
Uyimiz soyga yaqin
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Uyimiz soyga yaqin
- Дата релиза: 21-02-16, 21:31
Uyimiz soyga yaqin
Uyimiz
soyga yaqin
bo'lgani uchun yoz bo'yi
biz bolalar soydan
chiqmasdik. Salqin
tushganiga qaramay,
yaqinda Akram degan
o'rtog'im "yur
cho'milamiz" deb qoldi.
Oyog'im tortmasa ham
birga bordim. Akram
ko'prik ustidan suvga
sakradi-yu, lekin men
junjikib turaverdim.
Akram suv ostida
turish bo'yicha mahalla
chempioni bo'lgani uchun
uning suvdan
chiqmayotganiga
avvale'tibor bermadim.
Lekin bir ozdan kegin
havotirimoshib, otini
aytib chaqira boshladim.
U ko'rinavermagach,
ortidan suvga sakradim.
Uni rosa qidirib suv
ostida ham, suv ustidan
ham topa
olmaganimdan keyin
qirg'oqqa chiqib
odamlarni yordamga
chaqira boshladim. Bir
mahal suv ostida rangi
ko'karib ketgan Akram
ko'rindi. U so'zsiz
suvdan chiqdi va
atrofdagi odamlarga
ham, qirg'oqda yotgan
kiyim boshiga ham
qaramayketa boshladi.
Men kiyimlarini olib
ortidan ergashdim...
Ertasi kuni maktabda
vahimali gap tarqadi.
Akram yarim tunda
o'rnidan turib, o'z-
o'zidan soyga qarab yo'l
olganmush. Akalari bilip
qolib, qaytaribkelishibdi.
Soyga boraman, meni
chaqirishyabdi, deb
janjal qilavergach,
qo'rqqan ota-onasi uni
bir honaga qamab
qo'yib, domla chaqirtirib
o'qitishayotganmush.
Xabar olgani borganimda
onasi "Usha kuni
bemahal tinch
oqayotgan suvga
sakragan o'rtog'ing suv
parilarining suhbatini
buzibdi. Jahli chiqqan suv
parilari endi
chaqirishyapti", dedi.
Uyqu dori ta'sirida xolsiz
yotgan do'stim meni
ko'rib jilmaydi:
- Men baribir ketishim
kerak og'ayni.
Eshityabsanmi? - dedi
osmonga ishora qilib.
- Ana, "Akra-a-am"
deyishyabdi, ovozini
yoqimligini qara...
O'sha kuni uni
qaytarmaganim, soyga
birga borganim uchun
vijdonim qiynalib, uyga
qaytdim. Ertalab butun
mahalla daxshatli
qichqiriqdan seskinib
uyg'ondi. Akramni uyqu
dori ta'sirida uhlatib,
ko'ngli hotirjam bo'lgan
akasi, u qanday kalitni
olib chiqib ketganini
sezmay qolibdi... Uch
kundan keyin
Akramning jasadini
suvdan topishdi. Uning
ko'zlari ochiq, labida
tabassum qotib
qolgandi..
Смс Шерлар