
Yig'layotgan bola
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Yig'layotgan bola
- Дата релиза: 21-02-16, 21:23
Yig'layotgan bola
Ko’pchilik san’at
asarlarining tarihi mistik va sirli
hikoyalar bilan bog’liq.
Eng mashhur “la’natlangan”
suratlardan biri – ispan rassomi
Djovanni Bragolinning
“Yig’layotgan bola” san’at
asaridir. Suratining tarihi
shundan iborat, rassom
yig’layotgan bola suratini chizish
maqsadida, naturachi sifatida
o’zining kichik o’glini tanlaydi.
Bola buyurtmaga yig’lay
olmagani sabab, otasi o’glining
yuzi oldida gugurt chaqib,
ataylab yig’latgan.
Rassom, o’g’li olovdan
daxshatga tushadigan darajada
qo’rqishini bilib turib, bolasini
xo’rlashda davom etavergan.
Kunlarning birida, o’g’lining
asablaridan san’atni ustun
qo’ygan ota, bolada tutqanoqlik
tutishigacha olib keladi. Qattiq
jazavasi tutgan kichkina bola
otasiga : “O’zing yonib ket!” deb
baqiradi. La’nat o’zini ko’p
kuttirmaydi. Shu voqeadan ikki
hafta keyin bola pvenmoniyaga
uchrab olamdan o’tadi. Tez
orada, o’z uyida ota ham
tirikligicha yonib ketadi.
“Yig’layotgan bola”
suratining asl nusxasi hali ham
topilmagan. Lekin, surat haqida
tarihda, san’at asarini sotib
olgan xonadonlarda yong’inlar
sodir bo’lib, baxtsiz hodisa
natijasida faqat “Yig’layotgan
bola” omon qolgan, degan
daxshatli hikoyalar yuradi
Смс Шерлар