Главная » Qo'rqinchli Voqealar » Yoshlik paytlarim edi
Yoshlik paytlarim edi

Yoshlik paytlarim edi

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: Yoshlik paytlarim edi
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:30
Yoshlik paytlarim edi
Mahalladagi ko'plab bolalar meni tengdoshim edi. Shahar joyda turganimiz uchun har kuni kechqurunlari do'stlarim bilan tor ko'chada berkinmachoq o'ynardik. O'sha kuni ham do'stlar yig'ilib tor ko'chada berkinmachoq o'ynamoqchi bo'ldik. Rasul berkinish uchun sanay boshladi. Hamma bolalar berkinishga kirishdik. Kimdir devor ortiga, kimdir betonlar tagiga, kimdir ariqcha ichiga, men va Nodir esa tor ko'chadagi eski bir katta tut daraxti pastiga berkindik. Rasul sanashni tugatdi va qidirishga kirishdi. Kimnidir topdi, kimdir esa Rasuldan avval chiqdi. Biz ancha uzoqdaligimiz uchun Rasulni kelishini kutib turardik. Men ne hayollar bilan o'ylardim. Agarda Rasul bizni topib olsa ham men undan ancha tez yuguraman va paka joyimizga undan avval yetib boraman deya o'ylardim. Bir payt voy dod ajina degan Nodirni qattiq ovozi meni cho'chitib yubordi. Meni hayollarim chalg'ib ketdi. Ha nima gap deb Nodirga yuzlandim. Daxsha t... Yonimda Nodir yo'q edi. Men qo'rqib ketdim. Shu payt daraxt tepasidagi tovush meni nigohimni yuqoriga qarashga majbur etdi. U yerda juda ham katta, tanasi jun bilan qoplangan.... juda ham qo'rqinchli mahluq menga tikilib turardi. U juda hunuk edi. Ertak va multfilmdagi shayton va ajinalar uni oldida hech narsa emas edi. Uning o'tkir nigohlaridan men huddi gipnoz qilingandek turib qoldim va hushimni yo'qotdim. U yog'i esimda yo'q... Ertalab baqir- chaqirdan uyg'onib ketdim. Uyimizda bir gala mahallamiz hotinlari, oyim yig'lab o'tirardi. Men oyimdan Nodir qayerda ekanini so'radim. Oyim bolam sen tinchlan o'g'lim deb yig'lab yubordi. Men o'rnimdan turdim va ko'chaga yugurdim. Mahallada erkaklar juda ko'p edi. Ayniqsa Nodirni uyi oldida... Nodirni uyi oldidagi kishilar nimagadir qop qora choponda va do'ppi kiyib olgandilar. Uni uyidan ayollarni yig'ilari eshitilardi. Ha bu meni eng yaqin do'stim Nodirni o'limi yig'isi edi. Men uyga shoshib kirdim. Oyimdan bor gapni ro'y rost so'zlab berishini so'radi. Ma'lum bo'lishicha Nodirni baqirishidan bolalar biz tarafga yugurib kelishgan. Meni hushsiz holda topishgan. Sal narida esa Nodirni o'lik holda topishgan. Doktorlar hulosasiga ko'ra Nodir qattiq qo'rquv oqibatida yuragi yorilib o'lgan ekan. Mahalladagilar mendan tunda nima bo'lganini so'rashdi. Men bor gapni aytib berdim. Mahalla erkaklari maslahatlashib o'sha behosiyat daraxtni kesib tashlashdi. Ammo 12 yoshda vafot etgan do'stim Nodir ham huddi shu daraxtdek bu dunyodan nasibasi uzilib oxirat sari safar qilgandi.... Tamom

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: