
Yo'lovchi "Ayol" Bu daxshatli voqea
- Категории: Qo'rqinchli Voqealar
- Название: Yo'lovchi "Ayol" Bu daxshatli voqea
- Дата релиза: 21-02-16, 21:22
Yo'lovchi "Ayol" Bu daxshatli voqea
o’tgan yilning aprel oylarida
vodiy
perevalida sodir bo’lgan.
Toshkentdagi
oldi sotti bilan shug’ullanadigan
bir
firmada Rustam ismli bir yosh
yigit
savdo vakili lavozimida ishlardi.
U
firmaning ishlari bilan vodiyga
tez tez
qatnab turardi. U juda og’ribosiq,
samimiy yigit edi. Aprel oyining
boshlarida Rustam birga
ishlaydigan
sherigi Aziz bilan Qo’qonga
borishadigan bo’lishdi. 4-aprel
kuni
Rustam sherigi Aziz bilan yo’lga
chqishdi. Qo’qonda 2 kun
qolishdi,
ishlari bitgach Toshkentga
qaytishga
tayyorgarlik ko’risharkan lekin
nimagadur o’sha kuni
Rustamning
ko’ngli notinch edi. O’sha kuni
havo
juda yaxshi issiq edi. Rustam
sherigi
Azizga dedi: -,,Aziz nimagadur
oyog’im
tortmayapti, erta indin ketarmiz
buguncha qolaylik”. Aziz: - ,,Ey
qo’ysangchi do’stim havoni qara
zo’rligini, hali firmada qiladigan
ishlarimiz ko’p shoshilishimiz
kerak’’.
Ular ertalab yo’lga chqishdi.
Oradan
ancha vaqt o’tib perevalga yetib
borishgandi. Bahor faslida havo
kutilmaganda o’zgarib turadi,
to’satdan
havo aynib osmonni qora bulut
qopladi,
kuchli shamol esib, yomg’ir
sharros
quyardi. Rustam mashinani
sekinroq
haydab ketardi yonida sherigi
Aziz
o’tirardi. Lekin nimagadur yo’lda
ulardan boshqa hech kim,
boshqa
mashinalar ham ko’rinmasdi. Shu
payt
uzoqroqdan yo’l chetida bir ayol
ko’rindi, kiyimlari ho’l yomg’irda
ivib
ketgandi. Ayol qo’lini ko’tarib
mashinani
to’xtatishga ishora berdi. Lekin
Rustamning to’xtagisi kelmadi.
Shunda
Aziz dedi.... ,Bechorani qara bir
o’zi
qolib ketibti, unga rahmim keldi.
Toshkentga ketayotgan bo’lsa
kerak
mashinani to’xtataqol do’stim
olib
ketaylik’’. Ming afsuski ular
to’xtashdi.
Nimaga afususki deganimizni
birozdan
so’ng bilib olasiz. Mashina
to’xtagach
ayol yaqinlashib kelardi. U yoshi
taxminan 27-30 atrofida chiroyli,
latofatli edi. Lekin ko’zlari juda
jaxldor
qarardi. Ayol Rustamga shunday
dedi:
- ,,Yaxshiyam sizlarni uchratdim.
Men
ish bilan Qo’qonga kelgandim.
Bugun
Toshkentga ketishim kerak edi’’.
Aziz:
- ,,Ha opajon biz ham Toshkentga
ketyapmiz’’. Ayol: - ,,Shafyorim
bor
lekin uni yo’lda mazasi qochib
qolib
shifoxonaga olib ketishdi bir
o’zim qolib
kettim atrofda mashina
ko’rinmadi.
Agar malol kelmasa meni ham
olib
ketsangiz aytgan pulizni
beraman’’. Ular
rozi bo’lishdi. Ayol mashinaning
orqa
o’rindig’iga o’tirdi. Yo’lga
chiqishdi
chamasi 15 daqiqa o’tib yomg’ir
ham
tindi lekin atrofda hech kim
ko’rinmasdi. Rustam va Aziz
o’zaro
suxbat qurib ketishardi, ayol esa
jim
ketardi. Ular ayolga ahamiyat
berib
qarashmadi. Bir payt Azizning
telefoni
Jiringlab qoldi. U telefonini
cho’ntagidan
chiqargan edi bexosdan tushurib
yubordi. Keyin telefonini olishga
egilgan
edi tasodifan orqa o’rindiqda
o’tirgan
haligi ayolga ko’zi Aziz ne ko’z
bilan
qarasinki haligi "ayol’’ni oyoqlari
o’rnida
2 ta kattakon tuyoqlar turardi,
huddi
otni oyoqlariga o’xshash edi.
Aziz bu
holatni ko’rib dong qotib qoldi
na
baqirishini biladi na gapirishni
umuman
karaxt bo’lib daxshatga tushib
qolgandi.
Aziz jimgina yo’lga qarab ketardi.
Shu
payt mashina o’chib qoldi
Rustam yo’l
chetida to’xtatib shoshilgancha
mashinadan tushdi lekin "ayol”
ga ko’zi
tushmadi. U kapotni ochib
mashinani
uyoq buyog’iga qaray boshladi.
Aziz esa
hali sho’k holatida jim o’tirardi.
Birozdan so’ng Rustam
mashinaga
o’tirdi, zavat qildi lekin mashina
o’t
olmadi. Shu payt haligi "ayol”
mashinadan tushdi va orqaga
o’tib
mashinani itara boshladi. Rustam
oynadan "ayol”ga qaradi lekin
uni
oyoqlarini ko’rmadi. Oynadan
unga
baqirdi: - ,,Hoy opajon nima
qilyapsiz
mashinani o’zimiz yurgizamiz
bizni
hijolat qilmang bo’ldi,, dedi. Lekin
u
gapga quloq solmasdi.
Indamasdan
mashinani itarib ketardi. Shu
payt
ga’aroyib hodisa ro’y berdi.
Mashina o’z
o’zidan tezlashib ketardi, xatto
tezlik 50
km gacha ko’tarildi. Buni ko’rgan
Rustam va Aziz karaxt bo’lib
qolishdi.
Orqadan hoholab kulgan
daxshatli ovoz
eshitila boshladi. Rustam qattiq
qo’rqib
ketib mashinani tezda zavat qilib
hayday boshladi tezlikni 120 km
soatga
chiqardi. ’’Ayol’’ orqada qolib
ketib
ko’rinmay qoldi. Rustam esa
qo’rqqanicha mashinani tez
haydab
ketardi tezlik 135 ga chqqan edi.
Shu
payt haligi orqani ko’rsatadigan
oynaga
qarashdi. Haligi ‘’ayol’’ orqadan
yugurib
kelyapti va nixoyat 135 km
tezlikda
ketayotgan mashina bilan
yonma yon
yugurib ketardi. U ‘’ayol’’ni
oyoqlari
uzun yungli tuyoq edi. U
Rustamga
qaradi uning ko’zlari olovga
o’xshab
yonib turardi va hoholab
qo’rqinchili
ovozda kulardi. Buni ko’rgan
Rustam va
Aziz qattiq baqirib yurborishdi
va
mashinani o’ng tomonga burib
tormozni
bosdi va yo’l chetdagi beton
devorga
borib urildi... Ular hushidan
ketishgandi.
Ko’zlarini ochishsa kasalxonada
reanimatsiya bo’limida
yotishardi.
Rustam va Aziz bo’lib o’tgan
voqeadan
qattiq qo’rqqanlari boyis es
xushlaridan
ayrilib qolishlariga bir baxiya
qoldi. Ular
ruxiy kassalliklar shifoxonasida
davolanib chiqishdi. Bo’lgan
voqeani
shu yerigacha eslashadi. Mashina
urilgandan keyin nima bo’lganini
eslay
olishmaydi. O’sha ‘’ayol’’ ni
Qo’qon
ahlidan yaxshilab surishtirishdi
ya'ni
ko’rinishini tasvirlab berib
surishtirib
ko’rishdi. Hech kim ko’rmagan. U
aytgandi shafyorim shifoxonaga
tushib
qoldi deb, Qo’qondagi hamma
shifoxonalarni surishtirishdi
hech
qanday shafyor kasalxonaga
tushmagan bo’lib chiqdi.
Ekspertlar ham
yo’ldan ham mashinadan ham
hech
qanday iz topa olishmadi. Nima
bo’lgani
xudoga ayon. Xulosa o’rnida
shuni aytib
o’tishimiz kerakki olimlar va
ulamolarning fikricha jin,
shayton va
ajinalar odamzod kam
yashaydigan
joylardan o’zlariga makon qilib
olisharkan. O’sha kuni perevalda
ham
odam kam edi. O’sha ayol
qiyofasidagi
mahluq arvoxmi ajinami jinmi bu
xudoga ayon. Alloh hammamizni
o’z
panoxida asrasin.
Ushbu hikoyadagi voqealar real
hayotiy
hodisalar asosida yozilgan.
Hikoyada joy
nomlari va ismlar o’zgartirilib
keltirilgan
Смс Шерлар