Главная » Yangiliklar » 100 yoshga to'lganlar uchun qanday imtiyozlar bor
100 yoshga to'lganlar uchun qanday imtiyozlar bor

100 yoshga to'lganlar uchun qanday imtiyozlar bor

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 100 yoshga to'lganlar uchun qanday imtiyozlar bor
  • Дата релиза: 11-01-18, 08:51
100 yoshga to'lganlar uchun qanday imtiyozlar bor
Adliya vazirligining bergan axborotiga ko`ra, Prezidentning Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Farmoniga asosan yoshi 100 ga to`lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015 yilning 1 mayidan boshlab, har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qo`shimcha to`lov to`lash belgilangan.

-100 yoshga to`ladigan fuqarolarning pensiyasiga qo`shimcha to`lov shaxs 100 yoshga to`lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo`shib to`lanadi.

-Qo`shimcha to`lovni to`lash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat`i nazar, amalga oshiriladi.

-Fuqaro tomonidan o`z vaqtida talab qilib olinmagan qo`shimcha to`lovning hisoblangan summasi o`tgan vaqt uchun eng kam ish haqi miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda oxirgi 12 oy uchun bir yo`la to`lanadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: