
TOBUTDAGI ILTIJO...
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: TOBUTDAGI ILTIJO...
- Дата релиза: 21-02-16, 21:34
TOBUTDAGI ILTIJO...
- Shokir aka axir biz
ham
qachongacha shu
axvolda
yashimiz. Har kuni shu
ahvol,
urush, janjal.
Qo'shnilardan
ozgina bo'lsa ham
nomus qiling.
Shu aroq o'lgurni bir kun,
bir
kungina ichmasangiz
nima qiladi.
Qizlarimizning bo'yi yetib
qoldi.
Kelgan sovchilar
mahalladagi
gaplarni eshitib
ostonamizga
qadam qo'ymay qaytib
ketishyapti. Dadasi,
jooon dadasi,
ichishni bas qiling.
O'tinaman
sizdan
-O'chir ovozingni hali
qizlaring
meni deb baxtsiz
bo'lyaptimi,
bitta o'g'ilni eplab
tug'olmagan
xotinni menga aql
o'rgatishini
-Xudo bermasa men
qayerdan
olay...
-Gap qaytarma menga,
o'chir
ovozingni...
Shu kun Munisa tong
otguncha
mamataloq bo'lgan yuz
ko'zlari
og'rig'idan emas,
xo'rlangani,
toptalgan qadri uchun
yum-yum
yig'ladi. Shokir qattiq
mast bazo'r
nafas olardi. Shu
turishda o'zini
divanga tashladiyu,
chuqur
uyquga ketdi. Bu uyqu
uzoqqa
cho'zildi....
-Menga nima bo'ldi. Nega
atrofimda odam ko'p.
Munis nega
yig'layabsan. Saodat,
Salima
qizlarim nima bo'ldi.
Nega
yig'layabsizlar. Biror kim
eshityaptimi meni...
Nega menga hech kim
ahamiyat
bermaydi? Nimaga hech
kim
eshitmayapti? Yo'q yo'q.
Nahot?
Nahotki men......
Ex Munis, nega bunchalik
faryod bilan yig'laysan.
Axir senga
bir umrlik azob
beradigan
kimsadan qutuldingku.
Sochlaring nega bunday?
Kuni
kecha qalin qora bo'lgan
sochlaring, bugun
kumushdek
yaltiraydi. Axmoq
ekanman. Axir
bu sochlarni yulish,
tortish emas
silab, siypalash kerak
ediku.
Bugun charos
ko'zlaringdan
daryo-daryo yosh
oqmay,
baxtdan porlashi kerak
ediku.
Qani endi ortga qayta
olsamu
kulgu nima ekanin
unutgan
chexrangni quvonchdan
porlatar
edim. Qani ortga
qaytsamu,
egninga qora mato
emas, dunyo
ranglariday rang barang
matolarni o'rardim.
Qaniydi,
qaniydi qayta olsam...
Qizlarim, qizlarim qani
Salima,
Saodat, Ruxsora,
Mubina... Ox
meni farishtalarim...
Tog'imdan, yongan
chirog'imdan
ayrildim deb
yig'laysizmi? Axir,
axir men sizdek
farishtayu,
malaklarimdan bir og'iz
shirin
so'zimni ayaganmanku...
Axir
men noshukur
shularning
birortasi o'g'il bo'lib
tug'ilmaydimi deb Alloh
bergan
ne'matga shak
keltirganmanku...
Qani ortga qayta olsam
baxt
quyoshi hali porlamagan
bu
farishtalarimga dunyo
gullariniyu,
shirin so'zlarini hadya
etsam.
Qani ortga qayta
olsamu
onasidek charos
ko'zlarini meni
ko'rganda qo'rquv
egallamasa...
Qani, qani endi ortga
qayta
olsam...
Ular bilan endi
jannatlarda
uchrashaman desam
xato bo'lar.
Allohim do'zax o'tida
yonish
uchun sen in'om etgan
shu 5
farishtani xor qilganimni
o'zi
yetarlidir. Umrim bo'yi
yer ustida
turgan joynamoz men
uchun
balandlik qildi, unga
chiqolmadim. Odamlar
qur'on
ushlaganda men aroq
ushlab uni
yuzlarimga surtdim.
Odamlar
juma namozida jam
bo'lib
o'tirganda men o'zimga
o'xshagan osiy bandalar
bilan
gunoh qilib o'tirdim.
Odamlar sen
uchun muqaddas
ramazon oyida
ro'za tutganlarida, men
ertalabdan kechgacha
kavshanib
yurdim. Odamlar Haj
safarin orzu
qilsa, men Eyfelni orzu
qildim.
Endichi, endi nima bo'ladi.
Savol
javob kun kelganda
holim ne
kechar..... Qani yana bir
imkonim
bo'lganda...
-Dadasi ko'zingizni
ochdingizmi?
Aroq o'lgur qurib ketsin
mana
oshqozoningizni yara
qilibdi. Ikki
kun bexush yotdiz.
-Aytganing kelsin
onajonisi,
aytganing kelsin. Qurib
ketsin shu
aroq. Qizlarim,
malikalarim qani...
Meni kechir onajonisi......
Alloh tavbalarni qabul
qilguvchi
va kechirguvchidir..
Смс Шерлар