Savollarga arang botdim
Uni suyib nima topdim
Bilmadim ona
Yana u deb yonib kuydim
Nega uni buncha suydim
Bilmadim ona
Yomon bo'lsa dedim yaxshi
Haqiqatga bo'ldim qarshi
Bilmadim ona
Azob bersa yana quchdim
Nimasiga buncha uchdim
Bilmadim ona
U qadrimni bilmadi yana yana
Tuyg'ularim anglayolmadi yana yana
Sevdim lekin u sevolmadi yana yana
Yengildim oxir mana
Undan voz kechdim ona