
U qorong'ulikdan qörqadi.."
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: U qorong'ulikdan qörqadi.."
- Дата релиза: 21-02-16, 21:16
U qorong'ulikdan qörqadi.."
Reanimatsiya bölimiga bir yigitni
olib kelishdi. Közida yosh,
qandaydir ma'yus ovozda
baqirardi: "Men ölishim kerak! Bu
dunyoda yashashga haqqim
yöq!
Nargizamning yoniga borishim
kerak, u qorong'ulikdan
qörqadi.." Uning holati meni
batamom karaxt qilib qöydi. U
bizni deyarli sezmasdi ham.
Menga bu bemor özini öldirishga
uringanligini va alohida
nazoratda bölishi lozimligini
aytishdi. Sezdimki sevgan
qizining vafotini kötara olmagan.
Men shu tunda uning yonida
qoldim. Yashash ishtiyoqini
yöqotgan bechora bemorim
tomirlariga yuborilgan dorilar
ta'sirida chuqur uyquda edi.
Közim ilinibdi. Tongotar chog'
uning alahsirashidan uyg'onib
ketdim: "Azizam, qörqma, men
albatta boraman, faqat qörqma!"
Uning közlaridan yosh sizardi.
Yoniga borib, qölidan siqdim,
buning oddiy bir tush ekanligini,
hali hammasi yaxshi bölishini
tushuntirdim. Qörqqanidanmi
qorachiqlari kengayib ketgan,
kipriklari nam bu navqiron yigit
menga bir muddat jim termulib
qoldi. Keyin siniq ovozda söz
boshladi: "U b-n ilk marta
uchrashganimda 18 yoshda
edim. Uningdek parini menga
röbaro qilgani uchun Yaratganga
shukr qilaman. Men u kabi
farishtani ilgari hech
körmagandim. Jonimdan ziyod
sevardim. Nargizam, gulim..
Doktor, u qorong'ulikdan
judayam qo'rqardi... Biz baxtli
edik, ösha kun töyimiz ham aniq
bölgandi, shom tushgach uni
uyiga kuzatib qöydim. Shomda..
Negaligini bilasizmi? Chunki
shom
kun b-n tunni ajratadi... Doktor
men qayerdan ham bilardim bu
shom meni Nargizamdan
ajratishini..." Yigit biroz jim qoldi,
uning yuzlaridan oqayotgan
yoshlarni körib uni yupatishga
ojiz edim. Biroz ötgach u davom
etdi: "Tongda uyg'onganimda
uning uy telefonidan qöng'iroq
keldi. Odatda har tong u menga
qöng'iroq qilardi, kunni ajoyib
qarshi olish kerakligini uqtirardi.
Lekin bu safar göshakdan uning
onasining yig'i aralash iztirobli
ovozi eshitildi: Ög'lim, endi
Nargiza oramizda yöq... Mana
shu
5 söz hayotimni ostin-ustun qilib
yubordi. U menga nimadir
demoqchi bo'lgan, ortimdan
chopgan-u, avtohalokatga
uchragan... Ösha mashinaga öt
qöyaman doktor, axir u
qörqardi... Eshityapsizmi, u
qorong'ulikdan qörqardi...
Nargizam, gulim... U menga doim
aytardi, biz dunyoda eng baxtli
bölamiz deb. Doktor ayting, usiz
qanday yashayman endi? Ayting
doktor, sen ham ölishing kerak
deb ayting! Ayting..." Bemor
ortiq
gapirolmadi. Xuddi uniki kabi
shu asnoda mening ham
közlarimda
yosh tinmasdi. Uni yupatdim. Hali
hammasi yaxshi böladi dedim,
endi uning u-n ham yashashing
kerak dedim. U nihoyat uxlab
qoldi. Ertasiga tongda smena
almashdik, kechgacha hayolim
unda böldi. Allohdan unga iroda
tiladim. Shom tushgach yana
shifoxonaga keldim-u darrov
uning palatasiga shoshdim. Lekin
uning kravati bösh edi.
Xamshiralar bilmaydi. Kimdir uni
5-qavatda köribdi. Ey, Xudo...
Tepaga shoshildim. Taxmin
qilganimdek u bino tomida
pastga qarab turardi. Uni
chaqirib hayajon b-n bunday
qilmasligini söradim. U
nariroqdan közida yosh,
lablarida
achchiq tabassum b-n menga
qaradi: -Kechiring doktor, u
qorong'ulikdan qörqadi.
Смс Шерлар