
UCHRASHUV
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: UCHRASHUV
- Дата релиза: 21-02-16, 19:37
UCHRASHUV
Uchrashuv... Biz 5 qavatli yangi
uylarda yashaymiz. O`sha
kezlarda men atigi 12 yoshda
edim. Uyimiz yangi. Qurilganiga
nari borsa 5 yillarcha bo`lgan.
Uyimizda ko`chaga olib
chiquvchi eshik 2 ta edi. Biri uy
oldida boshqasi uy orqasida
joylashgan edi. Ammo
qo`shnilarning "Sharofati" bilan
orqa eshikka olib chiquvchi yo`l
har xil kerak, keraksiz matahlar
bilan to`sib qo`yilgan edi. Bir
kuni uydagi barcha axlatlarni
yelimxaltaga joylab tashlash
uchun ko`chaga chiqayotgan
edim. Birinchi qavatga
tushganimda o`sha to`sib
qoyilgan zinada kimnidir
ko`rgandek bo`ldim. Chamamda
6 yoshlardagi bola. Menga yarim
o`girilgan holatda turar edi.
To`g`risi hayron qoldim. Bir
necha daqiqa qimirlamagan
holatda turdimda yo`limda
davom etdim. Ko`chaga chiqgach
nima uchundir ko`nglim xira
tortdi. Axlatni tashlab qaytib
kelayotganimda o`sha joyda
yana o`sha bolani ko`rdim. Bu
safar u menga qarab turar edi.
Uning bir oyog`i tekis ikkinchisi
esa yon tomonga qarab sal
egilgandek edi. Xuddi oyog`i
singanga o`xshar edi.
Podyezdning g`ira-shira
qorong`uligida uning yuzini aniq
ko`ra olmadim. Ammo uning
bo`ynidagi eniga tekis qizil
chiziqni ko`rdim. Menimcha qizil
marjondan tayyorlangan biror
nima bo`lsa kerak. Uning yuzini
ko`rmagan bo`lsam ham menga
tikilib turganini aniq sezib turar
edim. Shunda hayotimga
tatigulik voqea yuz berdi. U
menga qarab yura boshladi.
Singan oyog`ini ko`tarib zinaga
qo`ydi. Sog` oyog`ini yerdan
ko`targanda esa g`iiiiiiiiiq etgan
ovoz chiqdi. U yana singan
oyog`ini keyingi zinaga qo`yib
sog` oyog`ini yerdan
ko`targanida yana g`iiiiiq etgan
ovoz chiqar edi. Eng dahshatlisi u
sog` oyog`ini yerdan
ko`targanida singan oyog`i
sezilarli darajada yon tomonga
bo`rtib chiqar edi. Qo`rqib
ketganimdan ko`chaga qarab
otildim. Aksiga olib eshik ham
ochilmas edi. U esa zinadan
ko`tarilishda davom etar edi.
Axiyri kuch bilan eshikka o`zimni
otdim. Eshik sharaqlab ochilib
ketdi. Ko`chaga ura qochdim.
Toki biror qo`shnimiz ishdan
qaytmagunga qadar uyga
kirmadim. Bir qo`shnimiz ishdan
qaytayotib meni uyimgacha
kirgizib qo`ydi. Shu-shu hech
qayerda yolg`iz yurmaydigan
bo`ldim.
Смс Шерлар