U KIM EDI?

U KIM EDI?

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: U KIM EDI?
  • Дата релиза: 21-02-16, 20:38
U KIM EDI?
Angliyalik adiba Marta Enniston doim mistik kitoblar yozar edi. Shuning ortidan mashhurlikka erishgan, tirikchiligi öqituvchilikdan edi. Kunlarning birida missis Marta ishdan qaytishda yemakxonada ovqatlanish uchun kirdi. U yerda bir chetdagi stolga ötirib chizburger yeb kofe ichayotganda nogahon bir kimsaga közi tushdi. Notanish kimsa shlyapasini bostirib olgan, nuqul Marta xonimga qarardi. U shunchalik yoqimtoy istarali ediki hamma unga ög'rincha qaray boshladi. Marta xonim ham undan köz uzmadi. Tanovul qilgan yozuvchi ayol shundoqqina yemakxonaning röparasidagi uyiga yöl oldi. Notanish kimsa ham unga ergashdi. Marta xonim eshikdan kirarkan, notanish odamga savol nazari bilan qaradi. - Missis Marta, sizda ikki og'iz gapim bor. Uyingizda gaplashsak böladimi? -dedi istarali kishi. Marta xonim garchi hushyor ayol bölsada qarshilik körsatish uchun sabab topmadi. Ikkalasi uyga kirgach notanish kimsa söz boshladi: - Marta xonim, siz mistik asarlar yozib ruhlarni bezovta qilayapsiz. Jumladan yovuz ruhlarni ham. Sizni ogohlantirish uchun keldim. -dedi. - Nimadan ogohlantirmoqchisiz? Kimsiz? -dedi Marta xonim. - Men - siz biladigan mavhum olamdan keldim. Bizning olamni tinch qöying. Sizda ikkita yöl bor: birinchisi, siz boshqa yönalishda kitob yozasiz. Ikkinchisi, ölim. - Özga olamdan ekaningizni qanday isbotlaysiz? -dedi Marta xonim. Notanish kimsa javob bermadi. Chöntagidan shishacha olib deraza tokchasidagi sölib qolgan gulga suv quydi. Keyin eshik tomon yurdi. Ayol esa "men ölsam qizimni ahvoli ne kechadi? Axir yolg'iz ayol bölsam..." deya xayolidan ötkazdi. Eshikka yetgan notanish ögirilib nimtabassum bilan: - Siz ölsangiz qizingizni qöshni ayol boqib oladi. -deb chiqib ketdi. Marta xonim eshikni yopib kresloga ötirib boyagi gullarga qaradi. Ne ajabki gullar yashnab turardi! Ayol hammasini tushunib yozuvchilikni töxtatishga qaror qildi. Lekin unga bir savol tinchlik bermay qöydi. U kim edi?

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: