« UNUTISH»

« UNUTISH»

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: « UNUTISH»
  • Дата релиза: 21-02-16, 19:29
« UNUTISH»
Bir kuni qabriston yonidan o'tib ketayotgan edim, sekin va juda g'amgin sado eshitildi. "Meni esdan chiqarib quydingaa?" ovoz juda tanish va qadrdon insonimning ovoziga uxshardi. avvaliga xayron qoldim, juda qiziq Umid akamning ovoziga juda o’xshardi ammo qabristonda Umid akam nima qiladi? Axir u kishi Rossiyada Katta firmada ishlayotgan bo’lsa bu eski qabristonda qanaqa qilib kelib yana kuppa kunduzi devor ortidan “Unutdinga?” deb aytishi mumkin? Shu sabab Umid akamni sog’inibman dedimda tez tez yurib qabristondan uzoqlashdim. Umid akam mendan to`rt yosh katta kollejni bitirib oliygohga o’qishga kirolmagach rossiyaga ishlagani ketdi. “Qaytsam albatta turmush quramiz. San xam ungacha kollejni bitirasan” degandi ushanda “Faqat meni unutib quyma! Bilasan sening yoding menga kuch quvvat beradi!” degandi ushanda.. Va u kishi ketdi. Oradan yil o’tdi. Ammo faqat telefonda bir xaftada bir marta gaplashib turardik xalos, ammo shu xam xijrondagi ikki qalbga yetarli darmon edi. Ammo orada uzulishlar bo’ldiyu Umid akam jim bo’lib qoldi. Telefon qilmay qo’ydi. Va butkul yo’qoldi. Uylarini bilardim. Bizdan ikki maxala narida yashardi ammo borib so’rashga yurak betlamasdi, to’g’rida qiz bola boshim bilan qanday borardim? Ammo sevgan insonimdan rostan xam xavotir olardim, ammo qani edi uni ko’rsam yoki ovozini eshitsam edim, ammo Umid akam yo’q edi.. yerda xam ko’kda xam. Oradan bir birini quvib oylar fasllar o’tdi va bir yil o’tdi. Endi men uchinchi kurs edim, bitirish pallasi edi. Uyimizga xam sovchilar kupayib serqatnov bo’lgan men esa Umid akamdan ikki dunyo xafa edim. “UNUTMA deb o’zi unutib qo’ygandi…. Men iliq may oyida oqshomda imtihonlarga tayyorgarlik ko’rib dugonam Sevarlarnikidan qaytayotgandim, tanish ko’chadan o’sha qabriston yonidan o’tishga majbur bo’ldim/ eng yaqin yo’l shu dedimda. Sokin edi atrof shu payt qizg’ish g’ishtli qabriston devorlari yonidan o’tayotganimda sekin va xomush tovushda yana o’sha ovoz eshitildi “MENI UNUTIB QO’YDING-A?” Men qo`rqsam xam to’xtadim, bu ovozlar faqat kallam ichida eshitiliayotganiga ishonchim komil edi. Ammo bu ovoz Umid akamni ovoziga juda o’xshardi. Axir men u kishini tovushuni minglab odam ichidan xam tanib olaman axir?! Ammo qabriston ichida u kishi nima qiladi? Shoshib ikki qadam tashladim va yana Umid akamni tovushi keldi “ILTIMOS! KETMA! SENI JUDA SOG’INGANMAN! NAXOT MENI UNUTDING?!” Men juda qo’rqib ketdim va yugurib uyimga usha uzoq ko’chalarimga yugurib ketdim. Ammo bu tun bu kecha meni og’ir va qayg’uli tushlarga to’ldirdi va kechasi bilan Umid akamni xayoli ko’z oldimdan ketmadi va tong azonda o’qishga xam bormay, Umid akamlarning maxalasiga yo’l oldim va biror bir qo’shni uyni darvozasini taqillatib Umid akani singlisi Barchinni so’raymanda so’ng baxonada Barchinni oldiga borib xuddi dugonadek sekin gap so’rayman, Mayli Umid aka Rossiyadan kelib uylangan bo’lsa xam menga shuni aytolmay yurgan bo’lsa xam shu sabab aloqalarni uzgan bo’lsa xam xafa bo’lmayman u kishini qarg’amayman. Faqat sog’ salomat bo’lsa bas.. shuni so’rayman. Barchinni topsam bas ( Barchinni bir marta xam ko’rmaganman ammo Umid akam singlisi xaqida ko’p gapirardi.) Shu sabab dabdurustan bir darvozani taqilatdim, qarangki eshikni o’zimm tengi bir chiroyli qiz ochdi. -Salom, menga Barchin kerak edi… deb darrov o’zimni adashgan odamdek ko’rsatdim Qiz ajablanib xam xomush nigohda qaradi -Men Barchinman, siz.. kimssiz? E xuddo,, bu yer Umid akamning uyi ekan! -men Umid akada ishim bor edi… men … Shu payt Barchin ho’ngrab yig’lab yubordi! -Akam! Akam! .. Nima gap? Nima bo’ldi? - Akam o’lib qoldi! - A?! Umid akam bir yil avval baland binoda qurulishda ishlayotganda tushib ketib vafot etgan ekan! E vox bir yil! Men bilmaganman! Umid akamni jasadini Vatanga qaytarib kelishgach qabrga qo’yishibdi. Va shu bilan unutilgan narsalar abadiyga unutilibdi.. Men tentakdek uydan yugurib chiqdim-u to’g’ri orqa ko’chaga qarab chopdim va qabristonga yaqinlasha boshladim. Borgan sari u kishining xaroratini taftini muhabbatini xis qilardim. Va u kishi meni anchadan beri usha yerda aynan usha devor ortida yo’limni poylab yotishini xis qildim Chopib qabriston darvozasidan kirdim. Seshanba kuni kelib ketuvchi odamlar ancha kam edi.. shoshib duch kelgan qabrga qarab yugura ketdim. Va sal narida chekka devor tagida oqish kulrang qabr toshiga bexos ko’zim tushdi. Va qarshisiga kelib to’xtab qabr chetiga o’tirib qoldim Umid akam… dedim ichimda shivirlab.. “Nixoyat kelding-a? meni unutib qo’yding-a?” deb shivirladi Umid akamning tovushi. -Yo’q akajon. Sizni unutmadim…. Meni kechiring,,, men o’zimni unutib qo’ygan ekanman…. Endi va’da beraman.. SIZNI xech QACHON TASHLAB KETMAYMAN…. Xatto siz meni tashlab ketgan bo’lsangiz xam.. Ammo Vaqt beshafqat! Umid akamni qabri tepasidan bosh olib ketishga mudom majbur bo’lardim. Xatto Kelajakda yangi turmushumga xam xatto yangi farzandlarim mavjud bo’lsa xam to qarib chirib ketsamam To xayotkanman Umid akamni unitib qo’ymasligim shart edi.. Bu VA’DA! Bu chindanam Va’da edi…. Bu Va’da uchun esa Sevish va sevilish rostan xam arziydi. TAMOM. (agar bu xikoyani kimdir kuchirib boshqa guruhga yozsa ikki dunyoda kechirmayman! Chunki buni men faqat shu yerga yozdim

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: