan
mirzateraklar qabr
ustiga bosh eggan
farzandlardek onaga
orom tilab alla aytadi.
Ularning mungli
shivirlashi tilovat
sadolariga qo'shilib,
yurakni ezuvchi ohangga
aylanadi... Oq surp
yaktak kiygan, mosh-
guruch soqoli o'ziga
yarashgan go'rkov
yuziga fotiha tortib
o'rnidan turadi:
— Bo'ldi endi, bolam!
Bunaqada o'zingizni
oldirib qo'yasiz.
Dunyoning ishlari shu
ekan, iloj qancha? — U
bir zum indamay qoladi-
da, qo'shib qo'yadi: —
Volidai mehriboningiz
xo'p yarlaqagan odam
ekanlar. To'shakda
yotmabdilar, birovga
zoriqmabdilar... Bunaqa
beozor o'lim har kimga
ham nasib etavermaydi.
Nami qurib ulgurmagan
tuproq uyumiga
tikilgancha o'ylayman.
Ehtimol shundaydir.
Onam bu dunyoda
kamsuqumgina
yashardi. Hech kimga
ozor bermasdi. Hech kim
bilan hech nimani
talashmasdi. Ehtimol,
tabiatning eng
shafqatsiz elchisi bilan
ham olishib o'tirishni
xohlamagandir. Ehtimol...
— Ko'rdingizmi, — deydi
qariya oychan ohangda,
— o'sha kuni kechasi
bilan jala quyib chiqdi. To
qabrga qo'ygunimizcha
tinmadi. Qo'yishimiz
bilan charaqlab oftob
chiqdi. Bunaqa ruhi pok
odamlar kam bo'ladi,
bolam, men bilaman-ku.
Ehtimol shunday hamdir.
Balki, odamlarning
dardiga sherik bo'laverib
ko'nikib ketgan bu
nuroniy qariya kerakli
paytda har kimga ana
shunday tasalli so'zini
aytar. Rahmat senga,
otaxon. Ertami-kechmi
har kimning ishi
tushadigan mana shu
qo'llaring uchun rahmat.
O'rtanib turgan yurakka
suv sepa biladigan mana
shu hamdard qalbing
uchun rahmat. Faqat...
Hamma gap yomg'irda
bo'lsa, yana aqalli uch
kungina onamning umri
cho'zilsa-yu, keyin
yomg'ir emas, muttasil
tosh yog'sa ham rozi
edim...
Bir hafta bo'ldiki,
do'stlarim, tanish-
notanishlar eshikdan
ma'yus kirib kelishadi.
Do'stlarim jimgina o'tirib,
jimgina chiqib ketishadi.
Boshqalar ohista
so'raydilar:
— Necha yoshda edilar?
Men aytaman...
Aytamanu o'ylayman:
onaning yosh-qarisi
bo'ladimi? Mehrning
yosh-qarisi bo'ladimi?
Shafqatning-chi?
Sadoqatning-chi?
Ilgarilari bir haqiqatni
bilardim. Ona uchun
bolaning katta-kichigi
bo'lmaydi. Endi yana bir
haqiqatni angladim. Bola
uchun ham onaning
katta-kichigi bo'lmas
ekan.
Ona — ona ekan. Unga
boshqa sifat kerakmas.
TUSH
Tush ko'rsam, onam
chiroq ko'tarib
yurganmish. Yuzini aniq
ko'rmasmishmanu,
ammo qo'lidagi chiroq
xira nur sochib
turganmish. «Ko'zingga
qara, bolam, chuqur
bor», dermish nuqul.
Qarasam, chuqur yo'q.
Uyg'onsam, onam ham
yo'q...
Ba'zan ish bilan, ba'zan
majlislar bilan, gohida
ulfatchilik bilan uyga
kech qaytardim. Bir kuni
Namangandan
mehmonlar kelib
qolishdi. Uyga borishga
ko'nmay, o'zimni
restoranga sudrashdi.
Yarim kechagacha qolib
ketdim. Uyga
qaytganimda kayfim
bor edi. Darvozani onam
ochdi. Sovuqda
mushtdekkina bo'lib
dildirab turibdi.
— Shu vaqtgacha
uxlamadingizmi! —
dedim zarda qilib. —
Eshik ochishga sizdan
boshqa odam yo'qmi?
Onam ma'yus jilmaydi:
— Uyqu qatta, bolam?
O'o'tiribman.
Ertasiga redaksiyada
navbatchilik cho'zilib
ketdi. Qarasam, yana
onamning chirog'i yoniq.
— Nega uxlamadingiz?
Onam yana ma'yus
jilmaydi:
— Bilasan-ku, jon
bolam, kamuyqu bo'lib
qolganman.
Men nodon, onamning
kamuyqu bo'lib
qolganiga, yarim
kechagacha yuramanmi,
tongotar qaytamanmi,
onamning chirog'i
muttasil lipillab turishiga
xo'p ko'nikkan ekanman.
Qaysi kuni ishdan keyin
Moskvalik mehmonlarni
aeroportga kuzatib
qo'yadigan bo'ldim.
Samolyot kechikib uchdi.
Yarim kechada uyga
qaytsam... hammayoq
jimjit. Hamma o'z oromi
bilan...
Tushimda onam chiroq
ko'tarib yurganmish.
O`tkir Hoshimovning
"Dunyoning
ishlari”asaridan parcha
Смс Шерлар